«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 60,34 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü60,34 Kb.
#208070
1   2   3   4   5
ozbekiston-ilk-davlatlarning-paydo-bo-lishi

MUHOKAMA


Hozirgi O’zbekiston hududidagi ilk davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir.
Qadimgi Xorazm – mil.av. 1–mingyillikning 8–6 asrlarida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo’lgan yerlarni birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri bo’lgan. U qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan aholisi turli xil uy – qo’rg’onlarda va qishloqlarda yashaganlar. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq yuksak darajada rivojlangan.
Baqtriya – hududi hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston. Bu davlat ham mil.av. 8–6 asrlarda tashkil topgan. Baqtriyaning tarkibiga aynan Baqtriyadan tashqari Marg’iyona va So’g’diyona ham kirgan. Shuning uchun u qadimgi bir–biriga qarindosh bo’lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Bu davlatning aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va savdo bilan shug’ullangan. Baqtriyaning shahar xarobalariga Qiliztepa, Uzunqir, Bandixon va boshqalar kirgan.
Mil.av.530 yilda Eron ahamoniylaridan bo’lgan Kir II massagetlarga qarshi hujum qiladi. U malika To’maris bilan to’qnashadi va undan yengiladi. Undan so’ng yana Eron ahamoniylaridan bo’lgan Doro I mil.av. 519 yilda saklarga qarshi hujum qiladi va uning ham yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Lekin ahamoniylar ayrim bosib olingan mamlakatlarni alohida viloyat – satrapliklarga bo’lib boshqaradilar. Satrap forscha “xshatra” ya’ni “viloyat” degan ma’noni anglatadi. Markaziy Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo’linadi. Mil.av. 5–4 asrlarda Markaziy Osiyo hududida dastlabki ahamoniylar tanga pullari tarqalgan.
Mil.av.329 yilda Makedoniyalik Iskandar Markaziy Osiyoga hujum qiladi. Greklarga qarshi Spitamen mardonovar kurashgan. Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoning ko’plab joylarini bosib oldi va 12ta shahar qurdirgan. U bu yerda 3 yil hukmroklik qilgan. Uning vafotidan so’ng Markaziy Osiyo yerlarida Salavkiylar davlati tashkil topgan. Shu davrlardan boshlab ellinistik madaniyat tarkib topgan. Ellinlashtirish – Sharqqa yunon madaniyatining yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatning – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayoni.
Mil.av. 3 asr o’rtalarida, ya’ni 250 yilda Baqtriya va Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi va Yunon–Baqtriya deb ataladi. Uning hukmdorlari greklar bo’lib, birinchi shohi
Diodot bo’lgan. Parfiyada esa hokimiyat Mitridat I qo’liga o’tgan. Mitridat I Marg’iyonani bosib olgan, uning tarixi ko’proq Arshakiylar davri bilan bog’liq. Bu
vaqtda So’g’diyona ham Baqtriya tarkibidan ajralib chiqadi. Yunon–Baqtriya davlati 120 yil yashaydi.
A.Makedonskiydan keyingi davrlarda, ya’ni mil.av. 3 asrlarda Markaziy Osiyoda bir qancha davlatlar tashkil topadi. Ular quyidagilar:
Dovon davlati – mil.av. 3 asrdan to milodning 2 asrlarigacha mavjud bo’lgan. Uning hududi hozirgi Farg’ona vodiysi bo’lib, Andijon va Namangan ham kirgan. Bu davlat tarixi ko’proq Xitoy manbalarida uchraydi, uning boshqa ataladigan nomlari – Parkana, Boxon, Polona bo’lgan. U o’zining uchqur samoviy otlari va vinosi bilan mashhur bo’lgan. Xitoyliklar bu davlatga tez–tez hujum qilib turgan va har gal ularni samoviy otlar bilan o’lpon to’lashga majbur etgan. Bu davlatning iqtisodiy asosini bog’dorchilik, yilqichilik, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tashkil etgan. Dovon davlatining poytaxti Ershi shahri bo’lib, u hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumaniga to’g’ri keladi. Uning Uchqo’rg’on. Sho’rabashat kabi shaharlari mavjud bo’lgan.
Qang’ davlati – bu davlatga mil.av. 3 asrlarda saklar asos solgan. U Xitoy manbalarida Qang’yuy deb atalgan. Uning poytaxti hududlari hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumaniga to’g’ri kelib, Qang’dez nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik u o’zining hududlarini kengaytirgan. Xitoyliklar bu shaharni Bityan deb atashgan. Mil.av. 2 asr oxirlarida ular eng qudratli davlatga aylanadi. Aslida Qang’ so’zi ularning turmush tarzidan kelib chiqqan bo’lib, “arava” yoki “aravaga ortilgan yuk”, ayrim manbalarda esa ular Sirdaryo bo’ylariga yaqin yashaganligi uchun “daryo”, “suv” degan ma’noni bildiruvchi ikkinchi mazmunga ham ega bo’lganligi bayon qilinadi. Qang’liklar Toshkent viloyati vohalarida asosan dukkakli o’simliklarni ekish, undan tashqari savdo va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Milodning 3 asriga kelib Eftalitlar tomonidan parchalanib ketadi.



Yüklə 60,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin