Sariosiyo tumanidagi 18-DMTT da sog`lomlashtirish oyligi munosabati bilan o`tkazilgan tadbir dan olingan lavha SSENARIYSI. BOSHLOVCHI: Ayni kunlarda Maktabgacha Ta`lim Tashkilotlarida Yozgi sog'lomlashtirish davri zavqli boshlandi.
Viloyatmizda mavjud bo`lgan har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog‘lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlari, bayramlar, sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar va boshqa tadbirlar jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, hamshiralar, psixologlar, musiqa rahbarlari hamkorligida tashkil etilmoqda.Mavzunu muxbirimis Sariosiyo tumanidagi 18-Davlat Maktabgacha Ta`lim Tashkiloti misolida davom ettiradi.
MUXBIR TASVIR ORTIDA: Yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlari har yili 1-iyundan 31- avgustgacha davom etib, maxsus moslashtirilgan reja asosida faoliyat olib boriladi.
Bunda bolalar ko'p vaqtini toza havoda o'tkazadigan tarzda yaratiladi. Mashg`ulotlar vaqtida bolalarning rivojlanishi uchun turli tadbirlar tashkil etiladi. Chunki, yoz - bolalarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi davr hisoblanadi.
Yozgi mashg'ulotlar bolalarda tevarak-atrofga bo'lgan qiziqishlarni, o'z ishlaridan va tabiatdan zavqlanish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish imkonini beradi.
Sariosiyo timanidagi 18-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Avgust- yozgi sog'lomlashtirish oyligi" doirasida seminar tashkil etildi,
Seminarda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, tumandagi barcha Davlat va nodavlat, oilaviy MTT psixologlari, jismoniy tarbiya yo`riqchilari , musiqa rahbarlari hamda ota –onalar ishtirok etishdi,
TASVIRDA INTERVYU: MUXBIR TASVIR ORTIDA: Tadbir davomida vitaminlarga boy mahsilotlar, poliz va sabzavotlar ko'rgazmasi namoyish etildi.Malakali tarbiyachilar tomonidan tashkil etilgan mashg'ulotlar orqali tajriba almashildi.
MTT tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan sahna korinishlari va kuy-qo'shiqlar barchaga birdek manzur bo'ldi.
TASVIRDA INTERVYU: MUXBIR TASVIR ORTIDA: Kun tartibida tashkil etiladigan sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining maqsadi - bolalarning vaqtini sermazmun o'tkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini ta'minlash orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, ilk yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishida jismoniy tarbiya mashqlarining ahamiyati juda kattadir.
Xulosa qilib aytganda, bunday yozgi sog'lomlashtirish mashg'ulotlarini tashkil etish kelajagimiz egalarini aqlan yetuk, jismonan sog'lom bo'lib voyaga yetishlariga puxta zamin yaratadi.