Science and Innovation International scientific journal


Oltingugurt bilan dudlatish (sulfitlash)



Yüklə 259,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.04.2023
ölçüsü259,73 Kb.
#93416
1   2   3   4
meva-uzumni-qurutish-va-sifatli-saqlash-texnologiyasi

Oltingugurt bilan dudlatish (sulfitlash). Mevalarni balondagi gazsimon sulfit angidrid 
bilan oltingugurt yondirib dorilash yoki quruq sulfitlash mumkin. Sulfit kislotasi kuchli 
antiseptik bo‘lib, meva va uzumni chirituvchi mikroorganizmlar faoliyatini daf etadi. Sulfit 
kislota bilan ishlangan mevalar ranggi aynimaydi; ularda S vitamini saqlanib qoladi. Ammo 
sulfit kislotaning odam organizmiga kirgan ozgina miqdori tez orada oksidlanib sulfitga 
aylatiadi, modda almashinuvida qatnashadi va organizmdan chiqib ketadi. Ammo quritilgan 
mahsulotda sulfit angidrid 0,01% dan oshmaslik lozim. Oq hamda och pushti tusli meva va 
uzumlar taxta patnislarga solinib, oltingugurt gazi bilan dudlanadi. Mahsulot dudlash qutilarida 
yoki statsionar kameralarda dudlanadi. Qutilar fan er dan yasaladi. Meva va uzumni dudlash 
uchun begona aralashmalari 2 foizdan oshmagan kolloid oltingugurt ishlatiladi. Oltingugurt 
tarkibida margumush bo‘lmasligi lozim. Oltingugurt sarflash va dudlash muddati xom ashyoning 
turiga, naviga, yetilganligiga bog‘liq. O'rta hisobda har kub litr qutiga 250 gr oltingugurt 
sarflanadi va dudlash 30-120 daqiqagacha davom etadi.
Xom ashyoni quritish. Meva va uzum aslida ikki marotaba quritiladi. Birinchi marta 
mevaning turiga qarab 1-2 kundan 5-6 kungacha oftob tik tushadigan joyga yoyib qo‘ydadi. 
Oftobga yoyilgan mevalarning nami qochirilgandan so‘ng xomashyo patnislarga solinadi va 
taxlanib 4-10 kun davomida obdon quritiladi Uzum ochiq havoda maxsus chodirlarda (quyosh 
nurlaridan asrash uchun ustiga oq mato tartilgan holda) ham quritilish mumkin. Bunday chodirlar 
ham juda yuqori ahamiyatga ega. Ulaming ostida qurigan mahsulotlarning ranggi yorqin
mahsulot chiqishi va vitaminliligi yuqori boiadi. Bunday chodirlar mahsulotlami chang 
tushishidan ham yaxshi himoyalaydi.
XULOSA 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tub islohotlami yuritish uchun ushbu sohani 
mukammal egallagan malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib boradi. Hozirgi kunda don, 
meva-sabzavot, texnik va boshqa ekinlarni yetishtirish, tashish, saqlash va qayta ishlash 
masalalari yetarlicha o‘rganilgan deb bolmaydi. Bundan tashqari sohadagi ilg'or fantexnika 
yutuqlari ishlab chiqarishga keng joriy etilmayapti.

Yüklə 259,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin