«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 4



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.06.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#61128
1   2   3   4
kreativlik-pedagogik-faoliyatni-rivojlantirishning-asosiy-omili-sifatida

Keywords: kreativlik, ijodiy, stimul, intelektual, ravonlik, moslashuvchanlik
o’ziga xoslik, yaratuvchanlik, yondashuv, metodlar, kreativ fikirlash. 
KIRISH 
Hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib 
bormoqda va bu talablarga to’g’ri yondashgan holda ularni amalda bajarish 
o’qituvchining vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab 
sohalaridan biridir. Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 4
170
 
sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo’lishi 
lozim chunki, u kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma’naviy 
qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish 
o’qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o’z ishiga 
ijodiy yondashishni talab etadi. O’qituvchining kreativligi o’z tajribasini qayta ko’rib 
chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni o’zgartira olishi va ijodiy foydalana 
olishi , sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. 
Kreativlik tushunchasi(lot., ing. ”create”-yaratish, ”creative”yaratuvchi, ijodkor) 
ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod ma’nosini anglatadi. 
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy 
nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika 
lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, 
muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash 
mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni 
cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. 
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik konikmasini 
aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ 
ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun: 
1. Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga 
asoslanadi. 
2. Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish 
degan so’zga asoslanadi. 
3. O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab 
topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi. 
4. Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga 
asoslanadi. 
Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g’oyalarni o’ylab topish (o’ziga 
xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g’oyalar bilan solishtirish va 
ulardagi bog’liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko’nikmalar 
bir-biri bilan kesishadi. 
Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli 
rivojlantirishning to’rtta yo’li ko’rsatilgan: 
 Kreativ fikirlash ko’nikmasini shakllantirish; 
 Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish 
 Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish; 
 Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. 
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa 
o’qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi. 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 4

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin