Science and Education


Korxona moliyaviy strategiyasini



Yüklə 425,19 Kb.
səhifə2/3
tarix04.07.2022
ölçüsü425,19 Kb.
#62632
1   2   3
korxonalarda-moliyaviy-qarorlar-qabul-qilish-va-risklarni-baholash-usullari

Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplari
5. Moliyaviy strategiyaning moslashuvchanli
-gini ta’minlash


9. Moliyaviy strategiyani
amalga oshirishni professional moliyaviy menejerlarga yo‘naltirish
8. Strategik moliyaviy
qarorlar qabul qilish jarayonida moliyaviy risklar darajasini hisobga olish
7. Moliyaviy faoliyatda texnologik rivojlanish natijalaridan
doimiy foydalanishni ta’minlash



  1. Strategik moliyaviy

tanlovlarning muqobilini tanlash

1-rasm. Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplari [6]



    1. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi asosida aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan davr nuqtai nazaridan joriy va tezkor moliyaviy rejalashtirish strategik moliyaviy rejalashtirishga o‘zaro bog‘liq holda tashkil etiladi.

    2. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi aniq ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanishi lozim.

Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish aniq printsiplarga asoslanishi lozim. Bunda strategik moliyaviy qarorlar mavjud imkoniyatlar, ichki va tashqi muhit asosida qabul qilinishidan kelib chiqqan holda asosiy printsiplar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin (1-rasm).
Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplarining har biriga to‘xtalib o‘tamiz:

  1. Korxonani o‘z-o‘zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash printsipi. Mazkur printsipni strategik moliyaviy rejalarni belgilash jarayonida xo‘jalik

sub’ektlari tashqi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan keskin raqobat muhitida faoliyat yuritishi bilan bog‘lashimiz mumkin bo‘ladi. Ya’ni bugungi kunda xo‘jalik sub’ektlari ochiq tizim sifatida boshqa sub’ektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishi talab etiladi.

  1. Korxona operatsion faoliyati bazaviy strategiyalarini hisobga olish printsipi esa o‘z navbatida xo‘jalik sub’ektlari o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarida ustuvorlik kasb etuvchi asosiy faoliyat sohalari yuzasidan belgilangan moliyaviy strategiyalarga tayanish lozimligini o‘zida ifodalaydi. Shu boisdan xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy strategiyasi doirasida belgilangan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda belgilanishini taqozo etadi. Aynan bazaviy moliyaviy strategiyalarga tayanish xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy strategiyasining ham asosli bo‘lishigi ham xizmat qiladi va istiqbolda amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi.

  2. Moliyaviy faoliyatni strategik boshqarishni tadbirkorlik stiliga maqsadli yo‘naltirish printsipi.[8] Bizga ma’lumki, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish yo‘nalishi tadbirkorlik stili sifatida baholanib, agressiv, mo‘’tadil va konservativ faoliyat yo‘nalishlari sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Agressiv moliyaviy- xo‘jalik faoliyatidagi tadbirkorlik stili o‘z-o‘zidan yuqori moliyaviy risklar sharoitida amalga oshiriladi va bunda moliyaviy risklarni boshqarishga ham ustuvorlik beriladi. O‘z navbatida mo‘tadil tartibda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish stili o‘rtacha tipda yuqori moliyaviy riskli qarorlar qabul qilinmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritishga asoslanadi. Konservativ yondashuv esa o‘z-o‘zidan cheklangan, tor doiradagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati orqali o‘ta past darajadagi moliyaviy risklar sharoitida faoliyatni amalga oshirishga qaratiladi. Keltirilayotgan jihatlar xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasiga ham ko‘chib o‘tadi. Ya’ni hech qachon agressiv stilda bozorni kengaytirish, yangi bozorlarni egallashga qaratilgan xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyalari mo‘’tadil yondashuv yoki konservativ stilda ishlab chiqilmaydi yoki aksincha.

  3. Istiqbolli moliyaviy rivojlanishning dominant sohalarini belgilash printsipi. [9] Mazkur printsip xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini belgilashda eng muhim printsiplardan biridir. Umuman dominant sohalar har qanday moliyaviy strategiyani belgilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda dominant sohalar sifatida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq moliyaviy jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodchi olim I.A.Blank izohlashicha, korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda moliyaviy faoliyatni rivojlantirishning dominant sohalari sifatida korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish strategiyasi, korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi, korxona moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi, korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatni oshirish strategiyalarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagilardan

kelib chiqqan holda ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, korxonalarda moliyaviy ta’minot strategiyasi bir tomondan arzon kapital jalb qilish masalasiga qaratilsa, ikkinchi tomondan moliyaviy ta’minot uzluksizligi masalasini hal qilishni nazarda tutadi.
Moliyadagi eng muhim tushunchalardan biri bu risk va qaytim bo’lib, u uchinchi tamoyil - “Risk mukofot talab qiladi” ning asosini tashkil qiladi. Investitsion riskning muqarrar va mavjudligini ko’rish uchun sizdan, shunchaki, 2007 yildan 2012 yilgacha bo’lgan 5 yillik muddat davomida fond birjalarida nimalar sodir bo’lganligiga bir nigoh tashlashingizning o’zi kifoya. Misol uchun, siz 2007 yilda Standard & Poor’s 500 Indeksiga kiruvchi aksiyalardan tashkil topgan portfelni sotib olib, uni 2009 yilning fevralida sotganingizda, siz o’z investitsiyangiz qiymatining 54 foizini yo’qotgan bo’lar edingiz. Va aksincha, siz aksiyalarni 2009 yilning fevralida sotib olib, ularni 2012 yilning martigacha ushlab turganingizda, siz 105 foizlik foydaga ega chiqishingiz mumkin bo’lardi. Shu tariqa, agar siz 2007-2012 yillarda, ya’ni to’liq 5 yil davomida aksiyalar portfelini ushlab turganingizda, siz baribir investitsiyangizning 10 foizidan ayrilgan bo’lar edingiz.[10]
Keyingi yillarda risklar tadqiq etilgan qator ilmiy ishlarda ularni minimallashtirishni amalga oshirish borasida ma’lum natijalarga erishish ta’kidlansada, mazkur jabhada hamon o‘z echimini kutayotgan qator muammolar mavjudligini alohida qayd etish lozim. Xususan, bu jarayonda risklarning mohiyati, ularning yuzaga kelish sabablari va o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat, ya’ni risk-menejment imkoniyatlarini tadqiq etish iqtisodiy fanlarning dolzarb mavzularidan biri hisoblanishini qayd etish o‘rinlidir.
Mazkur tadqiqotlar jarayonida, bir tomondan, risk-menejmenti imkoniyatlari birmuncha orttirib ko‘rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishiga bo‘lgan talabni oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar “moliyaviy risk” tushunchasining mohiyati to‘laligicha ochib berilmaganligi, bu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta’kidlash lozim.
Riskni baholash - bu riskni tahlil qilish, uning yuzaga keladigan ta’sirlarini aniqlash, umumiy ko‘rsatkichlarini o‘zgarish chegaralarini ishlab chiqishdan iboratdir. Risklarni iqtisodiyotning bir qancha omillari hisobga olgan holda baholanadi. Bu ko‘rsatkichlarni ekspertlar balli tizimda baholaydilar va shu asosda risklarni ma’lum toifalarga bo‘lgan holda, ta’sir darajasi o‘rganiladi Har hil turdagi risklarni baholash
miqdori uchun quyidagi kattaliklardan foidalaniladi [7].

R=∑𝑁
𝑅 𝑄 𝑅 = 1 ∑𝑛𝑗
𝑅 𝑄

𝑗=1
𝑗 𝑗 𝑗 𝑚
𝑖=1
𝑖𝑗 𝑖𝑗

Bu erda - 𝑅𝑖𝑗- jturdagi riskning i-chi omili orqali baholash bali;
𝑄𝑖𝑗 - j turdagi riskka i-chi omilning ta’sir darajasi;
𝑛𝑗 - j turdagibaholashda hisoblanadigan omillar soni;
𝑚 - omillar orqali risni baholash balining miqdorini kengligi;

𝑄𝑗 - j turdagi riskning ta’sir darajasi;
𝑅𝑗 - j turdagi riskning baholash miqdori;
R - riskning umumlashtirilgan ko‘rsatkichi.
Alohida olingan riskni baholash balini hisoblashda quyidagi qoydalarga amal qilinadi:

  • Baholanayotgan har qanday omil ball miqdori chegarasi 0< 𝑅𝑖𝑗 < 𝑚 oralig‘ida bo‘lib, 0 da 𝑗 turdagi riskning darajasi juda past bo‘lib 𝑚 da esa eng yuqori daraja hisoblanadi.

  • Baholanayotgan har qanday riskda omillar va risklarning ta’sir darajasi 0 va 1 oralig‘ida bo‘lib, quyidagi shartlar bajariladi:



𝑁
𝑗=1
𝑄𝑗 = 1 ∑𝑛𝑗
𝑄𝑖𝑗 = 1


𝑖=1
Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda topilgan risklarning baholash miqdori va umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari qiymati quyidagi oraliqlarda topiladi 0 ≤ 𝑅𝑖𝑗 ≤ 1, 0 ≤ 𝑅𝑗 ≤ 1.
Risklarning miqdorini baholashda olimlar har hil miqdorlaridan foydalanishga xarakat qiladilar, masalan baholashning empirik miqdori quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladilar
Risklarni baholashning empirik miqdori [7]



Riskning ko‘rsatkichlar darajasi

Riskning nomlanish chegaralari

1
2
3
4
5
6

0.0-0.1
0.1-0.3
0.3-0.4
0.4-0.6
0.6-0.8
0.8-1.0

Juda kichik risk Kichik O‘rtacha Yuqori Maksimal holat
Tig‘iz holat

Riskni baholashning variatsiya miqdori [7]



Riskning ko‘rsatkichlar darajasi

Riskning nomlanish chegaralari

1
2
3

0.1 gacha
0.1 dan 0.25 gacha
0.25 dan yuqori

Kuchsiz formasi
O‘rtacha formasi Yuqori formasi

Riskni baholashning eng optimal darajasi 0.3 koeffitsient bo‘lib, inqirozlik koeffitsenti esa 0.7 dan yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlar hisoblanadi
Riskni baholashning optimal miqdori [7]



Riskning ko‘rsatkichlar darajasi

Riskning nomlanish chegaralari

1
2
3
4

0.25 gacha 0.25-0.50 0.50-0.75
0.75 dan yuqori

Qabul qiluvchi Ruxsat etilgan Tig‘iz holat
Izdan chiqish holati

Risklarni baholash, asosan uchta usul orqali amalga oshiriladi:[11]

  1. Statistik ma’lumotlar asosida yuzaga keladigan axborotlarni oldinigi yilga nisbatan tahlil qilish;

  2. Nazariy jihatdan tahlil qilish;

  3. Ekspertlar orqali umumiy hulosalar chiqarish.

Moliyaviy risklarni baholash usullari jahon amaliyotida juda ko‘p ishlab chiqilgan bo‘lsada, ularni tadbiq etish, amaliyotda qo‘llash hamisha kutilgan natijani bermagan. Moliyaviy risklarni baholash usullaridan, ularni darajasini kamaytirish, oldini olish uchun jahon bozorida ko‘pgina operatsiyalardan foydalaniladi. Masalan, xedjirlash, svop operatsiyalari, spot operatsiyalari, fyuchers, optsion, sug‘urta qilish va VaR koeffitsentlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Xulosa

  1. Moliyaviy risklami boshqarish deganda, risk subyektlarining (korxona menejeri, risk menejeri, bodimlarga ma‘sul hodimlar) risk obyekti (korxonanining, risk ta‘siri ostida qolayotgan, moddiy boyliklari yoki jarayoni) ustidan risk omillari (ichki va tashqi) ta‘sirini aniqlash, baholash, kamaytirish va nazorati jarayoni tushuniladi. Korxonalaming moliyaviy risk boshqaruvi doiraviy va davomiy xususiyatga ega bo‘lib, u korxonaning barcha biznes jarayonlari va loyihalarini o‘z ichiga oladi

  2. Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish uchun eng birinchi qilinadigan ish bu ularni aniqlash hisoblanadi. Buning uchun, korxonalar moliyaviy risk tasnifidan foydalanishi o‘rinli bodadi. Tadqiqotda, moliyaviy risklarni korxonalar amalga oshiradigan operatsiyalari bo‘yicha 4 guruhga ajratildi: asosiy, moliyaviy, investitsion va soliq faoliyatini amalga oshirishda vujudgan keladigan risklar

  3. Moliyaviy risklarni boshqarishda u keltirgan oqibatni bartaraf etishdan ko‘ra, keltirib chiqaruvchi omillarini oldini olish samara berishi aniqlandi. Shunga ko‘ra, risk omillariga ichki va tashqi omillar sabab bodishi va ularning har biri boshqarilib bodishi va boshqarib bodinmasligi mumkinligini aniqlandi

  4. Moliyaviy rejalashtirish yo‘nalishlari sifatida rivojlanishning dominant sohalariga, ya’ni resurslarni shakllantirish, resurslardan samarali foydalanish, risklarni boshqarish asosida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, moliyaviy boshqaruv sifatiga jiddiy e’tibor qaratilishi, qulay biznes muhiti yaratilishiga imkoniyat yaratadi.

  5. Xo‘jalik sub’ektlarining operatsion, moliyaviy va investitsion faoliyatlarida dekada, oylar va choraklar bo‘yicha byudjetlashtirishni tashkil etish, ularning doimiy to‘lovga layoqatliligini ta’minlaydi va to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga imkoniyat beradi.




Yüklə 425,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin