«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 60,34 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü60,34 Kb.
#208070
1   2   3   4   5
ozbekiston-ilk-davlatlarning-paydo-bo-lishi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Har bir davlat o’z davlatchilik tarixiga ega. Bizning O’zbekistonimiz hududida ham qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga asos solingan. Bizda davlatchilikka xos boy tarixiy tajriba mavjud bo’lib, bu juda olis davrlarga borib taqaladi. Albatta, davlatlar o’z–o’zidan paydo bo’lmagan, buning o’ziga xos omillari mavjud. Hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri, ya’ni 1– mingyillik bilan chambarchas bog’liq. Chunki bu davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o’sdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu davr temirchi kasbining paydo bo’lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg’or usullariga o’tish va ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bu – hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va ixtisoslashuvi. Urug’ jamoasi hududiy qo’shnichilik jamoasiga aylana bordi. Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o’rtasida doimo kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Qabila chegaralarini qo’riqlash, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug’, qabila boshliqlari turganlar. Ular o’z obro’si va ta’siri bilan mashhur kishilardan saylangan. Mil.av. 1–mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to’rt guruhga bo’lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Xo'jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug’ va qabilalar ichida ayrim to’q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam bo’lib turadigan harbiy to’qnashuvlar sharoitida urug’–qabila boshliqlarining ta’siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun–qoidalariga asosan yashay boshlaydi. Harbiy demokratiya–davlatga o’tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo bo’lishining formulasini quyidagicha belgilash mumkin:
Qabila – urug’ – hududiy qo’shnichilik jamoasi – davlat..
Shunday qilib, davlatlar tashkil topishidagi omillar quyidagilardan iborat bo’ldi:
ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi; mulkiy tengsizlik (ayrim kishilarning boyib ketishi).



Yüklə 60,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin