Science and innovation



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#123418
1   2   3   4   5
oquvchilarni-manaviy-axloqiy-tarbiyalashda-pedagogik-tadbirlarning-o-rni-va-ahamiyati

TADQIQOT NATIJALARI 
Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, axloq 
inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunga ega bo‘lish 
nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini 
tushunish o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular 
o‘zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma'naviy-
axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod 
shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga ega 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 
2022 
№ 2
306 
inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma'naviy-
axloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi 
degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar 
tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo‘lgandagina shakllangan deyish mumkin. 
Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning hovea-
hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi 
tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni 
shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir 
xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib 
hisoblanadi. 
Shuningdek, o‘quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj 
bo‘lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi 
tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma'naviy-axloqiy xatti-
harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni 
anglab yetishdan iboratdir. 
Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 
 ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, 
maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur
 o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy 
vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o‘z nuqati 
nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi; 
 shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirilgan xatti-
harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash; 
 ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya 
qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning 
mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish
 tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik, insonga hurmat, 
mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala 
madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish; 
 fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko‘p 
ma'naviy-axloqiy sifatlar – boshqlarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning g‘am-tashvishi, 
quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish, axloqiy 
me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to‘xtataolish, ma'lum xatti-
harakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o‘rtoqlashish, mas'uliyatni 
his etish kabilarga asoslanishi kerak. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin