O’quvchi: - “Bilimlar mamlakati”
Boshlanar alifbodan
O’ttizta do’stimiz bor
Bizalrning alifbodan
Alifboni o’rgangan Bolalar jim turmaydi
Harflar tilga kirib Odamlarday so’zlaydi
A dan boshlab alifbo
Bo’ling der doim a’lo
Unlidirman unutmang
Bo’lingiz doim dono.
Bolalarga bosh bo’lar
Sizlarga sirdosh bo’lar Bahrom, Barno, Botirni Yozganda yo’ldosh
bo’lar
D man davrada doim Dono bo’ling iloyim Davron, Dilshod, Dilafruz
Dostdir hamisha hamro’z.
E demang meni ko’rib Ehtiyot bo’ling kulib
Ekranda Erkin akam
Ertak so’zlar chinakam.
F harfiman men o’zim Fahmlang har bir so’zim Farida, Furqat, Farhod
Mendan bishlanar faqat
G ga quloq tutingiz
Gulzorlarga o’tingiz
Gul ushladim qo’limga.
Gilam to’shang
yo’limda.
H man hayron bo’lmaglar Yo’lni to’sib turmanglar
Handalak bor qo’limda Hamrph bo’ling yo’limda.
I I harfini bilingiz Ishda ilg’or bo’lingiz Iroda, Izzat, Ikrom
Istagi o’qish tamom.
J harfini bilasiz Nega jahl qilasiz? Jamila, Jasur, Javlon
Jo’jani quvdi chunon.
K dan koptok yozamiz
Katta bo’lsak o’zamiz
Kattani aylang hurmat Keladi baxt – saodat.
L dan lola yozamiz
Limuzinda o’zamiz Latif, Laylo, Latofat Loqaydlikka yo’q toqat.
M dan yozilar maktab
Mening do’stimdir
kitob
Murod, Maqsud,
Mo’tabar
Madina maktub yozar.
N harfini bilamiz
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi Ochil dasturxon bo’ldi.
O oyga o’xshar ekan
Osmonda uchar ekan
Obid, Olim, Ozoda
Ostonang bo’lsin toza
P harfiman bilingiz Kuzda paxta teringiz Po’lat, Parfi, Pokiza
Paxta teringiz toza.
Q dan qayiq yozamiz Qayerlarga suzamiz
Qishda qarg’a uchadi
Qarang, qorni quchadi.
R ga ruxsat beramiz Rasm so’zin yozamiz Ra’no, Rahim, Ruhsora
Dono, aqlli bola.
S man soatga boqing
So’zining mag’zin
chaqing
Sobir, Said, Surayyo
So’zdan adashmang
aslo.
T man tanib olursiz To’maris deb yozursiz Toshkent ona shahrimdir
T harfidan yozgumdir.
U man uchrab ko’p so’zda
Sizga tanish bo’laman Uzum, ummon, Umida So’zlarini yozaman.
Men V durman bilursiz Varrak so’zin yozursiz
Vasila, Vohid, Vail Yozing kelganda gali.
X Qattiq X derlar meni Yozgum taxta, paxtani
Xo’roz, xona, xola ham Men bilan bo’ladi jam.
Y man balki bilursiz Yo tanimay qolursiz
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut
deb
Mendan boshlab yozursiz.
Z deydilar otimni Bilasizmi zotimni
Zuhra, Zahro, Zokirjon Mendan boshlanur
chunon
O’ O’ deydilar har zamon O’tir, o’rtoq bo’laman O’zbekiston so’zini
Faxr bilan yozaman.
G’ G’ harfini tanirsiz G’ayrat bilan o’qirsiz G’ani, G’ulom,
G’afurning
G’amini yo’qotursiz.
Sh Sh harfiman bilasiz Shoshib – shoshib kelasiz
Shokir, Shahzod, Shadmonni
Shogirtlikka olasiz.
Ch Ch man tanib olingiz Charchoq bilmay
qolingiz
Chollarni chaman qilib Chaqqon – chaqqon
bo’lingiz.
Ng Ng bordir singilda
Yoki biror ko’ngilda
Tongda dengizda suzdim
Daladan bordring uzdim.
‘ Tutuq qo’yib yozaman Unlini sal cho’zaman Ra’no, ma’no, a’lodir
Yaxshi bola donodir.
Dostları ilə paylaş: |