2022 №4 299
TADQIQOT NATIJALARI Makroelementlar;
Kalsiy. Tish va suyakni asosiy komponenti hisoblanadi. Biokimyoviy va fiziologik
jarayonlarni borishida muhim rol o’ynaydi. Katta yoshdagi insonlar kuniga 800mg, bolalar va
o‘smirlar 1000mg .
Natriy. Inson organizmini hamma organlarida va suyuqliklarida bo‘ladi. Osmotik bosimni
saqlashda nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi. Oshqozon fermentlari faolligini oshiradi.
Fosfor. Fosfor hamma organizm to‘qimasi tarkibiga kiradi. Organizmda ketadigan sintez
va gidroliz jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Kundalik talab 1200mg. Hayvonlardan
olinadigan mahsulotlarda uni miqdori yuqori.
Oltingugurt. Bu modda oqsil tarkibiga kiradi. Oqsil almashuvida muhim ahamiyatga ega.
Uni miqdori oqsil miqdoriga to‘g‘ri proporsional. Kundalik talab kuniga 400-600 mg.
Xlor. Fermentlarni aktivlaydi, oshqozon suyuqligini hosil qiladi, plazma shakllanadi.
Kundalik talab 5000mg. Organizmda osh tuzi ko‘rinishda tushadi.
MUHOKAMA Mikoelementlar;
Temir. Bu element oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etib nafas olishni
ta’minlovchi birikmalar biosintezida ishtirok etadi. Organizmda temirni yetishmasligi anemiyani
va boshqa bir qancha kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi. Talab 14 mg. Yuqori darajada
maydalangan unda uni miqdori kam bo‘ladi. Temirni yengil òzlashtiriladigan formasi go‘shtli
mahsulotlarda, jigarda,tuxum sariyog‘da ko‘p bo‘ladi (2000mg/100mg mahsulotda).
Mis. Mis oqsillar bilan birikkan holda bo‘ladi. Ko‘pgina fermentlarni aktivatori
hisoblanadi. Kundalik talab 2mg. Jigarda, tuxum sariyog‘da va kòkatlarda kòp bòladi.
Yod. Yod tiroksin garmonlarini sintezida muhim ahamiyatga ega. Yod etishmasa buqoq
kasalligini vujudga keltiradi. Kundalik talab 100-150mkg. OOM (4-15mkg%),dengiz balig‘ida
50mkg/100g, treska balig’I jigarida 800, dengiz karamida- 50mkg dan 70000mkg/100g.gacha
bòladi. Mahsulotga issiqlik bilan ishlov berilganda 30-60 % yo‘qoladi. Yer usti o‘simliklarida
10-100 marta kam bo‘ladi. Shuning uchun tuz tarkibiga 25 mg qo‘shiladi.
Ftor. Ftor etishmasa tish kasalligi rivojlanadi. Ortiqcha miqdori ham tishda yig‘iladi va
tish rangini. Kundalik talab kattalar uchun 0,2-,3,1 mg, yosh bolalar uchun kuniga 0,5 mg
iste’mol qilishi kerak.
Magniy. Bu element fermentlarni faollashuvida muhim rol o‘ynaydi. Nerv sistemasini va
yurak muskullari faoliyatini yaxshilaydi. Kunida 200-300 mg iste’mol qilinadi. Asosan o‘simlik
xom ashyolari magniyga boy.
XULOSA Kaliy. 90% kaliy hujayra ichida uchraydi. Nerv impulslarini uzatishda qatnashadi. Suv-
tuz almashuvini boshqaradi. Kundalik talab 2000-4000 mg ni tashkil etadi. Kaliy tanqisligi
yurak-qon tomiri faoliyatiga buzilishiga olib keladi. Kaliyga boy manbalarga, o‘rik, uzum,
dengiz karami, loviya, noxot, kartoshka sabzovot-mevalar kiradi.
Xrom. Bu element uglevod va lipid almashunuvida muhim ahamiyatga ega. Pivo achitqisi
va jigar bu elementga boy (10-80mkg/100 g).
Marganets. Marganetsga bo‘lgan kundalik talab insonning har kg og‘irligi uchun 0,2-0,3
mg ni tashkil qiladi. Marganets eng ko‘p klyukva va choyda, undan kamroq miqdorda kashtan,
UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL