«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 46,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü46,6 Kb.
#196645
1   2   3   4   5
nizomiddin-shomiy-va-sharafiddin-ali-yazdiy-asarlari-movarannahrning-xv-asr-tarixiga-oid-manbaa-sifatida

163
 
sharqshunos tadqiqotchilar diqqatini oʻziga jalb etib kelmoqda. Daliliy maʼlumotlarning 
toʻliqligi hamda ishonchliligi tufayli u oʻsha davr manbalari orasida hanuzgacha muhim 
oʻrin egallaydi. 
XV va XVI asrlarda “Zafarnoma” qahramonlik qissasi janrida ikki marta sheʼriy 
yoʻl bilan oʻzbek tilida Lutfiy, fors tilida Abdurahmon Jomiyning jiyani Hotifiy (vafoti 
– 1521) tomonidan kuylangan edi. XVI asr boshlarida Shayboniylarning dastlabki 
vakillaridan Kuchkunchixon (1510–1530) topshirigʻiga muvofiq Muhammad Ali ibn 
Darvesh Ali Buxoriy tomonidan “Zafarnoma” oʻzbek tiliga tarjima qilingan. 
Adabiyotlarda Hofiz muhammad ibn Ahmad al-Ajamiy tomonidan asarning turk tiliga 
tarjima qilinganligi haqida ham maʼlumot bor. Bulardan tashqari “Zafarnoma” 1822–
1823 yillarda Xivada Xudoyberdi ibn Qoʻshmuhammad Soʻfi al-Xivoqiy tomonidan 
oʻzbek tiliga qisqartirib tarjima qilinganligi ham maʼlum. 
XVIII asrdan boshlab “Zafarnoma”ning ayrim qismlari fransuz (Peti de la Kroa, 
1713), ingliz (J. Darbi, 1723) va rus tiliga ham tarjima qilingan. Asarning forscha matni 
esa 1887–88 yillarda Kalkuttada (Hindiston), 1958 yili Tehronda (Eron) chop etilgan. 
Biroq bu nashrlarda asarning “Muqaddima” qismi hamda zaruriy koʻrsatkichlar 
berilmagan. 1972 yili Toshkentda asarning har ikki qismini qamragan Oʻzbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 4472-
raqamli qoʻlyozmaning maksimal nashri amalga oshirildi. Bunda tarixiy manbalar ilmiy 
nashri uchun zaruriy boʻlgan soʻzboshi va turli koʻrsatkichlar bilan birga asar matnining 
har xil nusxalari va nashrlari orasidagi farklar ham qayd etildi. 
1499-yildan boshlab O`rta Osiyoga o’z yurishlarini boshlagan Muhammad 
Shayboniyxon (1451-1510) temuriylar ichidagi ichki nizo va noittifoqlikdan foydalanib, 
Movaraunnahrga nisbatan istilochilik harakatlarini boshladi. Temuriy shahzodalardan, 
shu vaqtdagi yagona movarounnahrlik iqtidorli va harbiy sarkardalik mahoratiga ega 
bо`lgan, keyinchalik buyuk shoir va davlat arbobi darajasiga chiqqan Zahiriddin 
Muhammad Boburning (1483-1530) sa'yi-harakatlari ham o’zining tegishli natijasini 
berrnadi. 1505-1506 yillarga kelib Shayboniyxon Xorazm va Movaraunnahrni to`liq 
egallaydi. Shayboniyxonga qarshi kurashish uchun yo`lga chiqqan Xuroson hukmdori 
Sulton Husayn (1469-1506) 1506-yilning bahorida vafot etadi. Sulton Husaynning 
vorislari o’tasida toju-taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita shahzodaga-
Badiuzzamon Mirzo bilan Muzaffar Mirzolarga o`tadi. Qulay vaziyatdan foydalangan 
Shayboniyxon 1507-yili shahzodalarni tor-mor etib, qattiq janglardan so’ng poytaxt 
Hirot va butun Xurosonni o’z qo'li ostiga oladi. 
XULOSA
Shunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylar 
saltanati o’z nihoyasiga yetadi. Temuriylarning oxirgi zabardast vakili Zahiriddin 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 46,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin