Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari ishlar( alifbe bayrami va shuning kabilar )ni uyushtirish



Yüklə 75,29 Kb.
səhifə8/9
tarix05.12.2023
ölçüsü75,29 Kb.
#173411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu “savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari ishla-fayllar.org

2-BOB BOYICHA XULOSA
Alifbega qо‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqatgina alifbe tuzuvchilari emas, balki u bilan ishlaydigan о‘qituvchi ham bilishi zarur; о‘qituvchi, avvalo, alifbening mazmunini, tuzilishini, yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish da foydalanadi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan sо‘z tuzish kabi sirtez qilish pryomlarida birlashib ketadi; tovush va harf о‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish о‘qish malakalari shakllantirish uchun ham, imlo tomnidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish metodlarini tо‘liq ishlab chiqqan. Shulardan, о‘zbek tilida savod о‘rgatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
a) Analiz. Analitik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Nutq (gap) dan sо‘zni ajratish; sо‘zni aniq taffuz qilish; bо‘g‘inlarga bо‘lish va bо‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish; urg‘uli bо‘g‘inni ajratish va uni boshqa bо‘g‘inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib о‘qish, maxsus tovushni ajratgan holda sо‘zni bо‘g‘inlab о‘qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, yyyо‘l, ki-yyyik, iiish).
2. Shu darsda о‘rganiladigan Yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni birnchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) sо‘zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bо‘g‘indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, O-minnn.
v) sirg‘aluvchi undoshni ochiq bо‘g‘indan ajratish: sssa-na, to-yyyb, zzzi-rak.
s) bо‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, о‘-tin, yo-rug‘, o-ta, yu-tuq, u-zuk;
d) о‘rganilgan tovushni sо‘z boshida kelgan sо‘zlardan ajratish (sо‘zni о‘qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa о‘quvchi aytadi): nok, tok, lola, ...;
e) rasm nomini ifodalovchi sо‘zni aytish; о‘qituvchi nokning rasmini kо‘rsatib, noo deydi, о‘quvchilar k tovushini о‘zlari qо‘shadilar: nok.


XULOSA
Kurs ishini bajarish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan alifbe bayram tadbirlarini tashkil etishning yo‘l-usullari, vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Natijada, quyidagi xulosalarga keldik: 1. Alifbe bayram tadbirlarini tashkil etishda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, his-tuyg‘ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda qolmasligi kerak;
2. Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan, shuningdek ularning ta’lim-tarbiyaviy g‘oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o‘qituvchi va o‘qituvchilarning mazkur faoliyatga maxsus yo‘naltirilganligiga bog‘liqdir.
4. Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish zarur. Bu o‘rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija yuqori bo‘ladi.
5.Bayram tadbirlarini o‘tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va takomillashtirishga doir metodik qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar tayyorlanishi va nashr etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir.
Propedevtik mashqlar tizimi boshang‘ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til qoidalarini, uning tarkibi va yasalishini, boshqa sо‘zlar bilan bog‘langanda о‘zgarishini kuzatish tajibasi tо‘plana boradi. Mana shu tajribalar asosida о‘quvchilar nazariy umumlashmalarni о‘zlashtiradilar, bular asosida esa gramatik tushincha va arfografik qoidalar shakllanadi. Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa - aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni о‘qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni tо‘g‘ri yozishga oid amaliy bilimlar savod о‘rgatish davridan boshlab shakllantiriladi. О‘quvchilarda nutq, uning og‘zaki va yozma shaklda bо‘lishi, nutqning gaplardan hosil bо‘lishi va gap haqida amaliy tushincha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun о‘qituvchi rasm yuzasidan 3-4 sо‘zli savollar tuzib keladi.Savod о‘rgatish davrida ham о‘quvchilarning mavzuni chuqur о‘zlashtirishlarini, uni tahlil qila оlishlarini ta’minlash kеrakligini hisоbga оlgan hоlda mеtоd tanlashga e’tibоr qaratiladi. Bunda intеrfaоl mеtоdlarni qо‘llash maqsadga muvоfiqdir. Chunki zamоnaviy ta’limni tashkil etishga qо‘yiladigan muhim talablardan biri оrtiqcha ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt оrasida muayyan nazariy bilimlarni yеtkazib bеrish, ularda ma’lum faоliyat yuzasidan kо‘nikma va malakalarini hоsil qilish, shuningdеk, о‘quvchilar faоliyatini nazоrat qilish, ular tоmоnidan egallangan bilim, kо‘nikma hamda malakalar darajasini bahоlash о‘quvchidan yuksak pеdagоgik mahоrat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Alifbega qо‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqatgina alifbe tuzuvchilari emas, balki u bilan ishlaydigan о‘qituvchi ham bilishi zarur; о‘qituvchi, avvalo, alifbening mazmunini, tuzilishini, yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida dars rejasini tuzish, darslar sistemasini belgilash, alifbe materialiga qо‘shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta kо‘rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina о‘qituvchi kitobga ijodiy yondoshib, undan metodika talablari va о‘zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bо‘ladi. Tovush savod о‘rgatishning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Savod о‘rgatish davrida sо‘z va bо‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyasiyasini analiz qilish mashqlari о‘tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan sо‘z tuzish kabi sirtez qilish pryomlarida birlashib ketadi; tovush va harf о‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish о‘qish malakalari shakllantirish uchun ham, imlo tomnidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.

Yüklə 75,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin