9.2-§. Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar
Iqtisodiy lug‗atda, «moliyaviy xavfsizlik» tushunchasi
mamlakat, hudud moliya tizimlarining, moliyaviy inqiroz, defolt,
240
moliyaviy oqimlar harakatining buzilishi, iqtisodiy faoliyatning
asosiy ishtirokchilarini moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashdagi
uzilishlar, pul muomalasi barqarorligini buzilishining yuzaga
kelishini oldini olish imkonini beradigan barqaror, ishonchli
faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlarni yaratish sifatida talqin
etilgan.
Moliyaviy
xavfsizlik
o‗z ichiga, makrodarajada
mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan
hamda
mikrodarajada
xo‗jalik
yurituvchi
subyektlarning moliyaviy faoliyatini amalga oshirish bo‗yicha
chora-tadbirlar, usul va mablag‗lar to‗plamini oladi.
Makrodarajada
moliyaviy
xavfsizlikni,
tinchlik
va
favqulodda vaziyatlar sharoitida davlatning ichki va tashqi salbiy
moliyaviy ta‘sirlar hamda davlatning
iqtisodiy
va
harbiy
xavfsizlik
darajasini yetarli miqdorda qo‗llab-
quvvatlash
uchun
mamlakatning
iqtisodiy talablarini zamonaviy va
mukammal
moliyaviy
ta‘minlash
qobiliyati sifatida ko‗rish mumkin.
Moliyaviy xavfsizlik, mamlakat va uning alohida olingan
fuqarolarini milliy g‗oya va milliy manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan davlatning mustaqil moliyaviy siyosatini olib borish
uchun asos bo‗lib hisoblanadi. Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash
– davlatning moliya sohasi barqarorligiga tahdid soluvchi
tavakkalchiliklarni, milliy qadriyat va manfaatlarni himoya
qilishni ko‗zda tutgan holda, boshqarish faoliyatidir. Zamonaviy
sharoitda, moliyaviy xavfsizlik muammosini tahlil qilishda,
moliyaviy sohada milliy manfaatlar tushunchasi quyidagilarni o‗z
ichiga oladi:
241
mamlakatning moliya-kredit tizimini muvaffaqiyatli olib
borishda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
davlat moliya nazoratining samarali tizimini yaratish;
davlat xarajatlari va byudjet resurslarini mutanosibligini
ta‘minlash;
maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirishni
optimallashtirish;
ilmiy
va
yuqori
texnologik
sohalarni
maqsadli
investitsiyalash;
bozorda erkin raqobatni ta‘minlash uchun yetarli sharoit
yaratish;
milliy iqtisodiyotga jahon inqirozlari ta‘siri darajasini
pasaytirish;
inflatsiya darajasini pasaytirish va milliy valyutaning
barqarorligini ta‘minlash;
kapitalni chetga noqonuniy olib chiqishiga qarshi choralar
ko‗rish;
iqtisodiyotning
real
sektoriga
uzoq
muddatli
investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar.
Moliyaviy xavfsizlik strategiyasi – bu davlat va moliya
tashkilotlarining, iqtisodiy hamda bank-moliya tuzilmalarining
O‗zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligi va birligi, moliyaviy
barqarorlikni ta‘minlash hamda iqtisodiy o‗sishga qaratilgan
siyosiy va iqtisodiy faoliyat yo‗nalishi bo‗lib hisoblanadi.
Moliyaviy
xavfsizlik
strategiyasining
asosiy
jihatlari
quyidagilardan iborat:
qisqa va uzoq bozor davrlarida ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
aniq
sharoitlarida
moliyaviy
xavfsizlik
strategiyasining maqsadlari va vazifalarini belgilash;
tanlangan strategiyaning vosita va instrumentlari;
242
iqtisodiy o‗sishni qayta tiklashning moliyaviy shart-
sharoitlari hamda resurslarini shakllantirishning yo‗llari va
yo‗nalishlari;
moliyaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi vositalar va uning
yo‗nalishlari.
Moliyaviy xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha tadbirlar:
davlat
qarzi
va
byudjet
taqchilligining
xavfsizlik
chegaralarini aniqlash;
pul-valyuta tavakkalchiliklarini sug‗urtalash;
moliyaviy oqimlarning samaradorligi;
O‗zbekiston
Respublikasi
moliya
tizimining
xavfsizligini
mustahkamlashga
qaratilgan qonunlarni qabul
qilish;
iqtisodiy
subyektlarning moliyaviy
operatsiyalari
ustidan
nazorat o‗rnatish.
Moliyaviy xavfsizlik strategiyasining asosiy maqsadi -
moliyaviy resurslar va oqimlar harakatini tor bo‗g‗inlardan real
sektorni to‗la qoplaydigan keng tizimga o‗tkazish.
Respublika va mintaqa miqyosida moliyaviy xavfsizlikni
ta‘minlash
mexanizmini
shakllantirish
bo‗yicha
joriy
strategiyasining asosiy vazifasi quyidagi maqsadlarga erishishga
yo‗naltirilgan:
real sektorning moliya sohasini ichki xo‗jalik zaxiralari
hisobiga jonlantirish;
243
moliya tizimining barcha bo‗g‗inlari: byudjet, soliq-kredit
tizimini, fond bozorlari, sug‗urta tizimi, valyuta va boshqa
tuzilmalarning mutanosib faoliyatini ta‘minlash;
ishlab chiqarishning investitsion salohiyatini shakllantirish
va uni maqsadli ishlatilish va investitsion jarayonlarni jonlantirish;
yangi texnik asosda kapitalni jamg‗arish va qoplash;
kapitalni tarmoqlararo va tarmoq ichidagi raqobat
mexanizmini shakllantirish;
spekulyativ bank va savdo kapitalining sanoat kapitaliga
nisbatan ustuvorliklarni bartaraf etish;
iqtisodiyot bo‗yicha asosiy korxonalar o‗rtasidagi og‗ir
moliyaviy qiyinchiliklarning asosiy omili bo‗lgan qarzdorlik
inqirozini hal etish.
O‗z mohiyatiga ko‗ra moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar ichki
va
tashqiga
bo‗linadi.
Moliyaviy
tahdidlarning
mavjud
bo‗lishining asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatining samarasizligi;
davlatning moliyaviy tizimida resurslarni boshqarishda
iqtisodiy jinoyatchilik, moliyaviy resurslarni talon-toroj qilishlar
va h.k. mavjudligi;
Tashqi moliyaviy tahdidlarning mavjud bo‗lishining asosiy
ichki omillarga quyidagilar kiradi:
jahon
moliyaviy
bozorlarining
globallashuvi
va
integratsiyalashuvi hamda transmilliy iqtisodiy aloqalarning
shakllanishi;
kapitalning
asosiy
qismini
mobilligi
va
ularning
markazlashganligi;
jahon
iqtisodiyotida
transmilliy
kompaniyalarning
hukmronligi va ta‘sirining kuchayishi;
244
zamonaviy axborot texnologiyalar asosida moliyaviy
resurslar harakatini nazorat qilish imkoniyati;
jahonda davlatlar o‗rtasida moliyaviy sohada raqobatning
kuchayishi.
Pul muomalasi tovarlar va xizmatlar aylanmasiga vositachi
sifatidagi pul harakatini ifodalaydi. Pul aylanmasi tovarlarni sotish
hamda tovarlar harakatiga xizmat qiladi. Pul tizimining eng
muhim komponentlari quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
milliy pul birliklari bo‗lib, ularda tovar va xizmatlarning
narxlari ifodalanadi;
kredit va qog‗oz pullar, monetalar qonuniy to‗lov vositalari
hisoblanadi;
pul emissiyasi tizimi, ya‘ni
pulni muomalaga chiqarishning
qonuniy o‗rnatilgan tartibi;
pul muomalasini tartibga
soluvchi
davlat
boshqaruv
organlari.
Pul
muomalasidagi
qonunbuzarlik, jinoiy, o‗g‗rilik holatlarining vujudga kelishiga
quyidagilar qulay sharoit yaratadi:
inflatsion jarayonlarning kuchayishi;
daromadlarni deklaratsiya qilish tiziminining yetarli
rivojlanmaganligi;
xorijiy valyutalar muomalasining tartibga solinmaganligi;
bank
va
moliyaviy
muassasalar
tomonidan
pul
mablag‗larini huquqiy himoya qilishning bo‗shlig‗i;
hisob-kassa operatsiyalarining takomillashmagani hamda
pul to‗lovlari muddatlarining atayin cho‗zib yuborilishi holatlari.
O‗tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda nodavlat
245
bank tizimi va fond birjalari, investitsion fondlarning rivojlanishi
hamda davlat nazoratining yetarli darajada emasligi turli
kriminogen omillarni vujudga keltiradi:
davlatning pul-kredit siyosatidagi ziddiyatlar, moliyaviy
munosabatlarni tartibga solishdagi uzilish va kamchiliklar;
pul-kredit tuzilmalarini tashkil etish va ularni tugatishga
bo‗lgan talablar hamda xo‗jalik subyektlari bilan o‗zaro
munosabatlari
tartib-qoidalarining
yetarli
darajada
takomillashmaganligi;
dastlabki bank kapitali manbaining qonuniyligini huquqiy
jihatdan nazorat qilishning mavjud emasligi;
jinoiy yo‗llar bilan topilgan mablag‗larni legallashtirishga
to‗sqinlik qiluvchi mexanizmning mavjud emasligi;
banklar
o‗rtasidagi
o‗zaro
hisob-kitoblarning
takomillashmaganligi. Tovlamachilik, jinoiy harakatlarga sabab
bo‗luvchi tashkiliy-xo‗jalik omillari va shart-sharoitlari ham
mavjud bo‗lib, ularning ba‘zilari quyidagilarda o‗z ifodasini
topgan:
to‗lov hujjatlaridan foydalanadigan banklarni saqlash
ustidan nazoratning yo‗qligi;
banklarning soxta muhr, shtamp va hujjat nusxalarini
kompyuter yordamida tayyorlash imkoniyatlarining mavjudligi;
bankning mansabdor shaxslari tomonidan naqd pul berishni
cheklovchi
qoidalarning
buzilishi,
avizolarni
oldindan
tekshirmasdan tushgan mablag‗larning imtiyozli konvertatsiya
qilinishi;
tijorat banklarining ayrim rahbarlari tomonidan noqonuniy
operatsiyalarni yashirish, keyinchalik tushgan pul mablag‗larini
huquqiy shaxs maqomidagi mijozlarning hisob raqamlariga
ko‗chirish hollari;
246
tijorat banklarining ayrim rahbarlari o‗z hisoblariga to‗lov
hujjatlarining haqiqiy yoki soxtaligidan qat‘i nazar katta miqdorda
pul mablag‗larining kelib tushishidan manfaatdor bo‗ladilar.
Chunki pul ko‗chirganlik yoki uzatilganligi uchun ular katta
miqdorda komission haq oladilar. Jinoiy xatti-harakatlarning
oldini olish, ularga qarshi kurashish uchun maxsus xavfsizlik
xizmatlarini tashkil etish hamda xavfsizlikni ta‘minlashga katta
e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |