4.
Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi?
Indeks yordamida natijaviy belgiga ta’sir qiluvchi bir necha
omillarning ta’sir kuchini ham aniqlash mumkin. YaIM jismoniy
hajmi indekslari butun dunyoda iqtisodiy o‘sish
va iqtisodiy
kon’yunkturaning eng muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu
indekslarni iqtisodiy salohiyat va resurslar indekslari bilan
taqqoslab, iqtisodiyot samaradorligi, mehnat unumdorligi o‘sishi,
milliy boyliklardan
foydalanish samaradorligi, aholi turmush
darajasini o‘zgarishi kabi muhim
iqtisodiy masalalar tahlil
qilinadi. Indeksning asosiy vazifasi iste’mol tovarlari narxlarining
o‘zgarishlarini baholashdir.
5.
Indeks usuli yordamida qanday jarayonlar o‘rganiladi?
Dinamik va
statik jarayonlarda ro‘y bergan o‘zgarishlarni
tavsiflaydi.
6.
Indekslarning nisbiy miqdorlardan farqi bormi? Bor bo‘lsa ularni
ko‘rsatib bering.
Indekslarni hisoblash natijasi odatda
nisbiy miqdor shaklida
ifodalansa-da, ammo ular mohiyatan nisbiy miqdorlardan farq
qiladi. Nisbiy miqdorlarda asosiy urg‘u va e’tibor
taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarning iqtisodiy mohiyati,
predmeti,
moddiy jihatiga qaratilmasdan, balki so‘z u yoki bu
jarayonda kuzatiladigan qiyosiy natija qanday hisoblanishi ustida
boradi.
7.
Joriy davr va joriy ko‘rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va
ko‘rsatkich-chi?
Joriy davr – bu
indekslashtirilayotgan hodisaning
solishtirilayotgan ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi
miqdori tegishli
bo‘lgan davrdir. Y
“1”
satr osti ishorasi bilan belgilanadi.
Bazis davr- hodisaning taqqoslash asosi qilib olinayotgan zaminiy
ko‘rsatkichi, bo‘linuvchi miqdori tegishli bo‘lgan vaqt uzunligi
(oralig‘i). Y
“0”
satr osti ishorasi bilan belgilanadi.
8.
Yakka indeks deganda nimani tushunasiz?