See discussions, stats, and author profiles for this publication at


Pul - kredit ko‗rsatkichlari guruhi



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   224
30 06 2022 . (1)

Pul - kredit ko‗rsatkichlari guruhi: 

banklarning xususiy kapitallari hajmi;

banklarning likvidlik darajasi; 

banklarning kredit layoqati darajasi; 

kredit stavkasi; 

bank sohasining tarkibi; 

mintaqaning 
monetizatsiya 
koeffitsiyenti 
(pul 
massasining YAHMga nisbati). 
Real iqtisodiyot indikatorlari: 

mintaqalar iqtisodiy rivojining mustaqillik darajasi; 

asosiy ishlab chiqarish fondlari va infratuzilmaning 
eskirish darajasi; 

texnik va texnologik innovatsiyalar miqdori. 
Ekologik ko‗rsatkichlar guruhi: 

suv havzalarining ahvoli; 

chiqindilar darajasi va h.k. 
Mintaqaning iqtisodiy barqarorligini baholash uchun umumiy 
va maxsus uslublardan foydalaniladi. Umumiy uslublarga tizimli, 
genetik, majmuaviy, muammoli uslublar kiradi. Maxsus 
uslublarga eng keng ommalashgani qiyosiy tahlil hisoblanadi. U 
tahlil qilinayotgan obyektlarning o‗xshashliklari va farqlarini 
topish imkonini beradi. Mintaqalarni tasniflash (tipologiyalash) 
uchun 
yetarlicha 
miqdordagi 
indikatorlar 
kerak, 
bunda 


538 
mintaqalarni bir nechta ko‗rsatkichlar bo‗yicha guruhlash 
mumkin. 
Masalan, 
O‗zbekiston Respublikasining ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni o‗rganishda uchta indikator:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dinamikligi (bir tekis 
borishi);

tabiiy-geografik sharoitlari (iqlimi, mamlakat markaziga 
nisbatan joylashuvi, johon bozori resurslariga tortilishi va h.k. 
qo‗llagan holda ishlab chiqilgan) qo‗llanadigan uslubiyat. 
Ushbu indikatorlar asosida uch turdagi muammoli mintaqalar 
ajratib ko‗rsatiladi, ularga nisbatan alohida tartibga solish 
uslublarini: qoloq, depressiv va inqirozli uslublarni qo‗llash 
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Mintaqani 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini 
samarali 
boshqarish bo‗yicha ishlab chiqilgan qat‘iy metodik ko‗rsatma 
bo‗yicha hududning rivojlanishini yagona tizim asosida qurish, 
shuningdek, respublika va mahalliy byudjetlarning shakllanishida 
hududiy investitsiya siyosatini amalga oshirish, hududda yangi ish 
o‗rinlarini yaratish orqali ishsizlikni pasaytirish, aholining 
daromad manbaini oshirish orqali tovar va xizmatlarga bo‗lgan 
talabni shakllantirish va hududiy imkoniyatlardan (hududning 
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati) samarali foydalanishda hamda 
boshqarishda muhim hisoblanadi. 
Mamlakat YAIM hajmidagi hududning ulushi uning ushbu 
mahsulot yaratishdagi o‗rnini, uning iqtisodiy o‗sish sifatidagi 
o‗zgarishlarni belgilovchi asosiy ko‗rsatkichdir. O‗zbekiston 
Respublikasi hududlarining yalpi hududiy mahsulot sifatidagi 
o‗zgarishlarga va iqtisodiy o‗sish darajasi bo‗yicha, ya‘ni YAIMni 
aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko‗rsatkichi bo‗yicha 3 ta 
guruhga ajratish mumkin Birinchi guruhga aholi jon boshiga 


539 
YAIM ishlab chiqarishi bo‗yicha respublika ko‗rsatkichidan, 
(100%) dan yuqori bo‗lgan, ikkinchi guruhga 81-100% gacha, 
uchinchi guruhga 80% dan kam ulushga ega bo‗lgan hududlar 
kiritilgan. 
O‗zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiy rivojlanishi 
darajalari bo‗yicha keskin farq qiladi. Aholi jon boshiga YAIM 
ishlab chiqarish ko‗rsatkichi bo‗yicha qiyoslanganda iqtisodiy 
o‗sish sifatining eng yuqori va eng quyi darajada rivojlangan 
viloyatlar ko‗rsatkichlari o‗rtasida keskin farq mavjud. Jumladan, 
birinchi guruh hududlarda uchinchi guruh hududlarga nisbatan bu 
ko‗rsatkich 3,0 marta yuqori. 
Birinchi guruh eng yuqori iqtisodiy o‗sish sifatiga ega 
bo‗lgan viloyatlarda, respublika aholisining 19,3% yashaydi va 
respublika YAIMning 29,8% ishlab chiqariladi, uch guruh 
viloyatlarda esa, respublika aholisining 74,9% yashaydi va 
respublika YAIMni 54,1% ishlab chiqariladi. O‗zbekiston 
Respublikasida YAIM ishlab chiqarish asosiy o‗rinni yettita 
viloyat egallaydi. Bular Toshkent shahri, Farg‗ona, Toshkent, 
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Andijon viloyatlaridir. Bu 
viloyatlarda 2020-yilda respublikamiz YAIMning 56,7% ishlab 
chiqarilgan. 


540 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin