193
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining axborotli tarkibiy
qismi.
Ular
korxonaning
har
xil
xizmatlari
tomonidan
shakllantiriladi. Mazkur ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida
operativ (tezkor) va istiqbolli tavsifdagi boshqaruv qarorlari qabul
qilinadi. Korxonani uning axborot muhitidan tashqarida tasavvur
qilib bo‗lmaydi va korxona iqtisodiy xavfsizligining axborotli
tarkibiy qismini ta‘minlash zaruratini oldindan belgilab beradi.
Korxonalarning axborot xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha
ishlar bir martalik yoki biror vaqt
davom etadigan tavsifga ega
bo‗lmaydi. U uzluksiz tartibda bajarilishi lozim.
Axborot – bu biror narsa to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bo‗lib,
to‗plash, saqlash va ishlov berish obyekti hioblanadi. Sanoat
korxonasi borasida bu – ishlab chiqarish – xo‗jalik faoliyati
(IXF)ning barcha tomonlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlardir.
.
Korxonaning axborot xavfsizligini ta‘minlash tizimi ikki
vazifani, ya‘ni axborot xavfsizligini va axborotni himoya qilishni
ta‘minlashi lozim. Axborot xavfsizligi –
bu axborot muhitining
himoyalanganlik holatidir. Axborotni himoya qilish – bu o‗sha
holatga erishishga qaratilgan faoliyat, ya‘ni jarayon hisoblanadi,
masalan, axborotlarni korxonadan chetga chiqib ketishining oldini
oladigan ishlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
194
Shunday qilib, korxonalarning axborot xavfsizligi
–
bu
korxonalarning me‘yorida faoliyat ko‗rsatishi
va bir tekis
rivojlanishini ta‘minlovchi axborot muhitining himoyalanganlik
holatiga erishish bo‗yicha amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan
kuch va vositalardan foydalangan holda ularning barcha
bo‗linmalari va shaxslarning maqsadga yo‗naltirilgan faoliyatidir.
Korxonalarning axborot xavfsizligini tashkil etishda
va
uning
faoliyat ko‗rsatish jarayonida qo‗llab turuvchi
infratuzilmaning,
ya‘ni korxonaning hayot kechirishini
ta‘minlovchi tizimlar (elektr,
issiqlik, suv bilan ta‘minlash)ning hamda xizmat ko‗rsatuvchi
xodimlarning normal ishlashini
ta‘minlanishi kerak.
Korxonalarning
axborot
xavfsizligi
tizimini
tashkil
etishda yashirin axborot bilan
ishlashni
tashkillashtirish
markaziy
o‗rin
tutadi.
Konfidensal
axborot
– bu
foydalanuvchilarning
ularga
kirish huquqida cheklovlar bor bo‗lgan axborotdir,
chunki ularda
davlat, xizmat yoki tijorat siri mavjud bo‗ladi.
Davlat siriga rioya qilish bo‗yicha munosabatda O‗zbekiston
Respublikasining ―Davlat siri to‗g‗risida‖ qonuni bilan tartibga
solinadi. Xizmat va tijorat siri O‗zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi va ―Tijorat siri to‗g‗risida‖gi qonun bilan
tartibga solish predmeti hisoblanadi.
Mazkur qonunga muvofiq holda tijorat siri –
bu egasiga
mavjud bo‗lgan yoki yuz berishi mumkin bo‗lgan
holatlarda
daromadlarni ko‗paytirish o‗zini oqlamaydigan xarajatlarga yo‗l
qo‗ymaslik, tovarlar, ishlar, xizmatlar bozorida mavqYIni saqlab
195
qolish yoki boshqa tijorat
manfaatiga
ega
bo‗lish
imkonini
beradigan
konfidensial axborotdir.
Tijorat sirini tashkil
etuvchi
axborot
Dostları ilə paylaş: