106
- iqtisodiyot subyektarining
moliyaviy va shartnomaviy
intizomlarining pastligi;
- iqtisodiyotning kriminallashuvi va uni boshqarishda
korrupsiyaning kuchayishi;
- daromadlarni yashirish va soliq to‗lashdan qochish
hollarining ko‗payishi;
-moliyaviy mablag‗larni chet ellarga noqonuniy tarzda
o‗tkazish (4.3- rasm.)
Tahdid
ichki omillari, o‗z navbatda, ikki guruhga ajratish
mumkin:
1) iqtisodiy tizimning siklik rivojlanish qonuniyatlariga
bog‗liq tahdid omillari;
2) siklik rivojlanish qonuniyatlariga bog‗liq bo‗lmagan
omillar.
Birinchi guruh omillari harakati oqibatida ma‘lum
sharoitlarda makroiqtisodiyot darajasida
salbiy oqibatlar kelib
chiqib, davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin.
Ikkinchi guruh omillari harakati esa uzoq muddatli davrda
xo‗jalik tizimi muhim elementlarining takror ishlab chiqarilishi
sharoitida to‗plangan noxush tendensiyalar tufayli yuzaga keladi.
Bu noxush tendensiyalar quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
- mamlakatning ishlab chiqarish,
innovatsion va ilmiy-
texnikaviy salohiyatdan foydalanish darajasi va samaradorligi;
- xo‗jalik yuritish va boshqarishning iqtisodiy munosabatlari;
- ijtimoiy soha;
- atrof-muhit holati;
- mamlakat hududlaridagi ahvol.
Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida tanglik holati
chuqurlashib, ishlab chiqarish keskin qisqarib ketdi. Bunday
holatning o‗ziyoq iqtisodiy xavf tug‗dirdi.
Chunki ishlab
107
chiqarishning qisqarishi, ichki bozorda tovar va xizmatlar
miqdorining kamayib ketishi oqibatida ularning o‗rniga xorij
tovarlari, ayniqsa, arzon, sifatsiz tovarlar kirib keldi.
Ichki
bozordan siqib chiqarilgan milliy tovarlarning o‗rnini tiklash
nihoyatda og‗ir bo‗ldi.
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga
quyidagilar kiradi:
1)
eksport tarkibida xomashyo tovarlarining ustuvorligi,
an‘anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat
tovarlari bozorlarining
yo‗qotilishi;
2)
mamlakatning ko‗p turdagi mahsulotlar, shu jumladan,
strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga
qaramligi, bog‗liqligi;
3)
tashqi qarzlarning o‗sib borishi;
4)
eksport
va
valyuta
nazoratining
yaxshi
yo‗lga
qo‗yilmaganligi, bojxona chegaralarining yopiq
emasligi;
5)
raqobatga
bardoshli
eksportni
qo‗llab-quvvatlovchi
moliyaviy,
tashkiliy
va
axborot
infratuzilmalarning
rivojlanmaganligi hamda import tarkibining ratsional emasligi;
6)
eksport-import
operatsiyalariga
xizmat
ko‗rsatuvchi
transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi (4.4-rasm).
Tashqi tahdid
omillari
Eksport tarkibida xomashyo
mahsulotlarining ustuvorligi
Tashqi qarzlarning o‗sib borishi
An‘anaviy harbiy va
mashinasozlik mahsulotlari
bozorlaridan mahrum bo‗lish
Mamlakatning import
mahsulotlariga qaramligi,
Bojxona chegaralarining yetarli
darajada belgilanmaganligi
Eksport va valyuta nazoratining
yaxshi yo‗lga qo‗yilmaganligi