Page 359 tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy
ahamiyati beqiyos darajada kattadir [10].
Abul Mu’iyn Nasafiy o‘z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu
Mansur Moturidiyning “at-Tavhid”, Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning “al-Luma’”,
“Maqolot al-islomiyyin”, Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-
Juvayniyning “al-Irshod” asarlaridan foydalangan [11].
“Bahr al-kalom” asari alloma ijodining gultoji hisoblanib, islom dini falsafasini
tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbalardandir. Bu kitobning bir
qancha qo‘lyozma va bosma nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan
ekanligidan dalolat beradi va uning qimmatli qo‘lyozma nusxalari Dubaydagi “Jum’a
al-Mojid” nomli madaniyat va meros markazida, (1167 hijriy yilda ko‘chirilgan),
Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida, Bag‘doddagi
“Maktabat al-Avqof”da, Qohiradagi mashhur “Dor ul-kutub”ning qo‘lyozmalar
bo‘limida saqlanadi [12]. Ushbu qo‘lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan
ko‘chirilgan nusxasi Iskandariyaning (Misr) “Maktabat al-baladiya al-omma” nomli
kutubxonasida ham bor. Asar muhim manba sifatida ikki marta nashr ham etilgan.
Jumladan, 1886-yili Bag‘dodda, 1908-yili Qohirada chop etilgan. Lekin ushbu nashrlar
tadqiqotsiz amalga oshirilgan bo‘lib, faqat asar matnidan iborat. “Bahr al-kalom”ga
ayrim sharhlar ham bitilgan [13]. Jumladan, Olim Badruddin Hasan ibn Abu Bakr
Ahmad al-Maqdisi (Vaf. 1415-y.) asarga bag‘ishlagan sharhini “G‘oyat al-marom fi
sharhi Bahr al-kalom” deb atagan. Bu sharhning bir qo‘lyozma nusxasi qohiradagi “Dor
ul-kutub”da, boshqasi Misrdagi “al-Maktabat al-Hadya-vaya”da saqlanadi. Taniqli arab
olimi Hoji Xalifa ham o‘zining mashhur “Kashf uz-zunun” asarida “Bahr al-kalom”ga
yozilgan faqat shu sharh haqida zikr qilgan, xalos
4
.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy
merosini tadqiq qilish borasida ham samarali ishlar amalga oshirildi.Abu al-Mu’iyn an-
Nasafiy asarlarining nodir qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston fondlarida saqlanayotgani
aniqlandi va ilmiy muomalaga kiritildi.2005 yil Toshkent islom universitetida
tadqiqotchi Saidmuxtor Oqilov tomonidan professor Ubaydulla Uvatov rahbarligida
“Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy va uning moturidiya ta’limoti rivojiga qo‘shgan
hissasi(“Tabsiratu-l-adilla”asari asosida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya
qilindi [14-16].
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy
maqolalar hamda risola va monagrafiyalar nashr etildi . Professor Ubaydulla
Uvatovning “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosi” nomli risolasi hamda
tarix fanlari nomzodi Saidmuxtor Oqilovning “Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmiy merosi
va moturidiya ta’limoti” nomli monagrafiyalari e’lon qilindi
5
.
4
O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 268.
5
O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 268-269.