479
jinoiy iqtisodiyotning
sinonimi sifatida qaralmaydi, garchi
noqonuniy operatsiyalarning ayrim turlari uning tarkibiga
kiritilishi lozim bo‗lsa, amalda aksariyat mamlakatlar, jumladan,
O‗zbekistonda ham YAIMni hisoblashda
noqonuniy faoliyat
natijalari hisobga olinmaydi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga
kiritiluvchi ishlab chiqarishlarning aksariyat qismi qonuniy
bo‗lsada, uning ko‗lamlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan
ataylab pasaytirib ko‗rsatiladi yoxud ularning aksariyat qismi
davlat
ro‗yxatidan
o‗tmaganligi bois ular to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni oddiy yo‗l bilan olishning imkoni yo‗q.
Ko‗pgina mamlakatlardagi statistik
tadqiqotlarda noqonuniy
jinoiy faoliyatdan olingan daromad YAIM ko‗rsatkichiga
kiritilmaydi, chunki ularni statistik baholash juda qiyin va bu
faoliyatni
kuzatish
metodikasi
hali
ishlab
chiqilmagan.
Noiqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar bu ko‗rsatkichga
umuman qo‗shilmasligi kerak, chunki ular yangi mahsulot yoki
xizmatni yaratishga hissa qo‗shmaydi. Shunday qilib, talonchilik
yoki
reket yangi qiymat yaratmaydi, balki uni turli mulkdorlar
o‗rtasida qayta taqsimlaydi.
Xufyona iqtisodiyot qaysi mamlakatda aholi jon boshiga
to‗g‗ri keladigan daromadlar yuqori bo‗lsa, shu mamlakatda
xufyona iqtisodiyot miqyoslari kam bo‗ladi. Aholi jon boshiga
to‗g‗ri keladigan daromad miqdori yiliga 30 ming doll.dan kam
bo‗lmagan mamlakatlarda jamiyatning ijtimoiy tarkibida
aholining
60-70 foizni tashkil etuvchi o‗rta qatlamlar yetakchi rol o‗ynaydi.
Bular asosan qonunlarga itoat etadigan mas‘uliyatli soliq
to‗lovchilardir. Albatta, bu mamlakatlarda kam ta‘minlanganlar
ham mavjud, lekin rivojlangan ijtimoiy yordam dasturlari ularni
xufyona iqtisodiyotga tortilishlariga to‗siq bo‗ladi.
480
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda
xufyona
iqtisodiyot
miqyoslari rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha yuqori
bo‗lib, buning sabablari tubdan farq qiladi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot
majburiy xarakterga ega
bo‗lib, aholining o‗ta kambag‗al qatlamlarini qanday qilib bo‗lsa
ham, kun ko‗rish masalasini hal etish bilan belgilanadi.
Xufyona
iqtisodiyotning
ulushini
hisobga
olishda,
mamlakatlar o‗rtasidagi o‗zaro taqqoslashlardan keng foydalanish
talab etiladi. Nigeriya, Tailand, Misr, Boliviya, Panama kabi
rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyotning ko‗lami
juda katta ko‗rsatkichni tashkil etadi. Bu mamlakatlarda xufyona
iqtisodiyotning ulushi 60-70
% dan oshadi. Osiyo,
Afrika
va
Lotin
Amerikasidagi
aksariyat
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
ko‗lami
jihatdan rasmiy iqtisodiyot
bilan raqobatlasha oladigan
xufyona
iqtisodiyotning
parallel ravishda mavjudligi
haqida so‗z yuritishimiz mumkin.
Ta‘kidlanganidek, rivojlanayotgan mamlakatlarda xufyona
iqtisodiyot ulushi juda katta bo‗lib, Nigeriyada rasmiy YAIMning
76 foizni tashkil etadi. Mana shunday yuqori ko‗rsatkichlar
Tailand (71%), Misr (68%), Boliviya (66%) va Panama (62%)
kabi mamlakatlarda kuzatiladi. Lotin
Amerikasi mamlakatlarida
esa 60-65 foiz atrofida qayd qilinadi.
Jahon miqyosida xufyona iqtisodiyotning ulushi YAIMning
o‗rtacha 8% ni tashkil etadi. XVF tomonidan an‘anaviy tarzda
tahliliy
hisobotlarda
foydalaniluvchi
nemis
olimlarining
481
tadqiqotlariga(Visa
Europe)
ko‗ra,
2018-yilda
xufyona
iqtisodiyotning YAIMdagi ulushi bo‗yicha Ukraina (44,1%)
Yevropada
yetakchilik
qilmoqda.
Gretsiyada
xufyona
iqtisodiyotning ulushi-24 %, Ispaniyada-19 %, Italiyada-21 %,
Ruminiyada-16 %, Shveysariyada-9 %, Norvegiyada-7 %,
Finlandiyada-8 %, Shvetsiyada-9% ga yetadi.
Dostları ilə paylaş: