Savol ashel Ashel madaniyati


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə21/22
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159550
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
daktarantura savollari

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Gumilev L.N., Drevniye tyurki, 1967;

  • Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993;

  • Koʻchanov Ye. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997;

  • Asadov F. M., Arabskiye istochniki o tyurkax v rannem srednevekovye, Baku, 1993;

  • Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.

  • Gʻaybulla Boboyorov. OʻzME, Toshkent, 2000-2005.

19
Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so’nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So’nggi paleolitning boshlari gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy “aqlli odam” turi paydo paydo bo’ladi. So’nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko’payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to’qimachilik paydo bo’ladi. Nixoyat,dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot - urug’ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli misollarining asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo’lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishining tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi.
Ma’naviy madaniyat dastlab juda sodda bo’lib, o’sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uyg’unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo’lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to’plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavurlar paydo bo’lib, tafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’anaviy rivojlanishini tezlashtirdi. O’zlashtiruvchi xo’jalikda ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi va tajribaning to’planishi natijasida yuzaga keldi.
Dastlab ibtidoiy odamlar oziq-ovqat qidirib o’zi yashayotgan muhitni yahshiroq o’rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Тabitdagi mavjud iste’mol qilishga yaroqli o’simlik va mevalarni qidirib topishi, kuzatishi natijasida botanika bilimlari to’plagan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi sh akllana boshladi. Bu jarayonlarni o’rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi.
Kasalikni davolash uchun o’sha zamonning o’ziga xos sodda tabobati bo’lib, davolashda o’simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar.
Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo’ladi. Тarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog’liq bo’lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan.
Ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg’un holda vujudga kelgan.
Ibtidoiy sanoat xilma xil bo’lib, bir necha turlarga bo’linadi:
1) Suyak, tosh parchasi, shoh, qulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari.
2)G’or devorlarga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvirlangan. Bunday tasvirlar Тuron, Sahroi Kabr, Markaziy Osiyo, G’arbiy Yevropada ko’plab uchraydi.
3) Qoya toshlarga o’yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kun dalik mehnati bilan bog’liq manzaralar o’rin olgan. Qoya tosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Yevropada ko’p uchraydi.
4) Arxaik san’at turlaridan yana bir biri haykaltaroshlik ham urug’chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo’lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek, hayvonlar haykallari ishlangan. Bunday haykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykal tasvirlarda ibtiodiy mehnat va e’tiqod ramzlari namoyon bo’ladi.
5) Ishlab chiqaruvchi ho’jalik (neolit) faoliyati bilan bog’liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o’simlik tasvirlari uchraydi.
6) Ibtidoiy san’at turlaridan biri-niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo’rqitib o’zlarini himoya qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan.
7) Musiqa, qo’shiq, o’yin, ibtidoiy san’at turlari xisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan.
8) Хalq og’zaki ijodi-asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo’lib, ibtidoiy odamning turmushi, o’y-fikri va kayfiyatini ifodalagan-diniy tasavvurlarning shakllanishini asos bo’lgan.
22
Muqanna (taxminan 719, Marv yaqinidagi Koza qishlogʻi —783, Shahrisabz) — Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi koʻtarilgan ozodlik harakatining boshligʻi (8-asrning 70—80-yillari). Asl ismi Hoshim ibn Hakim boʻlib, Narshaxiyning yozishicha, u koʻp oʻqigan, gʻo-yat ziyrak boʻlib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini oʻrgangan. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan. Bir koʻzi koʻr, boshi kal va basharasi xunuk boʻlganligidan boshi va yuziga koʻk parda tutib yurgan. Shuning uchun ham "Muqanna", yaʼni "Niqobdor" laqabi bilan mashhur boʻlgan. Yaʼqubiyning tasvirlashicha, M.ni Hoshim ul-aʼvar, yaʼni bir koʻzli Hoshim deb ham ataganlar. M. yoshlik chogʻida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shugʻullangan. Xuroson noiblaridan Abu Muslim davrida sarhanglik (kichik lashkarboshi) va Abduljab-bor Azdiy davrida (757—759) esa vazirlik darajasiga koʻtarilgan. 759 yilda Xuroson amiri Abduljabborning xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Bir necha yildan soʻng zindondan qochgan. 769 yilda M. Marvga qaytib kelgan, shu yildan boshlab umrining oxirigacha Movaro-unnaqrda Arab xalifaligiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatiga boshchilik qilgan (qarang Muqanna qoʻzgʻoloni). U mazdakiylik taʼlimotini targʻib qilgan. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragach, oʻzini olov yonib turgan tandir ichiga tashlab, halok boʻlgan. Hamid Olimjon M. jasoratiga bagʻishlangan "Muqanna" (1943) dramasini, Sadriddin Ayniy "Muqanna isyoni" (1944) tarixiy-adabiy ocherkini yozgan.[1]


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin