Academic Research, Uzbekistan 1498 www.ares.uz Ushbu maqola muallifining yozishicha, har qanday tilda ham so’z turkumlari
miqdori
, soni cheklangan. Uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichalarini bosib o’tgan
so’z
turkumlarining ayrimlari oldin boshqalari esa keyinroq paydo bo’lgan. Ular o’zaro t
urli
morfologik, sintaktik va se
mantik (mazmuniy) munosabatlarda bo’ladi. Ularning tilidagi
asosiy vazifasi tushunchalarni umumlashtirishdir [qarang: M.N. Peterson, 1955, 175-
bet].
M.N. Peterson haq. Haqiqatan ham bilish jarayoni bevosita abstraktlikka
(mavhumlikka) va abstraktlikdan amaliyot tomon bajariladi. Shuning uchun, so’z
turkumlari taraqqiyoti tasnifi ham bevosita kuzatishda, matnda qo’llashda o’rganilishi
kerak. Bunday kuzatis
h natijasida olingan umumlashma va abstraksiyalar ya’ni til
qo’llanishining barc
ha sohalarida tekshirish kerak [M.N. Peterson, 1955, 179-bet].
Shuningdek, M.N. Petersonning so’z turkumlari bilan bog’liq material, ma’lumot
lug’atlardan olinmasligi kerak.
Chunki ular lug’atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo’ladi:
“uni ya’ni so’z turkumlari haqidagi material matndan olinishi kerak.
Chunki til
(grammatika tasarrufiga o’tgan lug’at boyligi) muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi”
[M.N. Peterson, 1955, 176-bet].
Shundan keyin muallif so’z turkumlarini A. Pushkinning “Belikin
hikoyalari”
asosida o’rganadi. Chunki unda rus tilining barcha morfologik
xususiyatlari istifoda
etilgan.
Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, M.N. Peterson so’z turkumlari taraqqiyoti haqidagi
masalani rus tili misolida o’rganishga harakat qiladi, va bunda asosiy e’tiborini “so’z
turkumlari” termini deganda nimani tushunish kerakligiga, tahlil usulini (metodini)
aniqlashga va tadqiqot olib borish mumkin bo’lgan materialga qaratadi.
Biz ham M.N.
Petersonning izidan borib so’z turkumlari haqidagi masalani matn
asosida o’rganishga harakat qilidk. Tadqiqot materiali sifatida Afg’onistonda o’zbek
tilida ijod qiladigan adib Dr. Sh. Yorqinning “Yana ko’rishguncha” hikoyalar
to’plamining “Qutilish” hikoy
asi
kelgan barcha so’zlarni tadqiqimiz
predmeti qilib
oldik. ushbu
material istifoda etilgan barcha so’zlarni qog’o
zcha (kardochka)larga yozib
chiqdik.
Qog’ozchalarda qayd etilgan so’zlarni
grammatik turkumlarga ajratib, nihoyat
faktik material asosida so’
z turkumlarining tasnifini ishlab chiqidik.