See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   224
30 06 2022 . (1)

 
4.
 
Siyosiy-huquqiy tarkibiy qism
– korxonaning siyosiy-
huquqiy xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha tadbirlarni ishlab 
chiqish va amalga oshirishni o‗z ichiga oladi.
 
5.
 
Axborotli tarkibiy qism
– axborotlarni to‗plash va tahlil 
qilishni, rivojlanish tamoyillarini hamda korxonaning konfidensial 
(yashirin) ma‘lumotlarni himoya qilishni qamrab oladi.
 
6.
 
Ekologik tarkibiy qism 
– tabiiy va texnogen tavsifdagi 
favqulodda hodisalar oqibatida vujudga keladigan ichki va tashqi 
tahdidlardan korxonani himoya qilish bo‗yicha tadbirlarni ishlab 
chiqishni ko‗zda tutadi.
 
7.
 
Kuch 
borasidagi 
tarkibiy 
qism
quyidagilarni 
ta‘minlashga qaratilgan:
 

ishlovchilarning jismoniy xavfsizligi;
 

korxona mulkining saqlab qolinishi;
 

axborot xavfsizligining kuch borasidagi jihatlari (masalan, 
sanoat shpionajidan himoya qilish).
 
Iqtisodiy xavfsizligi sanab o‗tilgan korxonaning har bir 
tarkibiy qismini ta‘minlash ishlari bo‗yicha tegishli xizmatlari: 
iqtisodiy, moliyaviy, texnik va texnologik, yuridik, ekologik 
xizmatlarning ishlovchilari bajaradilar.


191 
Korxona iqtisodiy xavfsizligining intellektual (kadrlarga oid) 
tarkibiy qismi. Korxona iqtisodiy xavfsizligining intellektual 
tarkibiy qismini ta‘minlash maqsadida xodimlar bilan ishlab 
chiqarish – xo‗jalik faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlarini, 
ularning o‗zaro ta‘sirlashuvi va o‗zaro bir-biriga bog‗liqligini, har 
xil omillarning miqdoriga ta‘sirini o‗rganish bo‗yicha ishlarni 
muntazam ravishda o‗tkazish lozim. Sanoat korxonasining 
iqtisodiyoti qator ko‗rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadiki, ularni 
bilmasdan turib na samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, na 
ularning bajarilishini tashkillashtirish mumkin bo‗ladi. Ushbu 
tizimda korxonaning ishlab chiqarish dasturini tavsiflovchi 
ko‗rsatkichlar muhim o‗rin tutadi. U bir oy, kvartal, yarim yil, 
to‗qqiz oy, bir yildagi mahsulot ishlab chiqarish rejasidan iborat 
bo‗ladi. 
Ishlab 
chiqarish 
dasturini 
tavsiflovchi 
asosiy 
ko‗rsatkichlarga quydagilar kiradi: tovar mahsulot; sotilgan 
mahsulot; mahsulotni sotishdan tushgan tushum. 
Korxona iqtisodiy xavfsizligining moliyaviy tarkibiy qismi. 
Korxona ishlab chiqarish – xo‗jalik faoliyatining moliyaviy 
natijalarini foydaga tegishli ko‗rsatkichlar tavsiflaydi. Soliq 
kodeksiga binoan soliqqa tortilgunga qadar bo‗lgan foyda miqdori 
– barcha turdagi faoliyatlardan olingan daromad bilan ishlab 
chiqarish xarajatlari o‗rtasidagi farq sifatida aniqlanadi, ya‘ni 
 
Korxona iqtisodiy xavfsizligining kuchga oid tarkibiy 
qismini ta‘minlash uchun qoida bo‗yicha maxsus bo‗linma, ya‘ni 
xavfsizlik xizmati tashkil etiladi, u o‗z ishini korxonadagi barcha 
boshqa bo‗linmalar bilan o‗zaro uzviy ta‘sirlashuvda amalga 
oshiradi. Bu kuchga oid tarkibiy qismning ayrim jihatlari korxona 
iqtisodiy xavfsizligining boshqa tarkibiy qismlarida ham ishtirok 
etishi bilan bog‗liqdir. 


192 
barcha faoliyat turidan keladigan moliyaviy natija sifatida 
shakllanadi. 
Korxonani iqtisodiy xavfsizligining moliyaviy tarkibiy 
qismini ta‘minlash uchun har bir hisobot davri tugagandan so‗ng 
(har chorakda o‗sib boruvchi yakun bilan) korxonaning moliyaviy 
natijalari, moliyaviy holati va ishchanligini tahlil qilishi lozim. 
Korxona ishining moliyaviy natijalari tahlili quydagilarni o‗z 
ichiga oladi: 

soliqqa tortiladigan foydaning dinamikasini umumiy 
baholash;

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin