See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   224
30 06 2022 . (1)

6.3-§. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash 
yo‗llari 
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – shaxsning ijtimoiy 
himoyalanganligi va ijtimoiy rivojlanishini ta‘minlashga, hayotiy 
manfaatlarining 
kafolatli 
himoyalanganlik 
holati 
sifatida 
tafsiflanadi. Har bir inson uchun shaxsiy iqtisodiy xavfsizlik 
muvaffaqiyatga erishishning hamda jamiyatdagi barqarorlik va 
ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikning muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi. 
Shaxs 
iqtisodiy 
xavfsizligini 
ta‘minlashning asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 

qonuniylik; 

shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari 
mutanosibligiga rioya qilish; 

xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha shaxs, jamiyat va 
davlatning o‗zaro mas‘uliyatli bo‗lishi; 

xalqaro xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyalashuv. 
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi obyektlari shaxsning o‗zi, uning 
iqtisodiy manfaatlari sohasidagi huquq va burchlari hisoblanadi. 
Shaxs iqtisodiy xavfsizligi subyektlarini shaxs, jamiyat va davlat 
tashkil etadi. 
Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikki asosiy turi mavjud bo‗lib, 
ulardan birinchisi shaxsning faolligiga, uning o‗z bilimi, kasb, 


159 
malakasini oshirib borishiga, kamolotga yetish uchun bo‗lgan 
intilishiga asoslanadi. Shaxs iqtisodiy xavfsizligining ikkinchi turi 
esa uning oilasi, jamiyat va davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishiga asoslanadi. 
Inson xavfsizligiga tahdidlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari o‗sishiga nisbatan 
orqada qolishi, siklik o‗zgarishlar, bozor konyunkturasidagi 
tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, hududlar rivojlanishidagi 
nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy yoki inson, kapital 
resurslarining 
yetarli 
emasligi, 
jamiyatda 
urbanizatsiya 
jarayonlarining 
kuchayishi, 
tashqi 
tabiiy 
atrof-muhitning 
zararlanishi yoki yomonlashuvi hamda ma‘lum ijtimoiy harakatlar 
tufayli 
vujudga 
keladi. 
Tahdidlar, shuningdek, turli 
davlatlar hamda ular bilan 
hamkorlik qiluvchi siyosiy 
va 
ijtimoiy 
hamkorlik 
kuchlari o‗rtasidagi nizo, 
ziddiyat, 
qarama-
qarshiliklarning kuchayishi sababli ham vujudga kelishi mumkin. 
Tahdidlar tarkibida shaxsga tajovuz, zo‗ravonlik alohida 
xususiyatga ega. Ijtimoiy jihatdan zo‗ravonlik inson shaxsini 
kamsitish, diskriminatsiya qilish, uning erkinligi va huquqlarini 
cheklash orqali shaxsning hayoti va iqtisodiy faoliyatiga tahdid 
solishda namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy sohada inson shaxsiga 
nisbatan tajovuz reketda, tovlamachilik va firibgarlikda o‗z 
ifodasini topadi. 
Shaxs va oila iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi uning o‗z 
oldiga noto‗g‗ri maqsadlar qo‗yganligi, bilim, kasb-malaka 
darajasining pastligi tufayli kam haq to‗lanadigan ishlarda 


160 
ishlaganligi sababli, raqobat kurashida sinishi, bozori kasod 
bo‗lishi, ishsiz bo‗lib qolganligi, uzoq vaqt ish topa olmasligi yoki 
daromadi kam bo‗la turib bolalari ko‗p bo‗lishi, qariganligi va 
turli kasalliklar hamda shikast olganligi sababli mehnat 
qobiliyatini vaqtinchalik va butunlay yo‗qotganligi, boquvchisidan 
ayrilib qolishi yoki omadsizlik tufayli sodir bo‗ladi. 
Shaxsning xavfsizligini ta‘minlashda davlatning ijtimoiy 
siyosati muhim rol o‗ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni 
amalga oshirish mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligini 
va tadbirkorligini o‗stirish uchun shart-sharoitlar yaratishga 
qaratilishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 
O‗zbekistonda 
davlatning 
ijtimoiy siyosati quyidagilarga 
qaratilgan: 

fuqarolarning 
erkin 
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va 
mehnat, 
kasb-korlik 
turlarini 
hamda sohalarini erkin tanlash 
kabi konstitutsiyaviy huquqlarini 
ta‘minlashga; 

mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, 
aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratishga; 

aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda 
kam ta‘minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlashga; 

ta‘lim, ijtimoiy sug‗urta, sog‗liqni saqlash tizimlarini isloh 
qilish yo‗li bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‗lgan zarur 
kafolatni ta‘minlashga.
Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va 
mulkka egalik darajasi bo‗yicha keskin tabaqalashuvining oldini 


161 
olish hamda aholining to‗lov talablarini keng miqdorda qondirish 
va uning o‗sishini ta‘minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi. 
Shaxsning 
moliyaviy-iqtisodiy 
jihatdan 
xavfsizligini 
ta‘minlash ko‗plab omillarga bog‗liq bo‗lgani holda, ularni 
shaxsning turli tahdid va xavf-xatarlarning shakllanishiga ta‘siri 
nuqtayi nazaridan ham tasniflashimiz mumkin. Umumiqtisodiy 
jarayonlarning yuz berishi bilan bog‗liq holda vujudga keluvchi 
omillar, shu bilan bir qatorda, shaxsning bevosita xatti-harakatlari 
natijasida paydo bo‗luvchi xavf-xatarlar darajasini pasaytirish 
insonlarning bevosita xatti-harakatlariga ko‗p jihatdan bog‗liqdir.
Shaxsning 
moliyaviy-iqtisodiy 
xavfsizligi 
borasidagi 
tahdidlarning birinchi guruhiga quyidagilar mansub: 

inflatsiya; 

pensiya ta‘minoti muammolari; 

iqtisodiyotning dollarlashuvi; 

bank tizimida beqarorliklarning vujudga kelish xavfi; 

aholining haddan tashqari ko‗p kreditlanishi va boshqalar. 
Inflatsiya moddiy ishlab chiqarish sohasiga katta zarar 
keltirgani holda, jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Pensiya ta‘minotidagi muammolar aholining yetarlicha moliyaviy 
ta‘minlanmasligiga va ularning kundalik ehtiyojlarini talab 
darajasida qondira olmasliklariga olib keladi. Iqtisodiyotning 
dollarlashuvi, valyuta va fond bozorining yuqori darajadagi, aholi 
jamg‗armalari qadrsizlanishi xavfini kuchaytiradi. Bank tizimida 
kuzatilayotgan beqarorlashtiruvchi omillar ham omonatchilar 
tomonidan banklarga qo‗yilgan omonatlarning yo‗qotilish xavfini 
vujudga keltiradi. Aholining haddan ziyod kreditlanishi ham, 
istiqbolda qarzdorlarning o‗z qarz majburiyatlarini bajara olmaslik 
xavfini paydo qiladi. Bugungi kunda O‗zbekiston fuqarolarining 
bank kreditlari bo‗yicha qarzdorligi o‗sib bormoqda. Olinayotgan 


162 
har to‗rtta qarzdan biri avvalgi olingan qarzni yopishga 
sarflanayotganligi aniqlangan. Bugungi kunda kambag‗al oilalar 
o‗z mehnatlari orqali ishlab topgan daromadlarining katta qismini 
bank kreditlarini to‗lashga sarflamoqdalar. 
Tahdidlarning ikkinchi guruhiga insonning bevosita o‗zi 
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan omillar kiritilgan: 

moliyaviy savodxonlik darajasining pastligi va shaxsiy 
jamg‗armalarni himoya qilish borasida yetarlicha malaka va 
tajribaning yo‗qligi; 

qarz olishda o‗ylab ish tutmaslik; 

samarasiz investitsiyalar; 

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda shoshma-
shosharlik qilish; 

qonunlarni bilmaslik va hokazolar. 
Moliyaviy savodxonlik va shaxsning investitsiyaviy siyosati 
shaxs hayotining moliyaviy-iqtisodiy asosini tashkil etadi. 
Moliyaviy-iqtisodiy asoslar qanchalik mustahkam bo‗lsa, shaxs 
shuncha o‗z ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olish va o‗zining 
farovon kelajagini ta‘min eta olish imkoniyatiga ega bo‗ladi. 
Bugungi kunda moliyaviy mustaqillik muhim o‗rin tutishini 
inobatga olsak, fuqarolarning moliyaviy savodxonlik darajasini 
oshirish qanchalik muhim ekanligini ilg‗ash qiyin emas. Buning 
uchun shaxsiy moliyaviy xarajatlarni rejalashtirish, ularning 
doimiy hisobini yuritib borish, bank va boshqa moliyaviy 
institutlarning 
xizmatlarini 
o‗rganish, 
investitsiyalarni 
diversifikatsiyalash tamoyilidan amaliyotda foydalanish, iqtisodiy 
axborotlar, tahliliy maqolalar va sharhlar bilan tanishib borish 
talab etiladi.
Shaxsning temir yo‗llardagi xavfsizligi o‗z ichiga ko‗plab 
jihatlarni qamrab oluvchi, shubhasiz keng qamrovli tushuncha 


163 
hisoblanadi. Mazkur holatni sinchkovlik bilan o‗rganish uchun, 
eng avvalo, shaxs o‗z hayotining u yoki bu davrida huquqiy 
nuqtayi nazardan kim va qanday maqomda ishtirok etishiga 
oydinlik kiritib olishimiz lozim. Bunga bog‗liq holda temir 
yo‗llarda shaxsning xavfsizligi yoki uning turli xavf-xatarlardan 
himoyalanganligini ta‘minlashga juda ko‗p omillar ta‘sir 
ko‗rsatadi.
Shunday qilib, shaxs temir yo‗l transporti obyektlarida 
bo‗lgani va uning xizmatlaridan foydalangani holda, u: 

temir yo‗l transporti xodimi; 

yuk qabul qiluvchi; 

yo‗lovchi va yoki boshqalar sifatida ishtirok etishi mumkin. 
Temir yo‗l transporti xodimi sifatida shaxs uchun birinchi 
navbatda uning xavfsizligini ta‘minlash nuqtayi nazaridan 
shaxsning mehnat huquqlarining himoyalanganligi muhim o‗rin 
tutadi. Yuk qabul qiluvchi uchun esa jismoniy shaxs hamda 
yuridik shaxsning vakili sifatida u bilan transport kompaniyasi 
o‗rtasida yuk tashish xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha 
shartnomalarning o‗z vaqtida to‗la-to‗kis bajarilishini ta‘minlash 
alohida ahamiyat kasb etadi. Oddiy yo‗lovchi yoki tasodifan temir 
yo‗l transporti obyektlarida bo‗lib qolgan shaxs uchun birinchi 
navbatda uning hayot xavfsizligi va turli jinoiy unsurlarning 
qurboniga aylanib qolmasligini ta‘minlash muhim hisoblanadi.
Fuqarolik 
qonun 
hujjatlari 
ular 
tomonidan 
tartibga 
solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e‘tirof 
etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, 
xususiy ishlarga biror-bir kishining o‗zboshimchalik bilan 
aralashishiga 
yo‗l 
qo‗yilmasligiga, 
fuqarolik 
huquqlari 
to‗sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, 
ularning sud orqali himoya qilinishini ta‘minlash zarurligiga 


164 
asoslanadi. Fuqarolar (jismoniy 
shaxslar) va yuridik shaxslar o‗z 
fuqarolik 
huquqlariga 
o‗z 
erklariga muvofiq ega bo‗ladilar 
va 
bu 
huquqlarini 
o‗z 
manfaatlarini 
ko‗zlab 
amalga 
oshiradilar. 
Ular 
shartnoma 
asosida o‗z huquq va burchlarini 
belgilashda va qonun hujjatlariga 
zid 
bo‗lmagan 
har 
qanday 
shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar 
va moliyaviy mablag‗lar O‗zbekiston Respublikasining butun 
hududida erkin harakatda bo‗ladi. Xavfsizlikni ta‘minlash, 
insonlarning hayoti va sog‗lig‗ini himoya qilish, tabiatni hamda 
madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‗lsa, tovarlar 
va xizmatlar harakatda bo‗lishini cheklash qonun hujjatlariga 
muvofiq joriy etilishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har 
bir shaxsga o‗z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, 
davlat 
organlarining, 
mansabdor 
shaxslarning, 
jamoat 
birlashmalarining g‗ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat 
qilish huquqi kafolatlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs 
buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan 
qo‗riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda 
belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-
oktabrdagi ―Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 


165 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF–4850-son
1
, 2017-
yil 7-fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF–4947-sonli 
Farmonlarining qabul qilinishi
2
mamlakatimizda sud-huquq 
tizimini 
yanada 
demokratlashtirish 
va 
erkinlashtirishda, 
fuqarolarning odil sudlovga to‗sqinliksiz erishishini ta‘minlashni 
sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tardi. Mazkur farmonlarda 
belgilangan chora-tadbirlar o‗z navbatida ―2017-2021-yillarda 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ hamda ―Xalq bilan 
muloqot va inson manfaatlari yili‖ Davlat dasturida o‗z aksini 
topdi.
Fuqarolik 
qonun 
hujjatlari 
fuqarolik 
muomalasi 
ishtirokchilarining huquqiy holatini hamda u bilan bog‗liq shaxsiy 
nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar, yuridik 
shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‗ladilar. Shaxsiy 
nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‗liq 
bo‗lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo‗lmasa yoki bu munosabatlarning 
mohiyatidan o‗zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Taraqqiyot strategiyasining 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin