Savodxonlik bayrami O`quvchilar musiqa sadolari ostida zalga kirib keladilar



Yüklə 19,91 Kb.
tarix19.02.2023
ölçüsü19,91 Kb.
#85023
Savodxonlik bayrami; 1-b sinf Qurbonov A.hhhhhh1111111111111111985.




Savodxonlik bayrami
O`quvchilar musiqa sadolari ostida zalga kirib keladilar.
Madhiya yagnraydi.
O`qituvchi tabrigi.
1-boshlovchi; Assalomu alaykum,aziz mehmonlar.
Otalar,onalar-qalbi go`yo ummonlar.
Assalom ustozlar,siz mehribonlar.
Assalom sizlarga,ey jonajonlar.
2-boshlovchi; Salomdan boshlamoq xalqim odati.
Salomli bolaning bor saodati.
1-boshlovchi; Bugun katta tantana,
Savodxonlik bayrami.
Doim bo`lsin an`ana,
Bilimdonlik bayrami.
2-boshlovchi; Bolalarning ko`zida-
O`ynar quvonch,hayajon.
Savodxonlik muborak,
Ko`zlar nuri ,bolajon.
1-boshlovchi; Bolajonlar sog` bo`lsin,
Vaqti doim chog` bo`sin.
Qo`shiq – kuylar bor bo`lsin,
Bayramingiz soz bo`lsin.
1,1- o`quvchi; Bilimlar mamlakatin
Mehmonlarin kutamiz
Dono,burro so`zlashar
Bizlar quloq tutamiz.
1,2-o`quvchi; Ilm-fan qudratini
Ko`rish mumkin u yerda
Bilimlarni egallang
Bilim qolmaydi yerda.
1,3-o`quvchi; Kelaqoling mehmonlar,
Davramizga marhabo.
Bilimdon mehmonlarga
Deymiz ming bor tasanno.
O`qituvchi; Keling, bolajonlar, bugungi bayram sababchisi “Alifbe”ni
Davraga chaqiraylik.
Hamma; Alifbejon kelaqol , olqishlaymiz quloq sol.
Alifbe ; Assalomu alaykum,
Aziz ota-onalar
Va qadrdon bolalar.
Savodxonlik muborak,
Bayram ,shodlik muborak.
2-boshlovchi; chindan qadrdon bo`lding,
Sen ,”alifbe”kitobim.
Ko`zga go`yo nur berding
Charaqlagan oftobim.
1-boshlivchi; o`qituvchim hijjalab
Barcha harfni tanitdi,
Bilimimga sen sabab
O`qiy olaman endi.
2-boshlovchi; Alifbejon nega horg`in ko`rinasan?
Alifbe; Men uzoq o`lka-harflar mamlakatidan keldim.
Yurtingizdagi barcha siz kabi o`quchilarga bilim berib,uzoq toliqdim.
1-boshlovchi; Unday bo`lsa , Alifbejon,sen damingni olib tur,
biz esa senga tomosha ko`rsatamiz.
Raqs ; boshlanadi.
Alifbe; Men ancha dam oldim , endi menga dono harflarimni
Topgani yordam bering.
Tartib bilan saf tortgan 29 bahodir.
Shulardan “ A ” degani , Hammasiga komandir.
Hamma; Alifbo.( Harflar pala-partish joylarini topmoqchi bo`ladilar)
O`qituvchi; Ey to`xtanglar, bunday bo`lmaydi, siz ertakdagi harflar singari
o`z joyingizni bilmay qoldigiz. Keling sizni joylashtiraylik.
O`quvchilar alifbo tartibida turib oladilar.
Seni toza saqladik
Rangli suratlaring bor.
She`r, hikoyang o`rgandik,
Bizlar sendan minnoatdor.
A”dan “ng”gacha sendan
O`qib bo`ldim bilag`on
Senga dildan tashakkur,
Unutmaymiz hech qachon.
Alifbe; Minnatdorman sirlardan
Baxtli o`g`il qizlardan.
Hamma; Xayir „Alifbejon“.




Yüklə 19,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin