See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-jadval  Demografik xavfsizlik ko‗rsatkich mezonlari



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   224
30 06 2022 . (1)

8.2-jadval 
Demografik xavfsizlik ko‗rsatkich mezonlari 
Ko‗rsatkichlar 
Chegaraviy-kritik 
qiymat 
Depopulatsiya darajasi,% 

Aholining qarilik koeffitsiyenti,% 
15 
Reproduktiv 
yoshdagi 
aholining 
jinsiy 
tarkibining nomutanosiblik darajasi,% 

Oilalik nisbati,% 
51 
Titulli millat vakillarining ulushi,% 

Tug‗ilishning jamlanma koeffitsiyenti,% 
22 
Reproduktiv 
yoshdagi 
abortlarning 
intensivligi,% 
Iqtisodiy taraqqiy 
etgan mamlakatlar 
darajasi 
Aholi o‗limining umumiy koeffitsiyenti,% 
Bolalar o‗limi koeffitsiyenti,% 
Tug‗ilgandan buyon kutiluvchi o‗rtacha umr 
ko‗rish davomiyligi (ayollar va erkaklar uchun 
alohida), yil 
Aholining migratsion o‗sish koeffitsiyenti,% 

Norasmiy migratsiya darajasi,% 

Aholi 
ko‗payishining 
netto-koeffitsiyenti, 
kishi

2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‗ra respublika doimiy 
aholisi soni 34 558,9 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 653,7 
ming kishiga yoki 1,9 % ga o‗sdi. Shu bilan birga, shahar aholisi 
soni 17 487,5 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), 


213 
qishloq aholisi soni 17 071,4 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi. 
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida 841,8 ming nafar bola 
tug‗ilganligi (tirik tug‗ilganlar) qayd etilgan bo‗lib, 2019-yilning 
mos davriga (815,0 ming nafar) nisbatan 24,6 ming nafarga 
ko‗paygan. Tug‗ilish koeffitsiyenti 24,3 promilleni tashkil etgan.
2020-yil yanvar-dekabr oylarida o‗lganlar soni 175,6 ming 
kishini tashkil etib, 2019-yil yanvar-dekabr oylariga (154,6 ming 
kishi) nisbatan 21,0 ming kishiga ko‗paygan. O‗lim koeffitsiyenti 
5,1 promilleni tashkil etgan. Ro‗yxatga olingan jami vafot 
etganlarning 60,0 % i qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 8,0 % i 
o‗simtalardan, 7,2 % i nafas olish a‘zolari kasalliklaridan, 4,4 % i 
ovqat hazm qilish a‘zolari kasalliklaridan, 4,4% i baxtsiz hodisa, 
zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,4 % i yuqumli va parazitar 
kasalliklardan hamda 11,6 % i boshqa kasalliklardan vafot etgan. 
2020-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari 
tomonidan 296,8 ming nikoh qayd etilib, mos ravishda 1000 
aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,7 promilleni tashkil 
etdi. 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari 
tomonidan 28,2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‗lib, 
1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 0,8 
promilleni tashkil etdi. Jami qayd etilgan nikohdan ajralishlarning 
50,1 % i farzandlarsiz, 29,3 % i bitta farzand bilan va 20,6 % i 
ikki va undan ortiq farzandlar bilan ajrashganlarga to‗g‗ri kelgan. 
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‗ra, 2020-yilning yanvar-dekabr 
oylarida respublika bo‗yicha ko‗chib kelganlar soni 191,2 ming 
kishini, ko‗chib ketganlar soni esa 203,7 ming kishini tashkil etdi. 
Migratsiya saldosi minus 12,5 ming kishini tashkil etdi. 2019-
yilning mos davrida migratsiya saldosi minus 10,6 ming kishini 
tashkil etgan. O‗zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan 
ko‗chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‗iston Respublikasi 


214 
(jami xorijdan ko‗chib kelganlarga nisbatan 37,0 %), Rossiya 
Federatsiyasi (22,3 %), Tojikiston Respublikasi (20,0 %), 
Qirg‗iziston Respublikasi (8,5 %), Turkmaniston (1,3 %) va 
boshqa mamlakatlar (10,9 %) hissalariga to‗g‗ri keladi. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga 
ko‗chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‗iston Respublikasi 
(jami xorijga ko‗chib ketganlarga nisbatan 64,3 %), Rossiya 
Federatsiyasi (29,3 %), Isroil (1,2 %), Qirg‗iziston Respublikasi 
(0,9 %), Tojikiston Respublikasi (0,6 %), va boshqa mamlakatlar 
(3,7 %) hissasiga to‗g‗ri keldi. 
Demografik xavfsizlikni tadqiq qilishda ikkita yondashuvdan 
foydalaniladi: 
1) tanlangan ko‗rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilish, 
shuningdek, ularni tanlangan standartlar bilan taqqoslash. 
2) mutaxassislar tomonidan tanlangan ko‗rsatkichlar tizimi 
asosida hisoblangan koeffitsiyentlar tizimidan foydalangan holda 
demografik xavfsizlikning integral indeksini hisoblash. 
Ko‗p qirrali statistik tadqiqot usullarini qo‗llash orqali 
integral indeksni hisoblash mumkin. Uning afzalligi shundaki, 
integral 
indeksga 
ta‘sir 
ko‗rsatuvchi 
tanlab 
olingan 
ko‗rsatkichlarning ta‘sirini tavsiflovchi ulushli koeffitsiyentlar 
hisob-kitoblar orqali aniqlanadi, bu esa ko‗rsatkichlarning 
indeksga ta‘sir qilish darajasini baholashda mutaxassis tomonidan 
xatoga yo‗l qo‗yish ehtimolini kamaytiradi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin