«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3


Movarannahr,  “Zafarnoma”, Buxoro.  KIRISH



Yüklə 46,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü46,6 Kb.
#196645
1   2   3   4   5
nizomiddin-shomiy-va-sharafiddin-ali-yazdiy-asarlari-movarannahrning-xv-asr-tarixiga-oid-manbaa-sifatida


Movarannahr, 
“Zafarnoma”, Buxoro. 
KIRISH
Markaziy Osiyo, ayniqsa, Movaroupnahr va Xuroson xalqlari tarixida XIV - XV 
asrlar, Amir Temur va uning avlodi Temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog‘liq katta 
siyosiy o‘zgarishlar va ayni bir vaqtda iqtisodiy va madaniy, fan, ma’naviy hayot xullas 
jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor rivojlanishlar davri bo‘ldi. Shuning uchun 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
161
 
ham bu davrni dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish 
davri deb baholab kelinmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi kunlarda bu tadqiqotlar uchun manbaa xizmatini o‘tab kelayotgan tarixiy 
asarlarni yaratish ham o‘sha vaqtlardayoq keng rivoj topib, XV asrda va undan keyin 
xam taniqli muarrixlar tomonidan davom ettirildi. Bu asarlarda sohibqiron Amir 
Temurning Movarounnahrda markazlashtirilgan davlatni barpo etish uchun olib borgan 
kurashlari, harbiy yurishlari, davlatchilik siyosati hamda xalqaro diplomatik va savdo 
aloqalarini mustahkamlashga, dehqonchilik va hunarmandchilikni, madaniy 
qurilishlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari yozib qoldirilgan. Ana shunday yozma 
yodgorliklarlning eng dastlabkilaridan biri Amir Temurning bevosita topshirig‘i bilan 
mohir adib va tarixnavis Nizomiddip Shomiy tomonidan yozilgai “Zafarnoma” nomli 
asardir
1

“Zafarnoma” ning yozilish tarixi haqida shuni taʼkidlash lozimki, Mavlono 
Shomiyning oʻzi bergan maʼlumotga koʻra, hijriy 804 yili (1401 yil 11 avgustdan 1402 
yil 1 avgust oraligʻi) Amir Temur uni huzuriga chorlab, oʻz yurishlari bitilgan yirik bir 
asar yaratishga undagan. Sohibqiron oʻsha davrga qadar munshiy va kotiblari tarafidan 
tuzilgan bitiklar uni qoniqtirmaganligini aytgan. Yozilajak asar bir tomondan, avom 
xalqqa tushunarli, sodda, ravon tidda va ayni paytda maʼrifatli kishilar eʼtiboriga ham 
loyiq tarzda yozilishini uqtirgan. Mavlono Nizomiddin bu masʼuliyatni oʻz boʻyniga 
olgan.
2
Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asarini yozish uchun qanday manbalardan 
foydalanganligi xususida, afsuski, na oʻzining va na zamondoshlari asarida uchraydi. 
Lekin “Zafarnoma” asarini tadqiq etish natijasida Shomiy quyidagi manbalardan 
foydalanganligini taxmin qilish mumkin: 
1.
Amir Temurning kotiblari nazm, nasrda forsiy, turkiy tillarida yozgan kundaliklar 
va bitiklar. Bular Nizomiddin Shomiy va undan keyingi mualliflar davrida 
mavjud boʻlgan boʻlsa ham, bizning davrlarga yetib kelmagan yoki hali 
topilganicha yoʻq; 
2.
Muallifning oʻzi keyingi 2–3 yil davomida Amir Temur yurishlari shohidi 
boʻlgan va yozib olgan voqealar; 
3.
Amir Temurning Hindistonga yurishi bilan bogʻliq voqealar bayon etilgan 
Gʻiyosiddin Alining “Amir Temurning Hindistonga yurish kundaligi” asari
3

1
Низомиддин Шомий ва унинг "Зафарнома" асари. Форс тилидан угирувчи - Юнусхон Хакимжонов. «Узбекистон» 
нашриёти, 1996 й. Б. 3.
2
“Zafarnoma”, 1-jild, 10–11-betlar. 
3
Bo`riev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.T.,1997y 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 46,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin