Academic Research, Uzbekistan 1565 www.ares.uz shug'ullanish oxir oqibatda o'quv yurtlariga moddiy jihatdan o'z-o'zini ta'minlash
imkoniyatini yaratib beradi.
Respublikamiz miqyosida amal qiluvchi innovatsion muhitning yaratilishi
barobarida ta'lim muassasalarining innovatsion faoliyatini faollashtirish ob'ektiv
ehtiyojga aylangan. Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham
muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion sikl
vaqt o'lchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo'lgan turli xil
bosqichlarda funktsional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan
faoliyat majmuasidir.
ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA Ta'lim muassasasining innovatsion faoliyatini joriy etishda innovatsiyalarni
yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu
nuqtai nazardai olib qaralsa, innovatsion jarayon vaqt o'lchamlarida izchil davom
etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil bo'lgan turli xil bosqichlarda funktsional jihatdan
alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat yig'indisidir.
Innovatsiya uchun asos bo'lib xizmat kiluvchi fundamental g'oya va
bilimlarning, ularni amalda ko'llash quyidagi natijalarga olib keladi:
- istiqbolli bo'lmaydigan loyihalarni aniqlab olish va to'g'ri qaror chiqarish;
- innovatsion
g'oyani
amaliyotga
tatbiq
etish
jarayonida
yanada
takomillashtirish;
- yangilikni texnologik xususiyatlariga, boshqaruv va tashkiliy faoliyat
yuritish uchun mas'ul bo'lgan tizimlarning xarakteriga moslashtirish imkoniyati
bo'ladi.
Innovatsion potentsialning moliyaviy resurslardan foydalanish funktsiyalari
esa:
- innovatsionlarni joriy etish uchun talab etiladigan moliyaviy resurslarning
kelib tushishini ta'minlash;
- moliyaviy resurslarning innovatsion jarayonlarning mos holda ta'minlanish
sharoitini yaratish;
- innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishi takomillashtirish;
- innovatsiyalarning yaratilishi uchun shart-sharoit yaratib berish, va
rag'batlantirish;
- mavjud innovatsion tizimning funktsional faoliyati va rivojlanishi bilan
bog'liq turli xil ehtiyojlarga mos keladigan innovatsion loyihalarning yaratilishiga
ko'maklashish;