506
to‗rtinchidan,
davlat mansabdor
shaxslari va xizmatchilari
maoshining kamligi.
Korrupsiya jinoyatchiligining siyosiy sabablari va sharoitlari:
a)
aholi
aksariyat
qismining
hokimiyatdan,
mulkni
boshqarishdan, qonun ijodkorligi va uni qo‗llash amaliyotidan
chetda ekanligi;
b) jinoiy guruhlar vakillarining davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlariga kirib qolganligi;
d) markaziy va mahalliy organlar xizmatchilari sonining
asossiz ravishda haddan tashqari ko‗pligi.
Korrupsiyaviy jinoyatchilikning tashkiliy xususiyatdagi
sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar:
1) Korrupsiyaga qarshi
kurashga qaratilgan huquqiy
normalarning ko‗lami amaliyotning nisbatan yangiligi;
2) Korrupsiyaviy huquqbuzarlikning ma‘muriy va jinoyat
statistikasining to‗la va obyektiv emasligi;
3) Respublika, viloyatlar miqyosida registrlar, ya‘ni davlat
xizmati yoki mahalliy davlat organlarida
ishlashi taqiqlangan
shaxslar ro‗yxatini yurituvchi tashkilotlarning yo‗qligi;
4) Korrupsiyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi
mutaxassislarni tayyorlashda o‗quv-metodik ta‘minot darajasining
pastligi;
5) Nepotizm qarindosh urug‗, quda-andalarning xizmat
bo‗yicha bir-birini qo‗llab-quvvatlashi umumiy va adolatni,
tartibni buzib qarindoshlari va yaqinlariga daromadli va foydali
mansablarni taqdim etish.
Korrupsiyaning salbiy hodisa sifatida
xavfsizlikka tahdid
solishi hech kimda shubha tug‗dirmaydi, shu sababli davlat
idoralari va jamoatchilik tashkilotlari unga qarshi kurashib keladi.
Biroq dunyoning hech bir mamlakatida, hatto har tomonlama
507
yuksak rivojlangan mamlakatlarda ham korrupsiya tugatilmagan.
Jamiyat korrupsiyani cheklab turishi, katta xavf tug‗dirmaydigan
darajaga keltirishi mumkin. Unga qarshi
kurashish tadbirlarini
ishlab chiqish va qo‗llash uchun qaysi soha qay darajada
korrupsiyalanganini bilish talab qilinadi.
Korrupsiya shunisi bilan xavfliki, u ijtimoiy tengsizlikni
keltirib chiqaradi, biznes yuritish
xarajatlarini oshiradi, demak,
milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini pasaytiradi, muayyan
darajada siyosiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Korrupsiya va
jinoyatchilikning xavfsizlikka soladigan tahdidlari quyidagilardan
iborat:
amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‗rsatish;
davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemirish;
jamiyatning ma‘naviy-axloqiy asoslarini yemirish;
jamiyat a‘zolarining fuqarolik mavqYIni yo‗qqa
chiqarish,
islohotlar g‗oyasini obro‗sizlantirish;
pul orqali hokimiyatni qo‗lga olishga intilish;
nopok yo‗llar bilan boylik orttirish. Bunday kimsalar
adolatli jazodan qo‗rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni
beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga
shay turadilar;
jinoiy
usullar
bilan
boylik
orttirgan
kimsalarni
―demokratiya‖ uchun jafo chekkan kurashchilar deb ko‗rsatish.
Bunday shaxslar avvaliga o‗z xalqini aldab, kapital to‗playdi,
keyin demokratiya va adolatni ro‗kach qilgan holda siyosiy obro‗
orttiradi.
Sir emaski, bunday shaxslar o‗z manfaatlari yo‗lida
respublikadagi vaziyatga ta‘sir ko‗rsatishga urinayotgan tashqi
kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar. Jahon xo‗jalik
aloqalariga faol integratsiyalashuv, chet el investitsiyalari va
tadbirkorlarini iqtisodiy o‗zgarishlar jarayoniga tortishga qarshilik
508
ko‗rsatish. Bu holat chet ellik sheriklarda ishonchsizlik uyg‗otishi
natijasida mamlakat g‗oyat muhim kapital mablag‗lar manbaidan,
texnologiyalar va tajribalardan,
jahon iqtisodiy tizimining
sog‗lom, sof qismiga qo‗shilish imkoniyatidan mahrum bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: