See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqish



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   224
30 06 2022 . (1)

16.2-rasm. Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqish 
sabablarining guruhlanishi. 
Umumiy qabul qilingan transaksiya xarajatlari nuqtayi 
nazaridan xufyona iqtisodiyotning faoliyat ko‗rsatishi huquqiy 
bazaning takomillashmaganligi, davlat tomonidan o‗ziga xos 
funksiyalarning samarasiz bajarilishi, xo‗jalik faoliyatida ikki xil 
standartlarning keng tarqalishi kabi tovlamachiliklarning o‗sishi 
bilan bog‗liq katta miqdordagi transaksiya xarajatlari bilan 
kuzatiladi.
Transaksiya xarajatlari o‗sishining sababi xufyona sektori 
iqtisodiyoti emas, balki rasmiy iqtisodiyotda yuqori transaksiya 
xarajatlarining mavjudligi xufyona sektor faoliyat ko‗rsatishining 
sabablaridan biri bo‗lib hisoblanadi.
Xufyona 
biznes 
ishtirokchilari 
o‗zini 
soliqlardan, 
litsenziyalashdan, shartnomalar tuzishdan, qonunlarga amal 
qilishdan ozod etadi va ―o‗yin qoidalariga‖ ko‗ra mulkchilik 
huquqini mustaqil ravishda muhofaza qiladi hamda uni buzgan 
xatti-harakat uchun jazolaydi va bu bilan rasmiy faoliyat 
ko‗rsatuvchi xo‗jalik yurituvchi subyektlarga qaraganda raqobat 
jihatdan ustunlikka ega. Jadvalda iqtisodiyotning rasmiy va 
Xufyona i
q
tisodiyotni kelib 
chi
q
ish sabablari 
Antropologik
Iqtisodiy 
Ijtiomoiy 
Huquqiy 
Ma‘naviy 
Siyosiy 


472 
norasmiy sektorlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish 
yuzasidan transaksiya xarajatlari taqqoslanadi (16.1-jadval). 
Mazkur 
jadval 
shuni 
yaqqol 
ko‗rsatib 
turibdiki, 
iqtisodiyotning xufyona sektorida aksariyat pozitsiyalar bo‗yicha 
faqat tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda transaksiya xarajatlari 
rasmiy iqtisodiyotga qaraganda ancha past(6+/2+). Masalan, yerga 
egalik qilish yoki uni ijaraga olish huquqlarining noqonuniy 
qo‗lga kiritilishi imorat soluvchilar uchun tekinga tushmaydi, 
lekin barcha rasmiy tartib-qoidalar va ushbu transaksiyani amalga 
oshiruvchi instansiyalar, sarflangan vaqt va boshqa sarf-
xarajatlarni hisobga olgan holda nolegitim yo‗l ayrim subyektlar 
uchun ancha oson va foydali bo‗lib chiqadi. Chunki xufyona 
iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan o‗tib bo‗linmas to‗siq bilan 
ajralmagan, 
ko‗pchilik 
xo‗jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
transaksiyalarni xufyona sektor yordamida amalga oshirish 
mumkin. 
Norasmiy sektor faoliyatini cheklash nafaqat qonunchilikni 
takomillashtirish, balki tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun 
sarflanadigan transaksiya xarajatlarini ham qisqartirib berish 
muhim ahamiyatga ega. 
Iqtisodchilar xufyona iqtisodiyot kelib chiqishining iqtisodiy 
sabablarini bozor xo‗jaligi doirasida raqobat muammosi bilan 
bog‗lash mumkin, degan fikrni bildiradilar. Ular xufyona 
iqtisodiyotni nomukammal raqobatning bir shakli sifatida ko‗rish 
kerak, deb hisoblaydilar. Mukammal bozor munosabatlari 
shakllanib va rivojlanib borgani sari sog‗lom raqobat xufyona 
iqtisodiyotni siqib chiqaradi. Buning isbotini rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotida ko‗rish mumkin. Ularda xufyona 
iqtisodiyotning ulushi rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga 
o‗tayotgan mamlakatlardagiga qaraganda ancha past.


473 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin