Mashinalarning turlari va asosiy ko‘rsatkichlari
Saralanayotgan materialning o‘lchami va zichligicha bog‘liq holda yengil, o‘rta va og‘ir elaklarga bo‘linadi. Yengil elaklar ko‘mir sanoatida, o‘rta va oir elaklar qurilish materiallari sanoatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan elaklardan burchak ostida ishlovchi inersion va gorizontal inersion elaklardir. Burchak ostida ishlovchi inersion elak aylana shaklida tebranadi, gorizontal inersion elak esa ilgarilama-qaytma yo‘nalishda tebranadi (5-rasm).
5-rasm. Elaklarning asosiy kinematik sxemalari
a) aylana shaklida tebranuvchi; b) ilgarilama - qaytma yo‘nalishida tebranuvchi.
Elakning po‘lat tanasi list va kuvurlardan payvandlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Tanaga 2 qator ustma-ust xolatda panjaralar o‘rnatiladi. Tananing o‘rta qismiga titratkich o‘rnatilgan bo‘lib, titratkich vali bir juft rolikli podshipniklarga o‘tiradi. Bu podshipniklar korpusga maxkamlangan. Val chang va zarblardan ximoyalanish uchun unga truba kiygizdirib qo‘yilgan. Valning ikki chekka qismiga simmetrik xolatda debalanslar o‘rnatilgan. Valni xarakatga keltirish uchun esa valning bir tomoniga shkiv ham o‘rnatilgan bo‘lib, tasma yordamida elektrmotordan xarakat oladi.
Debalansning val bilan birga aylanishi natijasida markazdan qochma kuch xosil bo‘lib, aylana ko‘rinishdagi tebranma xarakat qiladi. Tebranish natijasida elak yuzasiga tushgan materiallar saralanadi. Elak tanasi prujinalar orqali fundamentga joylashtiriladi yoki prujinalar orqali tayanchga osib qo‘yiladi.
6-rasm. Maxsulotni fraksiyalarga ajratishning texnologik sxemasi. 1-tana, 2-eksentrikli val,3-g‘alvir o‘qi,4- g‘alvir,5-tayanch,6-purjina.
7-rasm. Uch bosqichli elak
Saralash mashinalarining asosiy kamchiliklari
Saralash mashinalarida asosiy kamchiliklardan biri yachaykalarning o‘lchami kengayibi ketishidir. Bunda maxsulotning sifati buzilib muammolarni keltirib chiqaradi.
Debalans valining xarakati davomida mashina shkivlaridan remenning chiqib ketish extimoli yuqori
Elektromator quvvati ancha yuqori
Maxsulotni elash vaqtida elanish yuzasidan to‘liq foydalanishning imkoni yo‘q
Dostları ilə paylaş: |