«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 5



Yüklə 476,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix13.04.2022
ölçüsü476,91 Kb.
#55282
1   2   3   4   5   6   7
maktablarda-matematika-fanini-o-qitishning-dolzarb-masalalari

324

 

 

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 

Maktabda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchi yoshiga mos kundalik 

turmushda  va  mehnat  faoliyatida  qo‘llaniladigan,  kelajakda  ta’lim  olishni  davom 

ettirishda zarur bo‘lgan matematik bilimlar va ko‘nikmalarini ongli ravishda mustahkam 

egallashni  ta’minlashdan  iborat.  Matematika  o‘qitish  metodikasi  fani  bevosita  falsafa, 

psixologiya,  pedagogika, didaktika,  matematika  fanlari,  chizmachilik,  mantiq, tarix  va 

boshqa fanlarga asoslanadi. 

Matematika  fani  nazariyasi  va  uni  o’qitish  bilan  bog’liq  muammolarni  tadqiqot 

qilishda matematika fani va uning o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olish 

maqsadga muvofiq bo’ladi.  

Zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchi uchun dars jarayonidan tashqari vaqtlarda ham 

o’z  ustida  ishlashlari,  bilimlarini  kengaytirish  va    chuqurlashtirish  uchun  imkoniyat 

yaratiladi.  Matematika  boshqa  fanlar  (fizika,  ximiya,  tarix  va  hokazo)  kabi  haqiqiy 

borliqni  o’rganadi.  Haqiqiy  borliqning  tuzilishi  va  undagi  qonun  qoidalarini  tadqiqot 

qiladi.  Haqiqiy  borliq  haqida  turli  modellar  yasaydi.  Agar,  tabiiy  fanlar  o’z 

tadqiqotlarida  tajribalarga  asoslanishsa,  matematika  tajribalarga  asoslanmaydi. 

Matematikadagi  nazariyani  amaliyot  bilan  bog’lash  bilan  bog’liq  muammolarni 

tushunish va tasavvur qilishda tajribaga murojaat qilish  mumkin. Biroq tajriba metodi 

matematikada    isbot  uchun  qabul  qilinmaydi.  Tabiiy  ilmiy  fanlar  haqiqiy  borliqning 

noma’lum  bo’lgan  xossalarni  topish  uchun  tadqiqot  o’tkazsa,  matematika  moddiy 

dunyoning qaralayotgan modellarida yangi xossalarni topadi va yangi modellar yaratadi. 

Bunga  borliqdagi  hodisalarni  yaxlit  talqin  qilishga  imkon  beruvchi  matematik 

modellashtirishlar  misol  bo’ladi.  Matematika  bu  aniq  fanlar  guruhiga  mansub  bo’lib, 

uni  o’rganish  va  tadqiqot  qilishning  boshqa  fanlardan  farq  qiluvchi  o’ziga  xos  

xususiyatlari  mavjud.  Jumladan:  1)  matematika  predmetlarining  abstraktlangan 

xossalarini  o’rganadi.  Matematik  ob’ektlar  mazmundan  ajratilgan  holda  o’rganiladi, 

ya’ni ob’ektning ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoq kabi xususiyatlar inobatga olinmaydi. 

Chunki,  matematik  ob’ektdagi  bu  xususiyatlar  umumlashtiriladi,  abstraktlanadi  va 

uning  yordamida  matematik  nazariya  yaratiladi.  Aks  holda  nazariyani  yaratib 

bo’lmaydi.  2)  matematik  xulosalar  (natijalar)  asosan  mantiqiy  xulosa  chiqarish  bilan 

olinadi. Tajriba metodi bilan olingan natija matematika uchun to’g’ri hisoblanmaydi. 3) 

matematik  xulosalar  rad  qilinmas  xulosalardir.  4)  matematikadagi  paydo  bo’lgan 

abstraktsiyalar  pag’onasimon  rivojlanadi, ya’ni  abstraktsiyadan  abstraktsiyaga  o’tiladi. 

5)  matematik  natijalar  universal  xarakterda  bo’lib,  bu  boshqa  sohalarga  ham  tadbiq 

etiladi[5].  

 

MUHOKAMA  

O’rta maktablarda matematika o’qitishning maqsadi quyidagi 3 omil bilan belgilanadi: 




www.scientificprogress.uz 

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal           

ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

 

 



 


Yüklə 476,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin