See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-rasm. Dunyo iqtisodiyotida kuzatilayotgan tendensiyalar



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   224
30 06 2022 . (1)

4.5-rasm. Dunyo iqtisodiyotida kuzatilayotgan tendensiyalar. 
Ayni paytda jahon bozori, xalqaro xo‗jalik munosabatlari va 
institutlari milliy xo‗jalik tizimlarining oddiy davomi, ularning 
yig‗indisi emas, balki ulardan tubdan farq qiluvchi tashkiliy 
tuzilma bo‗lib hisoblanadi. Iqtisodiy globallashuv bir qator 
xususiyatlarga ega:
Birinchidan, keyingi yillarda dunyoda sodir bo‗lgan siyosiy 
o‗zgarishlar natijasida jahon xo‗jaligining universallashuvi, bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan iqtisodiy makonning 
kengayishi.
Ikkinchidan, kapital harakatining erkinlashuvi hamda moliya 
tizimlari va valyuta nazoratini tartibga solishning qiyinlashuvi. 
Ushbu jarayonlarning ta‘siri natijasida xalqaro savdo hajmlari, 
Jahon 
iqtisodiyotidagi 
tendensiyalar 
Moddiy 
manfaatdorlik 
asosida xalqaro 
hamkorlik 
Dunyo 
miqyosida 
bozor ishlab 
chiqarishi 
ko‗lamlarining 
Yalpi tarzda 
jahon xo‗jaligi 
aloqalarining 
rivojlanishi 
Ishlab 
chiqarishning 
baynalmilallashuvi 


116 
mamlakatlar o‗rtasida moliyaviy va sarmoya oqimlari bir necha 
barobar oshib bormoqda. 
Uchinchidan, milliy xo‗jaliklarning iqtisodiy jihatdan 
ochiqligining ortib borishi. Bunday holat dunyoda iste‘mol 
qilinayotgan tovar va xizmatlarning o‗rta hisobda deyarli yarmi 
to‗la yoki qisman iste‘mol qilinayotgan mamlakatlardan 
tashqarida ishlab chiqarilishini ifoda etadi. 
To‗rtinchidan, ishsizlikka va mamlakatlarning ish bilan 
bandlikning barqaror yuqori darajasini ta‘minlash qobiliyatiga 
ta‘siri bilan bog‗liqdir. Hozirgi kunda ilm talab qiladigan va 
yuqori texnologiyali tarmoqlar yuqori malakali, lekin kam 
miqdorda ishchi kuchi talab etadi. Keyingi yillarda mehnat, 
material va energiya talab etadigan tarmoqlarda band bo‗lgan past 
va o‗rtacha malakaga ega bo‗lgan xodimlar soni qisqarib 
bormoqda. Ularning bir qismi xizmat ko‗rsatish sektorlariga 
o‗tmoqda, lekin katta qismi ishsizlar qatoridan joy olmoqda. 
Beshinchidan, iqtisodiy jarayonlarning global muammolar, 
jumladan, resurslarning cheklanganligi, demografik vaziyatning 
va oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvi, rivojlangan 
mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi texnologik hamda 
intellektual salohiyatdagi tafovutning chuqurlashuvi, daromadlar 
bo‗yicha tabaqalashuvning kuchayishi, ekologik muammolarning 
keskinlashuvi bilan bog‗liqligidir. 
Globallashuv tarafdorlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan 
barcha mamlakatlar undan foyda ko‗radi, degan fikrni bildiradilar. 
Biroq real hayotda global munosabatlarning ustunliklaridan 
asosan rivojlangan mamlakatlar manfaat ko‗rmoqda. 
Globallashuv ma‘lum ma‘noda iqtisodiyotning qutblashuvini 
kuchaytiradi. Mashhur venger iqtisodchisi M.Shimaining hisob-
kitoblariga ko‗ra, 1995-yilda jahon YAIMning 80 foizi dunyo 


117 
aholisining 14,5 foizi yashaydigan 24 mamlakat tomonidan, 15 
foizi dunyo aholisining 31,5 foizi to‗g‗ri keladigan 63 mamlakat 
tomonidan o‗zlashtirilgan. Jahon YAIMning bor yo‗g‗i 5 foizi 
dunyo aholisining yarmidan ko‗pi, ya‘ni 55,5 foizi istiqomat 
qiladigan 45 mamlakat tomonidan o‗zlashtirilgan
1
. 2005-yilda 
dunyo bo‗yicha olingan daromadning bor yo‗g‗i 39 foizi dunyo 
aholisining 84 foizi yashaydigan jon boshiga eng past va o‗rtacha 
daromadli mamlakatlar ulushiga to‗g‗ri kelgan. MDH hissasiga 
jahon Yalpi ichki mahsulotning bor-yo‗g‗i 4,1% to‗g‗ri keladi, YI 
mamlakatlarining ulushi esa 24%ni tashkil etadi.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin