«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#158821
1   2   3   4   5   6
maktabgacha-yoshdagi-bolaning-rivojlanishida-syujetli-rolli-va-sahnalashtirilgan-o-yinlarning-ahamiyati-1

471
 
maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar hayotda ko`rgan voqea-hodisalarni kishilarga 
taqlid qilib o`ynaydilar.Bolalar kishilarga taqlid qilish orqali real hayotiy muammolarni 
hal etishga o’rinadilar. O`z kechinmalarini takrorlaydilar, qayta o`ynaydilar va 
jonlantiradilar.Shu tariqa, sahna o`yini bolaning boshqalar bilan o`zaro hamkorlik 
qilishga qobil bo`lgan shaxs darajasiga o`sib rivojlanishiga ko`mak beradi. 
 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sahnalashtirilgan o`yinlarning ahamiyatli tomonlaridan biri shundaki, ular orqali 
bola badiiy obrazni idrok qila bilishni o`rganadi, personajlar hatti-harakatini kuzatish 
qobiliyatini rivojlanib boradi. Musiqiy, so`z, ko`rish obrazlaridan foydalangan holda 
zarur bo`lgan ruhiy sifatlarini (idrok qilish, tassavur qilish, diqqat, tafakkur), ijrochilik 
ko`nikmalarini (rolga kirish, tasavvurdagi muhitda harakatlanish ko`nikmasi) va 
sezgilari (mushak va hissiy) rivojlanish iuchun sahna mashqlari o`tkaziladi. Badiiy 
asarlar bo`yicha oddiy parchalarni sahnalashtirishda bola obrazni aks ettirish uchun 
unga ma`lum ifoda vositalari (ohang,yuz-harakati,imo-ishora)o`rgatiladi. Har bir bola 
rol o`ynayotganda avvalo asar qahramoning his tuyg`u holatini sezishi va tushunishi
boshqa personajlar bilan rolni munosabatga kirishishida o`zini tutishi qobiliyatilari 
shakllantirishi lozim. Teatrlashtirilgan o`yinlarda obrazli o`yinchoqlardan, loydan, pape-
mashe, plastilindan mustaqil yasalgan o`yinchoqlardan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Sahnalashtirilgan har qanday o`yin asosida bolaning bilish jarayonida 
irodaviy – hissiy xususiyati badiiy asardagi go`zallikni his qilishi ko`nikmasini to`g`ri 
shakllantirib borishga alohida e`tabor qaratish kerak. Masalan,tarbiyachi bolalarga o`qib 
ertak kitobcha syujetinini o`z so`zlarini bilan hikoya qilgan holda,sahna ssenariysini 
tuzadilar,unga mos qo`g`irchoqlarni tanlab,ishtirokchilar o`rtasida muhokama 
qilib,rollarni bo`lib olishadi. Syujetni rollarga kirib,ravon va ifodali qilib aytishi kerak. 
Syujetdagi qo`g`irchoqlar hatti-harakatini o`zlashtirishi- har bir imo-ishora va 
mimikasini ko`rsata bilishi kerak. 
Rollarni ketma-ketlikda bajarish; qo`irchoqlarning birin-ketin chiqishini 
namoyish etish. Sahna o`yini jarayonida bola bir xodisa bilan boshqasini bog`lashi, 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin