474
jarayon bo‗lib, muammoni hal etishga bo‗lgan urinishlar aksariyat
jamiyatlarda muvaffaqiyatsiz bo‗lmoqda. Jamiyatning tarkibiy
tuzilishi xufyona iqtisodiyot ishtirokchilarining potensial sonini
belgilaydi. Chunki, aholining kam ta‘minlangan
va boshqa
guruhlari xufyona sektor doirasiga ko‗proq tortiladi.
Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining yana bir
guruhiga huquqiy omillar kiradi. Bu tadbirkorlikning huquqiy
bazasini takomillashmaganligi bilan bog‗liqdir. Mutaxassislarning
ta‘kidlashicha, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham
tadbirkorlikning
huquqiy
bazasini
rivojlanishi
iqtisodiy
jarayonlardan orqada qoladi. Bozor xo‗jaligidagi o‗zgarishlar
bilan mavjud huquqiy baza o‗rtasidagi ziddiyatlar xufyona
iqtisodiyot subyektlari uchun huquqiy
sohadagi kamchiliklardan
foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Uy xo‗jaliklari muhim sektor sifatida huquqiy me‘yorlar
bilan emas, asosan amaliyotda shakllangan urf-odatlar va
an‘analar bilan tartibga solinadi. Davlat ushbu sektorda amalga
oshiriladigan iqtisodiy munosabatlarni nazorat qilish imkoniyatiga
ega bo‗la olmaydi.
Qonunlar ham xufyona faoliyat turlariga nisbatan turlicha
bo‗lishi mumkin. Ba‘zi holatlarda yirik korporatsiyalar o‗zlarining
moliyaviy
imkoniyatlaridan
foydalangan
holda
qonun
chiqaruvchilarga tazyiq o‗tkazishlari va ma‘lum ijtimoiy guruhlar
manfaatlariga mos keladigan qonunlarni qabul qilinishiga harakat
qilishlari mumkin.
Xufyona iqtisodiyotni kelib chiqish sabablarining boshqa bir
guruhiga tadbirkorlik faoliyatining ma‘naviy asoslarini zaifligi
bilan bog‗liq ma‘naviy omillar kiradi. Qonunlar ma‘lum davrning
ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarini o‗zida aks ettiradi.
Lekin aynan
qonunlar orqali amalga oshiriladigan davlat manfaatlari ko‗p
475
hollarda jamiyatning ko‗pchiligi manfaatlariga mos kelavermaydi,
ayrim holatlarda esa ularga zid bo‗lishi mumkin.
Xufyona faoliyat va xufyona iqtisodiyotni o‗rganishga
huquqiy jihatdan yondashuv tarafdorlari xufyona iqtisodiyotni
turlarga ajratishda qonunning buzilishini asosiy mezon qilib
oladilar. Xufyona iqtisodiyotni ikkiga ajratadilar: kriminal
(«qora») va nokriminal («kulrang»). Bunda biror-bir faoliyatni
davlatdan yashirish fakti ikki turdagi motiv bilan bog‗liq.
Birinchisi, xo‗jalik subyektlarining o‗z
xarajatlarini kamaytirish
(birinchi navbatda, soliq to‗lashdan bosh tortish hisobiga) bilan
bog‗liq bo‗lsa, ikkinchisi, faoliyatning noqonuniy ekanligi bois
uni to‗xtatib qo‗yilishidan hadiksirash bilan bog‗liq.
Nokriminal («kulrang») iqtisodiyotda daromadlar (yoki
xarajatlar) yashiriladi, kriminal («qora») iqtisodiyotda faoliyatning
o‗zi yashiriladi. O‗z
navbatida, kriminal iqtisodiyot doirasida
ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab
chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik.
Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes
ko‗rinishida tashkil etilgan, qonun yo‗li bilan taqiqlangan faoliyat
turlarini kiritish mumkin. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish
faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
qurol ishlab chiqarish va sotish;
narkobiznes;
qimor o‗yinlari;
kontrabanda;
fohishabozlik va boshqala;
Iqtisodiy jinoyatlar iqtisodiy sohadagi jinoyatlar bo‗lib, ular
ishlab chiqarishga bevosita aloqasi bo‗lmagan va g‗arazli
maqsadlarni ko‗zlab qilingan iqtisodiy jinoyatlardir (ular
yaratilgan qiymatni qayta taqsimlash sohasida amalga oshadi):
476
g‗arazli maqsadlarda xizmat mansabini suiiste‘mol
qilish (poraxo‗rlik);
firibgarlik
o‗g‗rilik
tamagirlik (reket) va b.
Kriminal iqtisodiyotning ushbu
turi iqtisodiyotga bevosita
tegishli bo‗lmay, jinoyatchilikning bir turi hisoblanadi. Lekin, shu
bilan birga, iqtisodiy jinoyatchilik katta iqtisodiy zarar keltiradi va
aynan shuning uchun ham kriminal iqtisodiyotning bir qismi
sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: