«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 46,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü46,6 Kb.
#196645
1   2   3   4   5
nizomiddin-shomiy-va-sharafiddin-ali-yazdiy-asarlari-movarannahrning-xv-asr-tarixiga-oid-manbaa-sifatida

162
 
MUHOKAMA
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari oʻzida jamlangan tarixiy 
maʼlumotlarning ishonchliligi bilan XV - XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh 
manbalardan biri boʻlib xizmat qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, 
Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaʼi saʼdayn va majmaʼi bahrayn” (“Ikki saodatli 
yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish joyi”), Fasih Havofiyning “Mujmali 
Fasihiy”, Muhammad Fazlulloh Musaviyning “Tarixi hayrot”, Xotifiyning nazmda 
bitilgan “Temurnoma”, Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Poklik bogʻi”), Xondamirning 
“Habib us-siyar” (“Yaxshi xislatlar”) va boshqa bir qator asarlar shular jumlasidandir. 
Ularning har birida ilgarigi asarlardagi voqealar har xil tahrirlarda qaytarilishi bilan 
birga boshqalarida uchramaydigan voqealar tafsiloti ham mavjud. 
Shomiy “Zafarnoma”sining faqat ikki qoʻlyozma nusxasigina saqlanib qolgan. 
Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qoʻlyozmadan 1425 yilda qoʻchirilgan nusxasi 
boʻlib, u Istanbuldagi “Nuri Usmoniya” masjidi kutubxonasida, 3367-inventar raqami 
ostida mavjud. Ikkinchisi, muallif Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar bahodir ibn 
Mironshohga taqdim etgan koʻlyozmadan 1434 yili koʻchirilgan nusxa boʻlib, u 
Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasida, 23980-inventar raqami bilan saqlanadi. 
Taniqli matnshunos olim Feliks Tauer mazkur qoʻlyozmalar noqis boʻlganligi 
sababli, ularni Hofizi Abruning “Zubdat ut-tavorix” asari bilan solishtirib tadqiq etish 
asosida “Zafarnoma”ning ikki jilddan iborat ilmiy tanqidiy matnini nashr ettirgan. 
Birinchi jildiga faqat “Zafarnoma” ilmiy tanqidiy matni kiritilgan. Ikkinchi jildida esa 
nashrning soʻzboshisi, qoʻshimchalar, nusxalardagi farqlar berilgan. 
NATIJA
Asar keyingi vaqtlarda Sharq va Gʻarb olimlari tomonidan oʻrganilib, undan 
qisqartirilgan tarjimalar amalga oshirilgan. Jumladan, 1949 yili Anqarada Nejoti Lugʻol 
degan olim F. Tauerning nashri asosida qisqartirib, turk tilida tarjima qilgan. Undan 
tashqari, sharqshunoslikka oid bir necha kitoblarda bu asardan terma tarjimalar eʼlon 
qilindi. Bu tarjimalar toʻliq boʻlmasada noyob boʻlib qolgan. Shuni nazarga olgan holda 
keyingi yillarda OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida 
“Zafarnoma”ning oʻzbek tiliga toʻliq ilmiy izohli tarjimasi Hofizi Abru “Ilova”si bilan 
birga nashrga tayyorlandi. Unga institutning sobiq ilmiy xodimi, marhum Yunusxon 
Hakimjonovning F. Tauer nashri boʻyicha qilingan dastlabki qoralama tarjimasi asos 
qilib olingan
4

Sharq tarixnavisligining eng nodir yodgorliklaridan biri va Amir Temur davri 
tarixining birlamchi manbalaridan boʻlgan “Zafarnoma” uzoq vaqtdan buyon 
4
Bo`riev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo.T.,1997y 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 46,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin