Page 1217
Sochlar chizmasi chizilganda, soch orqali yuz ifodasi va rangi tasvirlanadi.
Markerli ruchka bilan chizilgan qalin chiziqlar yoki pero ruchkasi bilan berilgan
shtrixlar yuz qiyofasini xarakterlaydi. Tanish bo‘lgan qiyofalarni va jurnallardan
anologlardan foydalanib eskiz chizish malakani oshirishga hamda o‘zining uslubni
yaralishiga yordam beradi.
Qo‘l uch qismga bo‘linadi: yelka kamari, tirsak va panja. Qo‘l kafti va oyoq
panjalarni tasvirlashda ijodkor bir qancha to‘siqlarga duch keladi. Qo‘l va kaft qomatga
nisbatan olingan proporsiyaga ega bo‘lsa ham eskizni uslublashda ularning o‘lchamlari
buzilishi mumkin, lekin ular model siymosiga uyg‘un bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatmada berilgani kabi, kaftning uzunligi yuz hajmiga teng bo‘lganda
proporsiya va o‘lchamning mutanosibligiga ega bo‘ladi. Yana qo‘shimcha qilib
aytganda, bilakdan barmoq uchigacha bo‘lgan masofa barmoqlar yoyilgandagi masofa
(qarich)ga tengligini ko‘rish mumkin. Bu holatni tasvirlashdan maqsad umumiylikdagi
soddalikni ko‘rsatib, minimal elementlardan foydalangan holda, qo‘l chizmada asosiy
shaklni saqlab, detallarni chizishdir.
Oyoqlarni to‘g‘ri chizish uchun mushaklar tashkil qilgan konturga, uni tizza va
to‘piq sohasidagi torayishiga e’tibor qaratish zarur. Oyoq panjalari bilan birgalikda
oyoq proporsional ravishda qomatning umumiy qonun-qoidalarida to‘rtta modulni
egallaydi. Oyoq uzunligi qomatning umumiy balandligidan yarmini tashkil etishini
nazarda tutish kerak. Oyoq uchta harakatchan bo'laklardan iborat: son, boldir, panja
bo‘lib, ular o‘zaro son, tizza va harakatchan bo‘laklardan iborat: son, boldir, panja
bo‘lib, ular o‘zaro son, tizza va to‘piq bo‘g‘imlari bilan birlashadi. Son va boldir bir xil
uzunlikda bo‘ladi. Qo‘l sxemasida bo‘lgani kabi, oyoq sxemasida ham yumaloq va
ellipssimon shakllarni ustma-ust qo‘yilishdan iborat bo‘lishi mumkin.
Qomat – bu odam yurganda va turganda, vertikal muvozanatini - saqlagan holda
tanasining holatidir. Qomat bo‘yicha figuralar normal, bukchaygan va kekkaygan
turlarga ajratiladi.
Bukchaygan figurada gavdasi ozmi-ko‘pmi old tomonga og‘gan bo‘ladi. Bu
holatda oldinga yo‘nalgan yelkalari pastroq yoki past bo‘ladi. Orqasi dumaloq, kuraklari
turtib chiqqan, ko‘krak qafasi tor, ichiga kirgan, ko‘krak bezlari past joylashgan, qorin
chiqqan. Normal qomatli figuraga nisbatan umurtqa pog‘onasi bo‘ylab bel sohasi
kamroq kirgan, dumba esa kamroq chiqqan.
Kekkaygan figura gavdasi orqa tomonga ko‘proq og‘ishi bilan tavsiflanadi.
Yelkalari orqa tomonga yozilgan, orqasi vertikal bo‘yicha nisbatan to‘g‘ri, ko‘krak
qafasi baland, kerilgan, ko‘krak bezlari baland joylashgan, qorin yassi yoki kirganroq.
Bunday figuralar umurtqa pog‘onasi bel sathida ko‘proq kirgan va dumba ko‘proq
chiqqani bilan normal qomatli figuralardan farq qiladi.