va ayollar 229,4 ming
)
ishsiz va band bo‗lmagan aholiga xizmatlar ko‗rsatildi. Xususan,
501,1 ming nafari doimiy ish o‗rinlariga ishga joylaytirish va
jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta‘minlandi, 15 ming
nafar ishsizlar kasb-hunarga o‗qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz
shaxslarga Bandlikka ko‗maklashish jamg‗armasidan 10,1
milliard so‗m ishsizlik nafaqasi to‗lab berildi. Shuningdek,
Bandlikka
ko‗maklashish
jamg‗armasidan
ajratiladigan
subsidiyalar
hisobiga
24,8
ming
nafar
fuqaro
shaxsiy
tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‗jaligi, tikuvchilik
va hunarmandchilik kooperativlarida a‘zo sifatida biriktirilib, band
qilingan, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan, 256 ta
ish beruvchiga mehnat organlari yo‗llanmasi bilan ishga olingan
2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy
ko‗mak ajratilgan
1
.
O‗zbekistonda inqiroz davrida yordamga muhtoj aholi
qatlamiga (koronavirus pandemiyasi tufayli ishlay olmayotgan
oilalar, chet eldan qaytgan va xorijga ishlashga qaytib keta
olmagan migrant ishchilar, yolg‗iz yashovchi qariyalar) e‘tibor
qaratish orqali ularni qo‗llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va
moddiy yordamlar ajratilishi oshirishga qaratilgan choralar
ko‗rildi.
Jumladan,
oilalarning
ijtimoiy
nafaqa
olishga
muhtojligini baholash tartib-taomillari soddalashtirildi. 2020-
yilning mart oyida nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10
foizga oshirilishi sababli ularning soni 596 mingtadan 655
1
O‗zbеkistonda yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi//
https://daryo.uz/
.
170
mingtaga oshdi. Keyinchalik, nafaqalar va moddiy yordam
tayinlanishi avtomatik tarzda uzaytirilishi, adresatlardan tegishli
arizalar yangidan berilishi talab etilmasligi belgilanganligi
natijasida, nafaqa oluvchilar soni 719 mingtagacha oshirildi;
2020-yilning may oyida e‘lon qilingan aholini davlat tomonidan
qo‗llab-quvvatlash
bo‗yicha
navbatdagi
choralarga
ko‗ra,
qo‗shimcha 220 mlrd.so‗m
miqdoridagi mablag‗lar ajratilishi
hisobiga nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo‗shimcha
yana 10 foizga oshirildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oliy Majlisga murojaatnomasida ta‘kidlaganlaridek, qisqa
muddatda
Toshkent
shahri va hududlarda
barcha sharoitlarga ega
bo‗lgan qariyb 30 ming
o‗rinli
davolash
maskanlari tashkil etildi.
Ular zarur dori-darmon,
himoya
va
eng
zamonaviy diagnostika
vositalari bilan ta‘minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun
200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar
yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi. Xorijdan 600
mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda
qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga
zarur yordamlar ko‗rsatildi. Pandemiya oqibatlarini yumshatish va
bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so‗mlik
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga
qarshi jamg‗arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish,
aholi va korxonalarni qo‗llab-quvvatlash bilan bog‗liq tadbirlarga
171
byudjetdan 16 trillion so‗mdan ortiq mablag‗ yo‗naltirildi.
Shuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod
tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66
trillion so‗mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va
moliyaviy qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha amaliy yordamlar berildi.
―Saxovat va ko‗mak‖ umumxalq harakati doirasida fidoyi va
olijanob vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod
ehtiyojmand oilalarga 1 trillion so‗mdan ortiq moddiy yordam
ko‗rsatildi
1
.
Endilikda, shaxs iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash nafaqat
davlat boshqaruvi organlari, hukumat, fuqarolik jamiyati
institutlari,
jamoat
va
nodavlat-notijorat
tashkilotlarining
birgalikdagi sa‘y-harakatlarigagina, balki har bir fuqaroning
o‗ziga ham bog‗liqdir. Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga
tahdidlarga munosabatda insonning ruhiy holatini faollik,
bag‗rikenglik (tolerantlik), chidamlilik kabi qobiliyat va sifatlarini
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Muxtasar aytganda, O‗zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasida qayd etilgan inson
hayotini yaxshilashga, uning turmush tarzini yuqori bosqichga
ko‗tarishga qaratilgan, xususan, ish haqi, pensiya va nafaqalar
miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta‘minlash
masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-
joylar bilan ta‘minlash, uy-joy va kommunal xo‗jaligini, ijtimoiy
infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy
himoya
qilish
va
sog‗liqni
saqlash
tizimini
yanada
takomillashtirish tadbirlari ham inson xavfsizligini ta‘minlash
Konsepsiyasida o‗z ifodasini topishi lozim.
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.
2020 yil 29 dekabr.// Xalq so‘zi, 2020 yil 30 dekabr.
|