4. Testlar maqsadga ko`ra qanday tavsiflanadi? Test-bu shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda T. odamning qanday kasbhunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki akdi zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning yerdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tax,lil qilinadi. T.ning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). "T." terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qoʻllangan (1890). U T.lar yerdamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning akliy oʻsishi va isteʼdodi darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin akliy T.lar nazariyasi keng yoyidsi. Miqdoriy maʼlumotlarni statistika metodikalari yerdamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50-yil davomida oʻrgangan.
Hozirgi davrda T.lar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv T.lari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); akliy T.lar (zehn, aklidroq, aklzakovat, isteʼdodni aniklashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot T.lari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal T.lari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi koʻnikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid T.lar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy T.lar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqa