Scientific progress



Yüklə 48,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.12.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#201010
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-samaradorligida-multimedia-texnologiyasining-o-rni

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 34
bolalariga mo’ljallangan elementar matematika mashg’ulotlarining to’plamini qamrab 
oladi. Dasturda har bir mashg’ulotga mo’ljallangan multimediali o’quv video roliklar va 
mavzuni mustahkamlashga oid rivojlantiruvchi kompyuter o’yinlari to’plami 
joylashtirilgan. 
Dasturning asosiy qismi Adobe Flash Player dasturida yaratildi, animatsion video 
roliklar an Animator, Camtaziya Studio, Format Factory, diktofon dasturlarida 
foydalanib yaratildi, kompyuter oʼyinlar tizimini yaratishda Action Script dasturlash 
tilidan foydalanildi. 
Taʼlim materialining tushunarli boʼlish tamoyili kompyuter xotirasiga kiritilgan 
va oʼrganishga taalluqli materiallarni monitor ekraniga chiqarish va namoyish etilishi 
asosida amalga oshiriladi. Dasturchi elektron ta’lim resursini tayyorlashda taʼlim berish 
jarayonida oʼquv materialining bolaga tushunarli boʼlish tamoyiliga alohida eʼtibor 
berishi lozim. Tanlangan oʼquv materiali murakkab boʼlmasligi, osondan qiyinga qarab 
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi inobatga olingan. 
Dasturda bolalarning yosh davrlari ajratilagan bo’lib, har bir yosh davri bo’yicha 
mavzular “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi asosida alohida joylashtirilgan. Har bir 
mavzu bo’yicha ma’lumot beruvchi animatsion video roliklar yaratilgan va yosh davriga 
mos ravishda platformaga joylashtirilgan, har bir mavzuni mustahkamlashga doir 15 ga 
yaqin interfaol kompyuter o’yinlari kiritilgan. 
Elektron platforma orqali bilim berishning an’anaviy usullardan afzalligi 
shundaki har bir video rolik orqali mashg’ulot mavzularimultfilmlar orqali bola tilida 
yoritiladi, buorqali bolaning bilim olishga ishtiyoqi ortadi. 
Kompyuter o’yinlari orqali bolalar multaqil ravishda topshiriqlarni bajarishda 
xato javobni belgilasada unga kompyuter tanbeh bermaydi, do’stlari orasida izza 
qilmaydi natijada bolaning o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi, fikrlash qobiliyati 
rivojlanadi. 



Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin