See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-jadval  Iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy ko‗rsatkichlari



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224
30 06 2022 . (1)

3.1-jadval 
Iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy ko‗rsatkichlari 
Ko‗rsatkichlar 
Ko‗rsatkichlarning 
quyi chegarasi 
YaIMga nisbatan investitsiyalar hajmi, foizda 
25 
Ilmiy tadqiqot ishlanmalari uchun xarajatlar, 
YaIMga nisbatan foizda 

Yashash minimumidan past daromad darajasiga 
ega bo‗lgan aholi ulushi, foizda 

Aholining umr ko‗rish uzunligi 
70 
Detsil koeffitsiyenti 

Jinoyatchilik darajasi har 100 ming kishiga 
5000 
Inflatsiya darajasi, foizda 
20 
Tashqi qarz, YaIMga nisbatan foizda 
25 
Davlat byudjeti kamomadi 

Pul massasi M2, YaIMga nisbatan foizda 
50 
Ichki iste‘molda umumiy importning ulushi, shu 
jumladan, oziq -ovqat mahsulotlari 
30 
25 
Xalqaro mehnat tashkiloti uslubiyotiga ko‗ra, 
ishsizlik darajasi, foizda 

Jahon tajribasidan ma‘lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar 
minimal darajada bo‗lishi uchun yashash minimumidan past 
daromadga ega bo‗lgan aholi ulushi 7-10 foizni tashkil etishi, boy 
va kambag‗allar daromadlari o‗rtasidagi tafovut esa sakkiz 
martadan oshmasligi kerak. 
Bir guruh olimlar iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy 
miqdorlarini belgilashda BMT tomonidan 1990-yilda qabul 
qilingan inson rivojlanish indeksini taklif etadilar. Mazkur indeks 
ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashgan ko‗rsatkichi 


82 
(mezoni) bo‗lib hisoblanadi. Inson taraqqiyoti indeksi – bu 
dunyoning turli mintaqalari va mamlakatlarida insonning, 
jamiyatning to‗laqonli a‘zosi sifatida taraqqiy etishini tavsiflovchi 
yig‗ma ko‗rsatkich hisoblanadi. Inson taraqqiyoti indeksi har yili 
BMTning Taraqqiyot dasturi mutaxassislari va mustaqil xalqaro 
guruh bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar va milliy institutlarning 
statistik ma‘lumotlaridan foydalangan holda hisoblab chiqiladi. 
Inson salohiyatining rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot 
dasturining o‗ziga xos intellektual mahsuloti hisoblanadi. 1990-
yilda BMTning Taraqqiyot dasturi dunyo mamlakatlarining 
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga baho bergan holda birinchi 
ma‘ruzasini e‘lon qildi. Mazkur ma‘ruzada inson taraqqiyoti 
tushunchasiga ta‘rif beriladi. Unga ko‗ra, inson taraqqiyoti – 
tanlash imkoniyatlarining kengayib borish jarayon, deb qaraladi. 
Tanlovning eng muhim elementlari bo‗lib, uzoq va sog‗lom hayot 
kechirish, zaruriy ta‘lim darajasiga ega bo‗lish hamda moddiy 
jihatdan to‗liq ta‘minlanganlik hisoblanadi. Siyosiy erkinlik, inson 
huquqlarini yetarlicha kafolatlanganligi, o‗z-o‗zini namoyon qilish 
va shu kabilar tanlovning qo‗shimcha elementlari hisoblanadi. 
Inson taraqqiyoti to‗g‗risidagi keyingi ma‘ruzalarda ―Inson 
taraqqiyoti‖ tushunchasi birmuncha to‗ldiriladi. Mutaxassislar 
inson taraqqiyotida ijtimoiy adolat, inson huquqlariga hurmat 
bilan munosabatda bo‗lish tamoyillari muhim o‗rin tutadi, deb 
hisoblaydilar.Ularning ta‘rifiga ko‗ra, inson taraqqiyoti – bu 
insonlarning uzoq, sog‗lom va mazmunli hayot kechirishlari 
borasida tanlov imkoniyatlarining kengayib borishi va shu asnoda 
insonlarning 
globallashib 
borayotgan 
jamiyatda 
barqaror 
rivojlanish hamda ijtimoiy adolat mezonlarini ta‘minlashda faol 
ishtiroki hamdir. 


83 
Mazkur ta‘rifga ko‗ra, inson taraqqiyoti uch tashkil etuvchini 
o‗z ichiga oladi. Bularning birinchisi farovonlik, ikkinchisi huquq 
va 
imkoniyatlarning 
kengayishi, 
uchinchisi 
esa 
ijtimoiy 
adolatlilikdir. 
Inson taraqqiyoti indeksi bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy 
tengsizlik jihatidan qayta hisoblangan inson taraqqiyoti indeksi, 
gender tengsizligi indeksi va ko‗p qirrali qashshoqlik indeksidan 
ham foydalaniladi. Iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari 
uchta guruhga ajratib ko‗rsatiladi: 
birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi 
dunyoga minimal darajada bog‗liqlik sharoitida faoliyat yuritish 
qobiliyatini kiritadilar. Ushbu guruhga quyidagi chegaraviy 
miqdorlar kiritilgan: 

YaIM umumiy hajmi - ―katta yettilik‖ bo‗yicha o‗rtacha 
indikatorning 75 foiz miqdorida; 

aholi jon boshiga YaIM hajmi - ―katta yettilik‖ bo‗yicha 
o‗rtacha indikatorning 50 foiz miqdorida; 

dunyo bo‗yicha o‗rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida; 

sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta 
ishlash sanoati ulushi - 70 foiz; 

YaIMda investitsiyalar ulushi - 25 foiz; 

sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi - 20 foiz; 

aholining ichki iste‘molida import ulushi - 30 foiz, shu 
jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari - 25 foiz; 

mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi 
mahsulotlar ulushi - 6 foiz. 
Ikkinchi guruh ko‗rsatkichlari tarkibiga aholi turmush 
darajasi va sifati bilan bog‗liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan: 

aholining umumiy sonida yashash minimumidan past 
daromadga ega bo‗lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz; 


84 

umr ko‗rish uzunligi - 70 yosh; 

boy va kambag‗allar daromadlari o‗rtasidagi tafovut - 8 
marta; 

ishsizlik darajasi - 7 foiz. 
Uchinchi guruh ko‗rsatkichlari moliyaviy holat bilan bog‗liq 
bo‗lib, ular quyidagilardan iborat: 

YaIMga nisbatan ichki qarz miqdori - 30 foiz; 

YaIMga nisbatan tashqi qarz miqdori - 25 foiz; 

YaIMga nisbatan byudjet tanqisligi - 5 foizgacha; 

naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga 
nisbati 25 foiz; 

YaIMga nisbatan pul massasi (M2) - 50 foiz. 
Mutaxassislarning 
fikriga 
ko‗ra, 
chegaraviy 
ko‗rsatkichlarning bir xil miqdorini belgilab qo‗yish uslubiy 
jihatdan uncha to‗g‗ri bo‗lmaydi. Masalan, birinchi guruh 
ko‗rsatkichlarida keltirilganidek, investitsiyalar ulushi YaIMga 
nisbatan hisoblaganda 25 foizdan kam bo‗lgan holatda 
iqtisodiyotga tahdid yuzaga keladi. Lekin ayni paytda, 
investitsiyalar ulushi 40 foiz bo‗lganida ham tahdid yuzaga kelishi 
mumkin. Farq shundaki, birinchi holatda mehnat qurollarining 
moddiy va ma‘naviy jihatdan eskirishi natijasi sifatida tahdid 
yuzaga kelsa, ikkinchi holat aholi turmush darajasi va sifatining 
pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shundan kelib chiqib, 
iqtisodiy xavfsizlikning ayrim chegaraviy miqdorlarini qat‘iy qilib 
emas, balki ma‘lum doira chegarasida belgilash maqsadga 
muvofiq bo‗ladi.


85 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin