Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 nazariy qism 5


Saralash jarayonini yaxshi xosil qilish uchun elak tanlash



Yüklə 43,04 Kb.
səhifə5/10
tarix20.11.2023
ölçüsü43,04 Kb.
#164317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 nazariy qism 5-fayllar.org

Saralash jarayonini yaxshi xosil qilish uchun elak tanlash.

Saralash jarayoni sanoatning kup tarmoklarida keng qullaniladi. Tog‘ jinslarining va maydalangan materiallarning ulchamlari bir xilda bo‘lishi qiyin , shu sababdan saralanadi. Materiallar tarkibidagi sifatini buzuvchi jismlar chiqarib tashlanadi. Materiallarni saralash mashinalari quyidagi usullar buyicha ishlaydi :


  • Mexanik usul


  • Gidravlik usul


  • Xavo yordamida (aerodinamik usul)


Materiallarni saralashning eng ko‘p tarqalgan usuli mexanik usuldir. Bu usulda asosan elaklardan foydalaniladi. Elakka kelayotgan turli o‘lchamdagi aralashma berilgan material deyiladi. Berilgan material donalari elak teshiklari diametridan katta bo‘lsa elak yuzasi ustida qoladi va «elak usti sinfi» deyiladi (+ ishorasi bilan belgilanadi). Elakdan o‘tgan material «elak osti sinfi» deyiladi (– ishorasi bilan belgilanadi). Masalan , 40 mm teshikli elakdan o‘tmagan material +40, o‘tgani esa –40 bo‘ladi. Agar material n - ta elak yuzasidan o‘tayotgan bo‘lsa n+1 sinfga bo‘linadi. Saralash mashinalarning material to‘qiluvchi yuzalari kolosnikli panjara yoki setka ko‘rinishida bo‘ladi va gorizontal tekislikka nisbatan parallel yoki qiya xolatda bo‘ladi. Elakning materialni saralash yuzasi xarakatlanish turiga ko‘ra aylana , ellips va to‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.


Qiya, ya’ni gorizontal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan saralash mashinalarida shu uch xil ko‘rinishidagi traektoriya mavjud. Gorizontal xolatdagi saralash mashinalarida to‘ri chiziqli xarakat bo‘ladi. Saralovchi yuzaning titrash tezligi shunday tanlanadi-ki, material yuzadan ko‘chsin. Materialini qayta ishlashda quyidagi ko‘rinishdagi saralash ishlari olib boriladi.
Dastlabki – bunda berilgan to jisnlari maydalanishi kerak bo‘lgan hamda maydalash talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi.
Oraliq saralash – keyingi bosqichda maydalanishi talab qilinmaydigan sinflarga ajratiladi.
Nazoratli saralash – maydalash jarayonning oxirgi bosqichida qo‘llanilib, o‘lchamlar nazorat qilinadi va katta o‘lchamdagi toshlar qayta maydalash uchun yuboriladi.
Oxirgi saralash – maydalangan toshlar tovar donalariga saralanadi. Materiallarni saralashning xo‘l va quruq usullari mavjud.
Xo‘l usulda saralashda material ustiga suv sepiladi. Bu usuldan o‘ta kam materiallarni hamda tarkib ida tuproq bo‘lgan materiallarni saralashda foydalaniladi. Bu usulda material na faqat saralanadi , balki yuviladi ham. Saralash jarayoni asosiy ikkita ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi :
      1. Ish unumdorligi.


      2. Samaradorligi.


Samaradorlik saralash jarayonining sifatini xarakterlaydi. Sifat saralangan toshning tarkibidagi o‘lchamlarining bir xilligini xarakterlaydi.


Samaradorlik quyidagi tenglama yerdamida topiladi :
E=[c-d (100c)]100 / c % 2.1
bu yerda: S – elakka kelayotgan umumiy to jinslarning elak ostki sinfini foizli miqdori;
d=(A – A1)/A1 – elak ostki sinfining saralash jarayonida elakning ustki qismida qolgan ulushi. A – elak usti materialining tekshirilgan massasi.
A1 – elak usti materialining laboratoriya elagida tekshirilgan massasi.

Yüklə 43,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin