(Qorbobo, qorqiz va ertak qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan mehmmonlarni kutib olishadi.)
– boshlavchi: Salom, aziz mehmonlar!
Sizdan yurak shodonlar Qoshiqlar yangrayversin Kuylar jaranglayversin. Davramizga marhabo Kelaversin Qorbobo.
Davrani qorbobo olib boradi.
O’qituvchi: - Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.
Shirin - shaker bolajonlar, Bog’imdagi gul rayxonlar, Doim bo’ling siz shodonlar, Savodxonlik muborak.
Ko’zingizda nur o’ynasin, Sizni ko’rib dil yayrasin, Tilar bulbuldek sayrasin, Savodxonlik muborak!
Qo’lingizda bo’lsin kitob, Chehrangiz go’yo oftob, Qiling doim ezgu, savob Savodxonlik muborak!
Bo’ling doim sog’ – salomat, Dangasalik qilmang faqat, Mashaqqatga qiling toqat,
Savodxonlik muborak!
O’qituvchi: - Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.
Dostları ilə paylaş: |