Science and innovation



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix11.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#142648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
A-40 (1)

2022 
№4
244 
mahsulotlari suvdan gaz yoki cho‘kma ko‘rinishida ajratib olinadi. Tozalash usullarini tanlash 
quyidagi omillarni hisobga olgan holda olib boriladi:
1) qayta ishlatishni hisobga olgan holda tozalangan suvga qo‘yiladigan sanitar va 
texnologik talablar;
2) oqova suv miqdori;
3) korxonada zararsizlantirish jarayoni uchun zarur bo‘lgan energetik va moddiy resurslar 
miqdori (bug‘, yoqilg‘i, siqilgan havo, elektr energiya, reagent, sorbentlar), shuningdek, tozalash 
qurilmasi va inshootlari uchun zarur maydon.
Sanoat va maishiy oqova suvlar tarkibida suvda eriydigan va erimaydigan moddalarning 
muallaq zarrachalari bo‘ladi. Muallaq iflosliklar qattiq yoki suyuq bo'lib, dispers sistemani hosil 
qiladi. Zarracha o‘lchamlariga ko‘ra dispers sistemalar 3 guruhga bo‘linadi:
1) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm dan yuqori bo‘lgan dag‘al dispers (suspenziya va 
emulsiyalar) sistemalar;
2) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm; dan 1 nm gacha boigan kolloid sistemalar;
3) alohida molekula yoki ion o‘lchamlariga mos keluvchi zarrachalari bo‘lgan chin 
eritmalar.
Oqova suv tarkibidan muallaq zarrachalarni ajratib olish uchun gidromexanik jarayonlar, 
kolloid dispers sistemalar uchun fizikkimyoviy, organik va anorganik eritmalarni ajratish uchun 
kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Bu jarayonlarni tanlash zarracha olchamiga, fizik-
kimyoviy xossasiga, ularning suvdagi konsentratsiyasiga, oqova suv sarfiga bogiiq. Shuning 
uchun oqova suvlarni tozalashda quyidagi usullar qoilaniladi:
1. Mexanik (suzish, tindirish, cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash va h.k.).
2.Fizik-kimyoviy (adsorblash, koagullash, flokullash, flotasiya, ion-almashinish
ekstraklash va h.k.).
3. Kimyoviy (neytrallash, oksidlanish, qaytarilish).
4. Biokimyoviy (aerob, anaerob sharoitlarda).
5. Termik (yuqori harorat ishtirokida).
Bu usullar ham o‘z navbatida turli xildagi tozalash jarayonlariga bolinadi. Oqova suvlarni 
tozalashda, birinchi navbatda, mexanik usuldan foydaniladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin