See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishi



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   224
30 06 2022 . (1)

 
3.2-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishi. 
Xo‗jalik yuritishning istalgan sohasida – ishlab chiqarish, 
tashqi savdo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik va boshqalarda, barcha 
mamlakatlar uchun xavfsizlikning ma‘lum chegaralari mavjud 
bo‗lib, ularni ilmiy asoslangan me‘yorlar asosida aniqlash 
mumkin. Ayni paytda ayrim olingan mamlakatda mavjud bo‗lgan 
vaziyatga to‗liq baho beruvchi universal ko‗rsatkich mavjud emas. 
Chunki iqtisodiy xavfsizlik ko‗p omillar ta‘sirida bo‗ladigan 
hodisa hisoblanib, u milliy ishlab chiqarishning uzluksiz o‗zgarib 
turuvchi ichki va tashqi sharoitlarining yig‗indisini aks ettiradi. 
Iqtisodiyot holati va uning xavfsizligi uchta indikator, ya‘ni 
iste‘mol narxlari, milliy valyuta kursi va aholining pul 
daromadlari bilan belgilanadi. Mana shu uchta indikator iqtisodiy 


80 
xavfsizlikning boshqa indikatorlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ular iqtisodiy xavfsizlik vositasi sifatida xizmat qiladi. Bunday 
ko‗rsatkichlar davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash 
borasidagi vazifalarini amalga oshirish vositalaridan biri bo‗lib 
hisoblanadi.
3.3-§. Iqtisodiy xavfsizlik ko‗rsatkichlarining tahlikali 
chegaralari 
Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimning quyi chegarasini ifodalovchi ko‗rsatkichlar qo‗llanadi. 
Mazkur quyi chegaralardan past ko‗rsatkichlarda iqtisodiy tizim 
uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, 
degradatsiyasi yuz bera boshlaydi. Ushbu quyi chegara va uning 
miqdoriy o‗lchamlarini aniqlash, belgilash uchun quyidagilarni 
amalga oshirish lozim bo‗ladi: 

milliy iqtisodiyot va iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy 
sharoitlarini o‗rganish va ularni tavsiflovchi ko‗rsatkichlarni 
aniqlash;
 

milliy iqtisodiyotni tanglik va beqarorlikka olib keluvchi 
omillarni aniqlash;
 

turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va 
imkoniyatlarini baholash;
 

xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi 
tahdidlarning oldini olish yo‗llarini aniqlash.
 
Chegara ko‗rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy 
manfaatlarning 
miqdor 
jihatdan 
ifodalanishidir. 
Mazkur 
ko‗rsatkichlar tizimli tahlil, prognoz va ijtimoiy-iqtisodiy 
rejalashtirishning muhim vositasi bo‗lib hisoblanadi. Iqtisodiyot 
sohasida 
asosiy 
ustuvorlik 
aholining 
turmush 
darajasini 
yuksaltirish bo‗lganligi bois YAIM hajmi va u bilan bog‗liq 


81 
ko‗rsatkichlarning quyi chegaraviy miqdorlarini belgilashda aynan 
shu ko‗rsatkichlar asos sifatida olinishi kerak. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin