See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   224
30 06 2022 . (1)

adolatli ijtimoiy siyosat 
yuritish, inson kapitalini rivojlantirish
deb nomlangan to‗rtinchi 
yo‗nalishida 
53-maqsad 
Aholi 
uchun 
majburiy 
ijtimoiy 
kafolatlarni ta‘minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy 
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi ―Sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish 
chora-tadbirlari to'g'risida‖gi PF-4850-son Farmoni. 
2
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ―O'zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida‖gi PF-4947-son Farmoni // 
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda. 


166 
himoyasini kuchaytirish. Aholining muhtoj qismini zamonaviy 
protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan 
ta‘minlash darajasini 60 foizga yetkazishdan iborat etib 
belgilangan. Shuningdek, unda majburiy ijtimoiy kafolatlar 
bo‗yicha qonunchilikni tizimlashtirish va takomillashtirish, 
belgilangan ijtimoiy himoyaning qat‘iy ta‘minlanishini nazorat 
qilish, majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan, ijtimoiy 
himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish 
hisobiga kengaytirish, ushbu jarayoniga ochiqlik va shaffoflik 
tamoyillarini joriy qilish vazifalari belgilangan.
Fuqarolik qonun hujjatlari Fuqarolik kodeksi, fuqarolik 
munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunlar hamda qonun 
osti hujjatlaridan iborat. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat 
organlari ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarda va doirada fuqarolik munosabatlarini 
tartibga soluvchi hujjatlar chiqarishlari mumkin. 
Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga 
kelgan munosabatlar bo‗yicha bu qonun hujjati u amalga 
kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan 
qo‗llaniladi. Fuqarolarning mamlakat fuqarolik qonunchiligiga 
bo‗ysunmasligi shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash 
borasida jiddiy xavf-xatarlarni vujudga keltiradi.
O‗zbekiston fuqarosi xoh havo, xoh temir yo‗l transporti 
yo‗lovchisi 
bo‗lmasin, 
uning 
xavfsizligini 
ta‘minlashda 
kriminalogik, jinoyat qurboni bo‗lib qolmasligini ifoda etuvchi 
viktimologik jihatlarga birinchi navbatda e‘tibor qaratish talab 
etiladi.
Viktimologiya 
kriminalogiyaning 
jinoyat 
qurbonining 
xususiyatlari va xulq-atvorini, uning jinoyat sodir etilgan vaqtda 
va u sodir qilingandan keyin jinoyatchi bilan bo‗lgan 


167 
munosabatlari, o‗zaro aloqalarini o‗rganadigan mustaqil yo‗nalishi 
hisoblanadi. Shu sababdan ham, jinoiy xulqning sabablari 
o‗rganilayotganida uning viktimologik jihatlariga e‘tibor berish 
kerak. Viktimologiya jinoiy xulqni jabrlanuvchining jinoyat 
qurboniga aylanishi uchun shart-sharoit yaratgan xususiyatlarini 
o‗rganish asosida tadqiq etadi. Viktim xulq ehtiyotsizlik, 
tavakkalchilikning natijasi bo‗lib, jabrlanuvchining o‗ziga xavf 
tug‗diradi va kriminogen vaziyatni vujudga keltirishi mumkin, 
ayrim hollarda esa jinoyatning sodir etilishiga imkon yaratadi. 
Olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalari va jinoyatlar 
statistikasi huquqqa xilof qilmishlarning jinoyat qurbonining xulq-
atvori bilan bevosita aloqadorlikda, xususan, ular jabrlanuvchilar 
ahvolininig xususiyatlari (mast holdaligi), sog‗lig‗i darajasi 
(eshitish, ko‗rish qobiliyatining pastligi), ruhiy holati, o‗zining 
shaxsi, sha‘ni, qadr-qimmatining xavfsizligi va mulkining 
saqlanishiga beparvolarcha munosabatda bo‗lish; o‗ziga nisbatan 
sodir etilgan jinoyat haqida huquqni muhofaza qilish organlarini 
xabardor etishni istamasligi; qonunga xilof bo‗lgan bitimlar tuzish 
va h.k. bilan bog‗liqlikda sodir etilishini ko‗rsatadi. Viktimologik 
tadqiqot ikkita asosiy: jinoyat (maxsus) va jinoyatchilik 
(umumiy)ning o‗zaro bog‗liqligini o‗rganish darajasida olib 
boriladi. 
Davlat shaxs xavfsizligini ta‘minlash va baholash uchun 
jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni vujudga keltirishi mumkin bo‗lgan 
tahdidlarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi: 


168 

iqtisodiyotni rivojlantirish 
va 
erkinlashtirish, 
iqtisodiy 
faoliyat va tanlash erkinliklarini 
vujudga keltirish orqali kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojlanishini 
har 
tomonlama 
qo‗llab-quvvatlash 
hamda 
iste‘molchilar 
manfaatlari 
va 
huquqlarini himoya qilish; 

fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy erkinliklari va huquqlarini 
ta‘minlashning samarali mexanizmlarini vujudga keltirish; 

jamiyatda aholining tor doirada nihoyatda boy-badavlat va 
kelajagiga ishonchini yo‗qotgan nihoyatda kambag‗al kishilarga 
ajralishi, ularning daromadlari o‗rtasida farqning kattalashib 
borishiga yo‗l qo‗ymaslik; 

ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‗lgan 
darajada ishsizlik o‗sishining oldini olish, yangi ish o‗rinlarini 
yaratish, mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligini 
o‗stirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; 

kambag‗allik 
va 
qashshoqlik 
muammosini 
keltirib 
chiqarishi mumkin bo‗lgan darajada aholi turmush darajasining 
keskin pasayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, kam ta‘minlangan 
aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish mexanizmini vujudga 
keltirish; 

tashkiliy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish
narkomaniya va boshqa ijtimoiy illatlarning o‗sishi uchun sharoit 
vujudga kelishining oldini olish. 
O‗zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo‗nalishi 
kambag‗allikka 
qarshi 
kurash 
hisoblanadi. 
Koronavirus 
pandemiyasi va global inqiroz sharoitida, 2020-yilning yanvar-


169 
iyun oylarida 2020-yilning yanvar iyun oylarida, ayniqsa, 
COVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta‘sirini 
yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming 
(30 yoshgacha bo‗lganlar 159,9 ming

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin