Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Moliyaviy muassasalarning iqtisodiy manfaatlari va
ularning namoyon bo‗lish shakllari nimalardan iborat?
2.
Moliyaviy obligatsiya nima?
3.
Moliyaviy muassasalar manfaatlariga qanday iqtisodiy
tahdidlar xavf soladi?
4.
Mijozlar tomonidan moliyaviy muassasalarga qanchalik
ishonch bildirishini aniqlashga imkon beruvchi mezonlar qaysi?
5.
Moliyaviy oqimlar nima?
254
6.
Kapitalning qochishi sabablari nimalarda ifodalanadi?
7.
Kapital qochishining oldini olish va iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlash uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
8.
Moliya, pul muomalasi va kredit sohasidagi tovlamachilik
nimalarda namoyon bo‗ladi?
9.
Pul muomalasi sohasida xavfsizlikni qanday ta‘minlash
lozim?
10.
O‗zbekistonda milliy valyuta-so‗mning qadrini oshirish
va pul muomalasini mustahkamlash uchun nimalar qilish zarur?
11.
Valyuta siyosatining mazmuni va maqsadlarini aytib
bering.
12.
Banklarning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash uchun
qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi?
255
X BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANISH
YO‗LIGA O‗TISHDAGI XAVFSIZLIK SHARTLARI
10.1-§. Ilmiy-texnik xavfsizlikning mohiyati va uning asosiy
jihatlari
O‗zbekiston iqtisodiyotida ilmiy-texnik taraqqiyotda sezilarli
darajada o‗zgarishlarga erishmay turib, intensiv rivojlanish yo‗liga
o‗tib bo‗lmaydi. Uning mazmuni, fundamental va amaliy ilmiy
tadqiqot natijalarini, ya‘ni yangi texnika va mahsulotlar
namunalarini yaratib ularni ishlab chiqarish darajalariga olib kelib
foyda olish maqsadida tijoratlashtirish tushuniladi.
Ilmiy-texnik soha iqtisodiyot bilan fan o‗rtasida bog‗lovchi
bo‗g‗in bo‗lib, ilmiy tadqiqot ishlarini rag‗batlantiruvchi ta‘sir
ko‗rsatadi. Bu o‗z navbatida, iqtisodiyotni barqaror rivojlanishiga,
ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini
o‗sishiga olib keladi.
Ilmiy-texnik faoliyat fan, texnika va ishlab chiqarishni
yagona tizim sifatida amal qilishini ta‘minlaydi va yangi
bilimlarni texnologik, iqtisodiy, muhandislik, ijtimoiy sohalardagi
turli vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‗lib
hisoblanadi.
Bugungi kunda O‗zbekistonda ilmiy-texnik taraqqiyot
yutuqlari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashga
xizmat qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan fan, ilmiy-texnik va
iqtisodiy sohalarning ichki tizim aloqalariga tayangan, xavfsizlik
turlaridan biri bo‗lgan ―Ilmiy-texnik xavfsizlik‖ tushunchasi
ajralib chiqmoqda. Butun bir fanning ichki aloqalar tizimiga,
ilmiy-texnik sohaga va xususan, iqtisodiy sohada davlatning
ilmiy-texnik rivojlanish siyosatini amalga oshirish orqali va shu
bilan birga, uni ta‘minlovchi muhim komponentlar ( huquqiy
256
tizim, mutaxassislarini tayyorlash, tashqi aloqalar va boshqalar)
asosida yakuniy natijada milliy manfaatlarni ta‘minlab, jahon
miqyosida
milliy
iqtisodiyot
samaradorligini
va
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
O‗zbekiston
Respublikasining
raqobatbardoshlik
imkoniyatlari, afzalliklari va uning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotiga
to‗sqinlik qiluvchi muammolarni ko‗rib chiqamiz:
a) qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanishga yo‗naltirilgan
va yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo‗lgan yetakchi
mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida
xomashyo resurslaridan ekstensiv foydalanish hisobiga mamlakat
YAIM o‗sish imkoniyatlarining pasayishi;
b) fuqarolarning hayoti va
sog‗lig‗iga, tabiiy resurslarning
takror ishlab chiqarilishiga xavf
tug‗diruvchi ko‗lamlarda inson va
jamiyatning
atrof-muhitga
ta‘sirining kuchayishi;
d) mamlakatda oziq-ovqat
xavfsizligini
ta‘minlash,
mahalliy
qishloq
xo‗jaligi
mahsulotlarining
raqobatbardoshligini
oshirish,
agrosanoat
majmuida texnologik xatarlarni kamaytirish zarurati;
e)
energetika
sohasida
―yashil texnologiyalar‖ dan
foydalanish, iqtisodiyotning energiya bilan qurollanganlik
darajasini, energiya ishlab chiqarish, uni uzatish va saqlash
hajmlarini o‗sib borishi;
f) global beqarorlik va millatlararo nizolarning kuchayishi,
xalqaro raqobatning shiddatli tus olishi sharoitida milliy
xavfsizlikka yangi tashqi tahdidlarning paydo bo‗lishi;
257
g)
mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishidagi
nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun ishlab chiqaruvchi
kuchlarni
joylashtirish
asosida
hududiy
rejalashtirish
samaradorligini oshirish.
O‗zbekiston
iqtisodiyotini
ilmiy-texnik
xavfsizligini
ta‘minlash borasida davlat siyosatining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat bo‗lishi kerak:
1) ilmiy-texnik salohiyatni oshirish uni oqilona joylashtirish
va undan samarali foydalanish;
2) mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, eng muhim
ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda fan va texnikaning
qo‗shadigan hissasini oshirish;
3)
ilmiy-texnikaviy
yutuqlarni hisobga olgan holda
mahsulotlarning
raqobatbardoshligini
oshirishga
yo‗naltirilgan
moddiy
ishlab
chiqarish
sohasida
tarkibiy
o‗zgarishlarni amalga oshirish;
4)
ekologik
vaziyatni
yaxshilash va davlatning axborot resurslarini himoya qilish;
5) mamlakat mudofaa salohiyatini yaxshilash va shaxs,
jamiyat hamda davlat xavfsizligini mustahkamlash;
6) fan va ta‘lim integratsiyasini ta‘minlash.
Belgilangan
maqsadlarga
erishish
mamlakatning
raqobatbardoshligini oshiradi, ya‘ni mamlakatning ilmiy-texnik,
ijtimoiy, madaniy sohalarda boshqa davlatlarga nisbatan aniq
ustunliklarga ega bo‗lishini ta‘min etadi.
Fan va ta‘lim yutuqlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi manfaatlari yo‗lida keng foydalanish uchun markaziy
258
davlat va mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, shuningdek, ilm-
fan
va
tadbirkorlik
hamjamiyatlarining
sa‘y-harakatlarini
birlashtirish muhim shartdir. Mamlakatni ilmiy-texnik jihatdan
rivojlantirish ikkita muqobil ssenariy bo‗yicha amalga oshirilishi
mumkin:
1) texnologiyalar importi va qisman jahon ilm-faniga
integratsiyalashgan
ilmiy
tadqiqotlar
va
ishlanmalarning
rivojlanishi;
2) ilmiy va texnik (texnologik) rivojlanishda an‘anaviy
sohalarida va yangi texnologiyalar bozorlarida yetakchi o‗rinlarga
erishish va integratsiyalashgan yaxlit milliy innovatsion tizimni
yaratish.
Birinchi ssenariyning afzalligi –
tadqiqot va rivojlantirish uchun davlat
va
korporativ
xarajatlarning
kamayishidan iborat bo‗lsada, ammo
bu
uzoq
muddatli
istiqbolda
mamlakatning texnologik mustaqilligi
va raqobatbardoshligining yo‗qolishiga
olib keladi. Ikkinchi ssenariy ko‗p xarajat talab qilsada, ammo
ilmiy va texnik xavfsizlik sohasida yuzaga kelgan salbiy holatlarni
yengib o‗tishga, davlat va biznesning innovatsion mahsulotlarni
ishlab chiqish va joriy etish borasidagi sa‘y-harakatlarini
birlashtirish asnosida innovatsion mahsulotlarning YAIMdagi
ulushining o‗sishiga va mazkur ko‗rsatkichni dunyoning yetakchi
mamlakatlari darajasiga yaqinlashishiga olib keladi.
O‗zbekistonning
barqaror
rivojlanishi,
mamlakat
iqtisodiyotidagi tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlash va yalpi ichki
mahsulotning yuqori o‗sish sur‘atlariga ega davlatlar qatoriga
qo‗shish, faqat ikkinchi ssenariy bo‗yicha bo‗lishi mumkin.
259
Shunday qilib, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar tobora
ko‗proq raqobatbardosh bozor faoliyatiga jalb qilinmoqda.
Fundamental tadqiqotlar va uning yakuniy natijasi - ilmiy va
texnik mahsulotlar iqtisodiyotning globallashuvi va bilimlar
jamiyatining shakllanishi sharoitida davlatning geosiyosiy
manfaatlarini amalga oshirishning eng muhim omiliga aylanadi.
Hozirgi zamon sharoitida raqobatbardoshlikning yuksak
darajasini ta‘minlaydigan innovatsion faoliyat iqtisodiy tizimni
jadal barqaror rivojlantirishning asosi bo‗ladi. Innovatsion
tizim xo‗jalik amaliyotida ilmiy tadqiqot va innovatsiya
faoliyati
natijalarini
olish,
o‗tkazish
va
ulardan
foydalanishning
samarali
mexanizmlaridan
foydalanish
hisobiga mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish intensivligini
oshirish imkonini beradi.
O‗z navbatida,
quyidagilar O‗zbekistonda innovatsion
salohiyat va innovatsion faoliyatni rivojlanishni to‗xtatib
turuvchi asosiy muammolar hisoblanadi:
1. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining
hozirgi moliyalashtirilishi ilmiy-texnik ishlanmalarning zarur
katta
o‗sishini
ta‘minlamaydi.
Mamlakatdagi
ilm-fan
moliyalashtirish hajmlari bilan cheklangan. Respublikada
ilmiy
tadqiqot
va
tajriba-konstruktorlik
ishlarini
moliyalashtirish 2017-yilda 70,7 mln. AQSH dollarini tashkil
etdi (Shvetsiyada –16,2 mlrd. AQSH dollari, Rossiyada – 39,9
mlrd. AQSH dollari, AQSHda – 599 mlrd. AQSH dollari).
Tahlil ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari
uchun xarajatlar ulushi o‗sishida uning YaIM hajmidagi ulushi
0,2% bilan o‗zgarmay qolganligini ko‗rsatmoqda. Bu qiymatni
yetarli
deb
bo‗lmaydi,
chunki
u
jahonning
ko‗plab
mamlakatlari ko‗rsatkichidan ancha past (jahon bo‗yicha
260
o‗rtacha
2-3%).
Bunda
YuNESKO
rivojlanayotgan
mamlakatlarga ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari
uchun xarajatlarni YaIMga nisbatan 1 foizga yetkazishga
tavsiya qiladi.
2. Davlat sektori ulushi kattaligi va ilmiy tadqiqotlarni
moliyalashtirish umumiy hajmida ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari uchun xarajatlar tuzilmasida tadbirkorlik
sektori ko‗rsatkichi yetarlicha baland emasligi qayd etilmoqda.
Bunda davlatning ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‗quv
yurtlari ilmiy tadqiqotlarda bu investitsiyalarni sifat jihatidan
o‗zlashtira olmaydi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari uchun xarajatlarni davlat sektoridan tadbirkorlik
sektoriga
qayta
taqsimlash
jarayoni
yuz
bermoqda.
Korxonalarning
ilmiy
tadqiqot
institutlari va oliy o‗quv yurtlari
tadqiqotlaridan
manfaatdorligi
sustligicha qolmoqda.
3. Innovatsiyalarni joriy etgan
korxonalar darajasi mamlakatda jahondagi baholarga nisbatan
ancha kam – 0,34% (jahon bo‗yicha o‗rtacha 40%). Yangi
texnologiyalarni
tijoratlashtirishdagi
qiyinchiliklar
texnologiyalar
transferining
rivojlangan
tizimi,
tegishli
me‘yoriy-huquqiy baza hamda ilm-fan va ishlab chiqarish
hamkorligi tajribasi yo‗qligi bilan bog‗liq.
4. Innovatsion ishlanmalarga investitsiyalar jalb qilish
mexanizmlari hali ham takomiliga yetkazilmagan. Jahon
amaliyotida biznes-inkubatorlar, texnoparklar, texnologiyalar
transferi bo‗yicha agentliklar eng samarali mexanizmlar
261
hisoblanadi. Respublikada bu mexanizmlar deyarli mavjud
emas.
5. Innovatsiya infratuzilmasi va innovatsion faoliyat
sohasidagi axborot maydoni bilan bog‗liq masalalar tobora
chuqurlashmoqda. Bu, o‗z navbatida, milliy innovatsion
tizimning susayishiga sabab bo‗lmoqda.
6. Innovatsion rivojlanish ko‗proq Toshkent shahrida,
Toshkent viloyati va qisman Andijon viloyatida kuzatilmoqda.
Qolgan hududlar faqat yirik investitsiya loyihasini amalga
oshirish
yoki
innovatsion
faoliyatga
investitsiyalarni
o‗zlashtirish davrida faollik ko‗rsatmoqda, bu esa, o‗z
navbatida, mamlakat boshqa hududlarining oqsashiga sabab
bo‗lmoqda.
7.
Ilmiy-texnik
axborotni
hududlararo
almashish
mexanizmi ishlab chiqilmagan (talab, taklif).
2030-yilgacha bo‗lgan
istiqbolli
davrda
respublikada
jahonning
ijobiy tajribasini hisobga
olib,
milliy
innovatsion
tizim
(MIT)
asoslarini
shakllantirish orqali ilmiy-
texnik
va
innovatsion
faoliyatni
jadal
rivojlantirish bo‗yicha choralar ko‗rish nazarda tutilmoqda.
Hozirgi zamon sharoitlarida quyidagi elementlar bilan
innovatsion rivojlantirish aralash strategiyasi O‗zbekistonda
MITni shakllantirish va rivojlantirishning maqbul yo‗nalishiga
aylanishi kerak: a) xorijiy texnologiyalarni o‗zlashtirish va
moslashtirishh; b) o‗z innovatsiya salohiyatini boyitish.
262
Shu munosabat bilan respublikada zamonaviy davlat
ilmiy-texnik va innovatsion siyosatni ishlab chiqish hamda
amalga oshirishga alohida ahamiyat beriladi. Jumladan, 2017-
2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida
quyidagilarga qaratilgan vazifalar belgilab olindi:
1. Yuqori texnologik qayta ishlash tarmoqlarini, eng
avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
asosida yuqori qo‗shilgan qiymatga ega bo‗lgan tayyor
mahsulot
ishlab
chiqarish
bo‗yicha
tarmoqlarni
jadal
rivojlantirishga qaratilgan sanoatni sifat jihatidan yangi
darajaga o‗tkazish orqali yanada modernizatsiyalash va
diversifikatsiyalash.
2. Mahsulot va texnologiyalarning mutlaqo yangi turlarini
ishlab chiqarishni o‗zlashtirish, shu asosda tashqi va ichki
bozorlarda
mamlakatimiz
tovarlari
raqobatbardoshligini
ta‘minlash.
3.
Ilmiy
tadqiqot
va
innovatsion
faoliyatni
rag‗batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga
joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy ta‘lim
muassasalari
va
ilmiy
tadqiqot
institutlarida
ilmiy-
eksperimental
ixtisoslashtirilgan
laboratoriyalar,
yuqori
texnologiyalar markazlari, texnoparklar tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |