Academic Research, Uzbekistan 1569 www.ares.uz -
ilmiy-innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
-
amalga oshirilishi mo'ljallangan innovatsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy
yo'nalishli bo'lishligini ta'minlash;
-
ta'lim tizimida innovatsion faoliyatning ijtimoiy mavqeini ko'tarish;
-
ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni regional mikyoslarda tartibga
solish;
XULOSA VA TAKLIFLAR Innovatsiyalarni ta'lim jarayonlariga joriy etilishi natijasida ta'lim sifatiga ta'sir
etishi hammaga ma'lum. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan ta'lim muassasalari
raqobatbardoshlikka ega. Bu esa o'z navbatida turli xil dasturlarni tashkil
etishda va integratsiya qilinishida xizmat qiladi. Innovatsion guruhlarni tashkil etgan
muassasalar – bu lider, ya'ni bu ta'lim muassasalarining faol ishtirokini bildirib, chet
ellik hamkorlar bilan mustahkam tashqi munosabatlarni bildiradi. Bu - muassasalar
qulay bo'lib, ya'ni xavfsizlikni ta'minlaydi va to'liq infratuzilma bilan (meditsina,
sport, mediateka, psixolog – pedagogik kuzatuv, informatsion markaz va boshqalar)
ajralib turadi. Bunda muassasalar innovatsion faoliyatni ham samarali yuritadi, ya'ni
yangi tashkillashtirilgan texnologiyalarni, yangi dasturlarni va uslublarni ishlab
chiqadi. Biz bularni quyidagicha guruhlarga bo'lishimiz mumkin:
Birinchi guruh:
1.Ta'lim maqsadi va mazmuniga oid innovatsiyalar;
2.Pedagogik
jarayonda
foydalaniluvchi
metodlar,
vositalar,
usullar,
texnologiyalarni o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar;
3.Ta'lim va tarbiya shakllari va usullarini o'zgartirishga qaratilgan
innovatsiyalar;
4.Ta'lim muassasasi rahbariyati, pedagoglar va ta'lim oluvchilar faoliyatini
tashkil etish va boshqarishni o'zgartirishga qaratilgan innovatsiyalar;
Ikkinchi guruh:
1.Yakka, muayyan ta'lim muassasasiga oid, o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lmagan
innovatsiyalar;
2.Kompleks holdagi, o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan innovatsiyalar;
3.Tizimli, ta'lim tizimini to'liq qamrab olgan va barcha ta'lim muassasalariga
tatbiq qilish mumkin bo'lgan innovatsiyalar.
Uchinchi guruh:
1.Mavjud tizim (o'quv rejalari, DTS, fan dasturlari)ni qisman o'zgartirish,