151
O‗zbekistonda 1:8 ni, ayrim shaharlar va hududlar bo‗yicha esa
bundan ham ko‗proqni tashkil etadi.
Mamlakatda istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush
darajasi va sifatining pastligi bilan bog‗liq bo‗lgan muammolar
jamiyatda ijtimoiy nizolar va zo‗riqishlarni keltirib chiqaradi.
O‗zbekistonda bozor munosabatlari joriy etilishining dastlabki
davrlarida aholi daromadlari o‗rtasida
tabaqalanishning keskin
kuchayishi asnosida jamiyatda ijtimoiy nizolar xavfining kelib
chiqishi yanada kuchaydi.
Shaxs iqtisodiy xavfsizligiga tashqi tahdidlar mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlarining jamiyat ehtiyojlari
o‗sishiga nisbatan orqada qolishi, siklik o‗zgarishlar, bozor
konyunkturasidagi
tebranishlar, iqtisodiy inqirozlar, ishsizlik va
inflatsiya darajasining boshqarib bo‗lmaydigan darajalarda o‗sishi,
hududlar rivojlanishidagi nomutanosiblikning kuchayishi, tabiiy
yoki inson, kapital resurslarining yetarli emasligi, ijtimoiy sohalar,
shu jumladan, ta‘lim va sog‗liqni saqlash sohalar rivojlanishining
past darajadaligi, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy
vaziyatning
yomonlashuvi, tabiiy muhitning yomonlashuvi, tabiiy ofatlar,
favqulodda vaziyatlar hamda jahon iqtisodiyotidagi inqirozli
vaziyatlar, mamlakat tashqi qarzining haddan tashqari o‗sib
ketishi sababli ham vujudga kelishi mumkin.
Iqtisodiy sohada inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda,
tovlamachilik va firibgarlikda o‗z ifodasini topadi. Shaxsning
xavfsizligiga nisbatan jinoiy mazmunga ega tahdidlar mamlakatda
kriminallashuv,
uyushgan
jinoyatchilik
va
korrupsiyaning
kuchayishi orqali vujudga keladi.
Shaxsning o‗ziga bog‗liq bo‗lgan
tahdidlar ichki tahdidlar
hisoblanadi. Bu turdagi tahdidlarga shaxsning o‗z oldiga noto‗g‗ri
maqsadlar qo‗yganligi; bilim va kasb-malaka darajasining pastligi
152
yoki yo‗qligi; kam haq to‗lanadigan ishlarda ishlashi; raqobat
kurashida sinishi, bozori kasod bo‗lishi; daromadi kam bo‗la turib
bolalari ko‗p bo‗lishi; tug‗ma nogironlik; insonning jismoniy va
aqliy imkoniyatlarining cheklanganligi; qariganligi va kasalliklari
hamda travmalar sababli mehnat qobiliyatini
vaqtinchalik va
butunlay yo‗qotganligi; boquvchisidan ayrilib qolishi; insonning
qat‘iyatsizlik, sabrsizlik, jizzakilik, shoshqaloqlik, chidamsizlik,
dangasalik, passivlik va boshqa
shu kabi shaxsiy xususiyatlari;
insonning yomon xulq va odatlar (axloqsizlik, ichkilikbozlik,
qimorbozlik va nosog‗lom hayot tarzi)ga moyillik; omadsizlik
kiradi. Bugungi kunda mamlakatda 12-15 foiz aholi kambag‗al
hisoblanadi, agar ma‘lumotlarni yanada aniqroq hisob-kitob
qilsak, bu ko‗rsatkich undan ham yuqori bo‗lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: