174
Eng umumiy holda iqtisodiy xavfsizlik deganda korxonaning
mavjud tashqi sharoitlarda va ularning ma‘lum bir chegaralarda
o‗zgarishlarida o‗z maqsadlariga erishish uchun normal holda
faoliyat ko‗rsatishga qodir bo‗lishi bilan tavsivflanadigan holati
tushuniladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta‘rif berilganda
ko‗p hollarda ―tahdid‖ atamasidan foydalaniladi, korxonaning
iqtisodiy xavfsizligi deganda esa uning ilmiy-texnikaviy,
texnologik, ishlab chiqarish va kadrlar salohiyatini aktiv yoki
passiv tahdidlardan himoya qilinganligini tushunish tavsiya
etiladi.
―Tahdid‖ atamasini ham har xil talqin qilish mumkin. Tahdid
– bu voqealarning shunday rivoji, harakat (harakatsizliklar) bo‗lib,
uning natijasida korxonaning normal faoliyat ko‗rsatishining
buzilishi va o‗z maqsadlariga erisha olmasligi, jumladan, istalgan
turdagi zararning keltirilishi ehtimoli oshadi yoki buning uchun
sharoit yaratiladi.
7.1 - jadval
Dostları ilə paylaş: