101
davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklab qo‗yadigan, milliy
qadriyatlar va hayot tarziga
xavf soladigan hodisa hamda
jarayonlardir. Xavfsizlikka tahdidlar tizimi sabab – oqibat
bog‗lanishlarining dinamik tizimidan iborat bo‗lib, ko‗p
sonli
konturlar, aks aloqalarga egadir. Ularning mavjudligi xavfsizlikka
bo‗lgan biror-bir aniq tahdidning ro‗yobga chiqish natijalarini
ahamiyatli darajada kuchaytirishi mumkin.
Mazkur xususiyat
davlatda ko‗p sonli lokal tahdidlarning mavjudligi va ularni o‗zaro
ta‘sirlashuvi oqibatida tez ko‗payadigan inqirozli vaziyatlar bilan
tavsiflanadigan taraqqiyotining hozirgi
zamon bosqichida yorqin
namoyon bo‗ladi. Bunday o‗zaro ta‘sirlashuv namunasi 4.2-
jadvalda keltirilgan.
Xavfsizlikka tahdidlarning ularning o‗zaro ta‘sirlashuvi va
dinamik rivojida ko‗rib chiqilgan tasniflash iqtisodiy xavfsizlikni
har
qanday darajada, ya‘ni davlat, mintaqa yoki alohida olingan
korxona
miqyosida
ta‘minlash
masalalarini hal etishga
majmuaviy, tizimli yondashish to‗g‗risidagi xulosaga olib keladi.
Iqtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi tahdid
turlarining yuqorida ko‗rib chiqilgan tasnifi doimiy bo‗lmagan va
aniq bir vaziyatga tahdidlarning tavsifi va darajalariga bog‗liq
bo‗lgan katta o‗zgarishlarni boshidan kechirishi mumkin bo‗lgan
aniq bir ustuvorliklarni ajratib ko‗rsatishi mumkin. Iqtisodiy
xavfsizlikka tahdidlarni tadqiq etish shuni ko‗rsatadiki, ularni
aniqlash hamda eng ahamiyatli tasniflarni ajratib ko‗rsatish
borasida yagona xulosa yo‗q.
Dostları ilə paylaş: