See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224
30 06 2022 . (1)

Birinchidan,
ishlab chiqarishga joriy etilayotgan va yoki 
bozorga olib chiqilayotgan barcha mahsulotlar, xizmatlar, 
jarayonlar yangi (yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan) 
bo‗lishi lozim.
Ikkinchidan,
yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish yoki 
shaxsiy iste‘mol ehtiyojlarini qondira olishi va ayni paytda 
kiritilgan yangilik aniq bir tovar, xizmat yoki jarayonda o‗z aksini 
topgan bo‗lishi talab etiladi. 
Uchinchidan,
yaratilgan mahsulot bozor talabiga mos 
kelishi, tijorat jihatdan o‗zini oqlashi va pirovardida ishlab 
chiqaruvchilar talabini qondirish kerak. 


266 
Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti – bu intellektual 
salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimi, 
tovar yaratishdan tortib, u iste‘molchiga yetib borguniga qadar 
barcha 
bosqichlar 
demakdir. 
Ushbu 
yo‗nalishlardagi 
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi 
vazifasini 
o‗taydi. Zero, bugungi sharoitda innovatsion, 
intellektual bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini 
mujassam etgan yuqori fan sig‗imiga ega texnologik iqtisodiyot 
raqobatbardoshdir. 
Innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish 
quyidagilarga imkon beradi: 

yangi 
yoki 
takomillashtirilgan 
texnologiyalar, 
mahsulotlar, asbob-uskunalar, materiallar va h.k. joriy qilish 
hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning o‗sishini 
ta‘minlash; 

innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol 
korxonalar mahsulotlari umumiy hajmining 20%igacha yetkazish, 
ya‘ni Yevropa ko‗rsatkichlariga yaqinlashtirish; 

fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‗shimcha 
ish o‗rinlari yaratish; 

ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning 
yangi sxemalarini joriy qilish hisobiga innovatsion sohaga 
qo‗shimcha resurslar jalb qilish; 

zaruriy 
innovatsion 
infratuzilma 
(texnoparklar, 
innovatsion-texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologik 
korxonalar va b.), innovatsion faoliyat subyektlarini iqtisodiy 
qo‗llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish va rivojlantirish; 

innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini 
tartibga soluvchi qonunchilik va me‘yoriy-huquqiy asoslar 
shakllantirish; 


267 

innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
va qayta tayyorlash tizimlari yaratish; 

innovatsion faoliyat qatnashchilarini axborot bilan 
qo‗llab-quvvatlash 
va 
innovatsion 
loyihalarni 
boshqarish 
tizimlarini yaratish; 

mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab 
chiqarishning texnik darajasini oshirish; 

ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika 
mahsulotlarini yanada siljitish uchun sharoitlar yaratish; 

innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va 
tarmoqlararo kooperatsiya ilg‗or tajribalari va ustunliklaridan 
maksimal darajada foydalanish. 
Xorijiy 
mamlakatlarda 
davlatning 
innovatsion 
siyosatini 
rag‗batlantiruvchi 
turli 
xil 
strategiyalar, 
tashkiliy-iqtisodiy 
tamoyillar shakllangan va bugun 
ularga amalga qilinmoqda. Hozirgi 
kunda ilmiy tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini 
moliyalashtirish 
mexanizmlari, 
shuningdek, 
intellektual 
mulkchilikka huquq shakllarini qo‗llashga asoslangan davlat 
siyosatini yuritish keng tarqalgan. Davlat tomonidan fan va ishlab 
chiqarishdagi innovatsiyalarni qo‗llab-quvvatlash – qishloq 
xo‗jaligini byudjet tomonidan moliyalashtirishning eng samarali 
usullaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Ushbu 
sohaga 
kiritilgan 
investitsiyalar istiqbolli va o‗z-o‗zini yuqori darajada qoplash 
imkoniyatiga ega (70 foizgacha)dir. 
Turli mamlakatlar hukumati ilmiy tadqiqot va innovatsion 
faoliyatni moliyalashtirish uchun katta hajmda investitsiya 
sarflamoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari ilmiy tadqiqot 


268 
va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun o‗rtacha YaIMga 
nisbatan 1,97%, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga 
kiruvchi mamlakatlar – YaIMning 2,4%ini yo‗naltiradi. Bu borada 
lider mamlakatlar – Finlyandiya, Isroil, Koreya bo‗lib, mos 
ravishda innovatsiyalarga sarflangan xarajatlar o‗rtacha YaIMga 
nisbatan 3,55%, 4,2% va 4,36%ni tashkil etadi. 
AQSHda agrar sohadagi fan va innovatsiyalarni rivojlantirish 
maqsadida davlat katta sarmoya sarflaydi: bu ko‗rsatkich yiliga 
qariyb 1 mlrd.AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag‗lar 
federal byudjet (yarmidan kami) va shtat mablag‗lari (qolgan 
qismi) hisobidan moliyalashtiriladi. Qonunga asosan, federal 
mablag‗lar shtatlarga davlat tomonidan ajratilgan mablag‗dan kam 
bo‗lmagan 
hajmda, 
shtat 
mablag‗idan 
pul 
ajratilgan 
taqdirdagina 
ajratiladi. 
Ayrim 
shtatlarda 
fan-texnika 
va 
innovatsiyalarga 
ajratilgan 
jami 
mablag‗ning 
60%ni 
shtat 
mablag‗lari tashkil etadi. Qisman 
davlat tomonidan nazorat qilinsa-da, mablag‗larni qay bir sohaga 
yo‗naltirishni shtatlarning o‗zi belgilaydi. 
Rivojlangan mamlakatlarda infratuzilma sohasini innovatsion 
rivojlantirishda yangi texnologik park (texnopolis, innovatsion 
markazlar, inkubator va boshqalar) tuzilmalarini tashkil etish va 
qo‗llab-quvvatlashda hududiy davlat organlarining roli kattadir. 
Shtat va boshqa davlat organlari, odatda, infratuzilmani 
moliyalashtiradi, yer uchastkalarini imtiyozli shartlar asosida 
taqdim etadi va loyihalarga subsidiyalar ajratadi (Germaniya, 
Shveysariya, Avstriya tajribalari). 


269 
Texnoparklarni 
rivojlantirishning 
Yevropa 
tajribasidan 
ko‗rish mumkinki, ular davlat tomonidan moliyalashtirilishi katta 
ahamiyatga ega. Markaziy va mahalliy byudjetlardan infratuzilma 
tarmog‗ini 
rivojlantirish 
hamda 
texnoparklar 
qurishni 
moliyalashtirish rivojlangan xorijiy mamlakatlarda quyidagicha: 
Fransiyada – 74%, Germaniyada – 78%, Belgiyada – 100%, 
Niderlandiyada – 70%, Buyuk Britaniyada – 62%.shuningdek, 
rivojlangan mamlakatlar klaster tizimlari orqali innovatsiyalar 
joriy etishni keng qo‗llamoqda. Ma‘lumki, ilgari ilmga asoslanib 
klasterlar yaratish faqat industrial mamlakatlarga xos edi. Hozirgi 
kunda esa boshqa rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan, 
agrar-industrial mamlakatlarda ham 
bu tizim mavjud. 
Milliy 
innovatsiya 
tizimlari 
(MIT) aksariyat hollarda texnologik 
ukladlar almashinadigan davrlarda 
shakllanadi.
Milliy 
innovatsion 
tizimni 
―innovatsion 
jarayonlarga 
ta‘sir 
ko‗rsatuvchi, hukumat tomonidan siyosatni shakllantirish va 
amalga 
oshirish 
uchun 
asos 
yaratuvchi 
va 
yangi 
texnologiyalarning yaratilishi va tarqatilishiga birgalikda yoki 
alohida ulush qo‗shuvchi turli xil institutlarning umumiyligidir. 
Bu – yangi texnologiyalar rivojlanishini belgilab beruvchi 
vositalar, ko‗nikmalar va bilimlarni yaratish, saqlash va transfert 
qilish uchun zarur bo‗lgan o‗zaro bog‗liq institutlar tizimidir. 
Innovatsiyalar tizimi yangi va iqtisodiy nafliligi yuqori 
bo‗lgan 
bilimlarni 
shakllantirish, 
tarqatish 
va 
ulardan 
foydalanishda 
o‗zaro 
hamkorlik 
qiluvchi 
unsurlar 
va 
munosabatlardan tashkil topadi va bunday milliy tizim milliy 


270 
davlatchilik chegaralarida joylashgan yoki shu hudud ichidan 
boshlanuvchi unsur va munosabatlarni o‗z ichiga qamrab oladi.
Milliy innovatsion tizim (MIT) – milliy hudud doirasida 
ilmiy bilim va texnologiyalarni yaratish, ro‗yobga chiqarish va 
tijoratlashtirishga xizmat qiluvchi o‗zaro bog‗liq bo‗lgan 
tuzilmalar majmuasidir. MIT o‗ziga ikki tarkibiy bo‗linmani 
qamrab 
oladi: 
ilmiy 
ishlab 
chiqarish 
va 
institutsional. 
Institutsional muhit davlatning fan-texnika sohasidagi faoliyatini 
va innovatsion siyosatini ta‘minlaydi.
Innovatsion tizimning markaziy elementi sifatida innovatsion 
korxonalar hamda ularning faoliyat ko‗rsatishining asosiy 
bosqichlarini ifoda etuvchi (moliyalashtirish manbalarini izlab 
topish, innovatsiyalarni ishlab chiqish, sotish bozorlarini izlash) 
infratuzilmaga mansub bo‗lgan davlat, ilm-fan va biznesning 
kooperatsiyasiga imkon beruvchi tashkilotlarni ham o‗z ichiga 
oladi. Innovatsion investitsion jarayonlarning doimiy siklini 
qo‗llab-quvvatlaydigan shunday institutsional tuzilmani vujudga 
keltirish - milliy innovatsion tizimni shakllanish bosqichida 
muhim vazifa hisoblanadi. Faqatgina milliy innovatsion tizimning 
institutsional ―karkasini‖ qurib olib, bilimlar, texnologiyalarni 
uzluksiz yaratish, undan foydalanish va ayirboshlash mumkin 
bo‗ladi. 
 
MIT – bu milliy chegaralar doirasida yangi ilmiy bilimlar va 
texnologiyalarni ishlab chiqarish va ularni tijoratlashtirish bilan 
band bo‗lgan o‗zaro bog‗liq tashkilotlarning umumiyligidir. Ayni 
chog‗da, MIT – mustahkam milliy ildizlar, an‘analar, siyosiy va 
madaniy o‗ziga xosliklarga ega bo‗lgan innovatsion investitsion 
jarayonlarning amalga oshishini ta‘min etuvchi huquqiy, 
moliyaviy va ijtimoiy tavsifdagi institutlar majmuidir. 


271 
Mamlakat innovatsion tizimida innovatsion faoliyat subyekti 
sifatida davlatning o‗rnini anglab olish o‗ziga xos alohida 
e‘tiborni talab etadi. Mamlakat innovatsion tizimining markazida 
innovatsion korxonalar turadi. Tizimning qolgan barcha 
elementlari u yoki bu darajada innovatsion korxonalarga bog‗liq 
bo‗lib, bir-birlariga nisbatan ikkiyoqlama aloqadorlikda bo‗ladi. 
Keltirilgan 
MIT 
sxemasida 
innovatsion 
korxonalar 
innovatsiyalarni yaratuvchi, ya‘ni ―yaratuvchi‖ korxonalarga va 
bu ishlanmalardan o‗z faoliyatlarida foydalanuvchi innovatsion 
investitsion korxonalarga ajratiladi. Ikkinchi tur korxonalarini 
―amaliyotchi‖lar deb, ataladi. Chunki korxonalar innovatsion 
tizimda 
innovatsiyalarning 
hayotiylik 
siklining 
barcha 
bosqichlarida vujudga kelish va tarqatishni ifoda etuvchi turli 
vazifalarni bajaradi. 
―Amaliyotchi‖ korxonalar agar ―yaratuvchi‖ korxonalarga 
o‗zlari uchun zarur bo‗lgan innovatsion mahsulot va xizmatlarni 
buyurtma qilsalar, u holda ularni ―Mijozlar‖ toifasiga kiritish 
mumkin bo‗ladi. Ushbu holatda ―yaratuvchi‖ korxonalar va 
mijozlar o‗rtasidagi aloqalar ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik 
ishlarini moliyalashtirish uchun bitimlar tuzilishini ko‗zda tutadi.
Amaliyotchi 
korxonalar 
―yaratuvchi‖ 
korxonalarning 
mijozlari bo‗lmagan holatlarda, ular ham mijozlar kabi ixtiro 
qilingan innovatsiyalardan foydalanish va ularning tarqatilishiga 
birdek 
mas‘ul 
bo‗ladilar. 
Innovatsiyalarning 
tarqatilishi 
deyilganda innovatsion tovarni bozor tomon harakati emas, balki 
innovatsion 
investitsion 
korxonalar 
yaratuvchilar 
mehnati 
natijasidan qancha ko‗p korxonalar foydalanayotganliklarini 
nazarda tutadi, tabiiyki, ushbu vaziyatda innovatsiyalarning 
tarqalish maydoni shuncha katta bo‗ladi. 


272 
Har qanday innovatsion korxona uchun kun tartibidagi eng 
dolzarb masalalardan biri, bu albatta, moliyalashtirish manbalarini 
izlab topish bilan bog‗liqdir. Moliyalashtirish manbalari sifatida 
kredit muassasalari, fond bozorlari, venchur fondlari va biznes-
farishtalar (business angel) ishtirok etishlari mumkin. Innovatsion 
korxonalar moliyalashtirish manbalariga pul mablag‗laridan 
foydalanganlik uchun o‗ziga xos haq to‗lov to‗laydilar. 
Moliyalashtirish manbai bank bo‗lgan holatlarda esa, bunday 
to‗lov foiz stavkasi hisoblanadi.
Innovatsion investitsion korxonalarning o‗zlari ham o‗z 
mablag‗lari hisobiga ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini 
moliyalashtirishlari va mustaqil ravishda ularni bozorga joriy 
etishlari mumkin. Ushbu holatda mijoz sifatida buyurtmachilar 
emas, balki tovar va xizmatlarning yakuniy iste‘molchilari 
tushuniladi, chunki korxona faoliyatining natijasi bo‗lib, boshqa 
biror-bir mahsulotning tarkibiy qismi sifatida foydalanishni 
nazarda tutmaydigan tugallangan pirovard mahsulot hisoblanadi. 
Agar innovatsion korxonalar tomonidan mustaqil amalga 
oshirilayotgan va hali joriy etish bosqichiga o‗tmagan ilmiy 
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga e‘tibor qaratadigan 
bo‗lsak, u holda ularga nisbatan xatti-harakatlar huquqni 
himoyalovchi hujjatlar patent, litsenziyalar berish orqali mulk 
huquqini himoyalash bilan cheklanadi. 
Kredit muassasalari taqdim etilgan pul mablag‗laridan 
foydalanganlik uchun oladigan to‗lovlarini pasaytirish evaziga 
innovatsion 
korxonalar 
faoliyatini 
rag‗batlantirishlari 
va 
pirovardida ular faolligini oshirishlari mumkin.
Innovatsion loyihalarni kreditlash borasida fond bozorini 
kredit muassasalarining muqobili sifatida ko‗rsatishimiz mumkin. 
Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan izlanishlar natijasida 


273 
shunday muhim xulosaga kelish mumkinki, innovatsion 
loyihalarni kreditlash borasida yuqorida sanab o‗tilgan ikki 
muqobil o‗rtasidagi farq shundan iboratki, innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirish uchun fond bozori yetarlicha rivojlangan bo‗lishi 
lozim, zero, fond bozori uchun doimo yuqori xatar va 
tavakkalchilik darajasi xosdir. Fond bozorining rivojlanganligi 
esa, milliy xo‗jalikning xalqaro raqobat mexanizmiga qo‗shilishi 
bilan bevosita bog‗liqdir. Tadqiqotlarga ko‗ra texnologik 
rivojlanish darajasi birmuncha past bo‗lgan mamlakatlarda fond 
bozorlarining yopiqligi natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlar 
unchalik ham katta emas. Taraqqiy etgan innovatsion tizimlarda 
fond bozorlari resurslaridan ham keng foydalaniladi. 
Innovatsion tizim rivojlanishida moliya bozorlarining o‗rni 
katta bo‗lsa-da, aytish lozimki, innovatsion tizimning intensiv 
rivojlanishining zarur va eng muhim shartlaridan biri, bu xususiy 
mulk tamoyillarini amalda ro‗yobga chiqarishdir. O‗zbekistonning 
MITini faoliyat ko‗rsatish modelida xususiy mulk tamoyillarini 
ro‗yobga chiqarish, mulk huquqini himoyalashni ifoda etuvchi 
davlat va innovatsion investitsion korxonalarning o‗zaro 
bog‗liqligi sifatida aks ettirilgan. Bunda davlatning asosiy 
iqtisodiy vazifasi bu – mulk huquqini alohidalashtirish, uning 
qonuniy kafolatlarini va shuningdek, tovarlar bozori agentlari 
o‗rtasida qonuniy bitimlarni amalga oshirishda vujudga keladigan 
mulk huquqi borasidagi o‗zgarishlarni himoya qilishdan iboratdir.
O‗zbekiston Respublikasining milliy innovatsion tizimi 
chizmasida mahalliy va markaziy davlat boshqaruvi organlarining 
barchasi davlat sifatida tushuniladi. Davlat o‗zining asosiy 
iqtisodiy vazifalarini bajarayotganligi uchun, barcha korxonalarda 
bo‗lgani 
kabi, 
innovatsion 
korxonalardan 
ham 
soliqlar 
ko‗rinishida to‗lovlar undiradi. Davlat subvensiyalar, grantlar 


274 
ajratib, biznes-inkubatorlar xizmatini taklif eta borib, innovatsion 
korxonalar faoliyatiga ko‗maklashadi. Davlat, shuningdek, yangi 
iqtisodiy xulq qoidalarini ishlab chiqishi yoki mavjudlarini 
o‗zgartirishi ham mumkin.
MITda oliy ta‘lim muassasalari innovatsion faoliyat bilan 
shug‗ullanadigan bo‗lsa, u holda, u innovatsion investitsion 
korxonaning faoliyat ko‗rsatish shakllaridan biri sifatida mazkur 
sxemada ―innovatsion investitsion korxona‖ elementida aks 
ettiriladi. Bu ta‘lim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli 
o‗zgarishini anglatmaydi, balki aksincha, ta‘lim muassasasi 
innovatsion tizimda qanday vazifani bajarayotganligini ko‗rsatib 
beradi. Mazkur muassasalarning asosiy funksiyasi bo‗lib, bu 
ta‘lim-tarbiya faoliyati hisoblanadi (O‗zbekistonda 40 foiz 
atrofidagi oliy ta‘lim muassasalari ilmiy tadqiqotlar va 
ishlanmalarga jalb etilgan)
1
chizmada ular o‗zlarining asosiy 
bajaradigan vazifalari bo‗yicha aks ettirilgan.
Mazkur modelda innovatsion investitsion korxonalar bilan bir 
qatorda innovatsion tizimning tashkil etuvchilari bo‗lgan boshqa 
elementlar bilan davlat o‗rtasida avvaldan mavjud transfertlar, 
subsidiyalar, davlat xaridlari va qarzlari kabi klassik o‗zaro 
aloqalarni inkor etmaydi. Ushbuga bog‗liq ravishda aytish 
mumkinki, mazkur model barchaga yaxshi ma‘lum bo‗lgan davlat 
va iqtisodiyot (uy xo‗jaliklari, firmalar, tovar va xizmatlar 
bozori)ning o‗zaro ta‘sirlashuv modelini to‗ldiradi.
Agar davlat, davlat korxonalari yoki hokimiyat organlari 
sifatida davlat xaridlarini amalga oshiradigan bo‗lsa, u holda 
chizma doirasida ―mijozlar‖ unsuriga mansub bo‗ladi, chunki 
davlat mazkur vaziyatda innovatsion korxonalar uchun aynan 
1
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi 
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan hisoblangan va e‘lon qilingan 
ma‘lumotlar. 


275 
―mijoz‖ vazifasini bajaradi. Agar davlat innovatsion investitsion 
korxonalarga qarz mablag‗lari taqdim etadigan bo‗lsa, u holda u 
―moliyalashtirish manbalari‖ elementiga mansub bo‗ladi. Davlat 
bundan tashqari innovatsion jarayonlarda davlat sug‗urta 
kompaniyalari yoki davlat innovatsion investitsion korxonalari 
sifatida ham ishtirok etishi mumkin. Shu tariqa aytish mumkinki, 
ma‘lum vaqt oralig‗ida bajaradigan aniq funksiyalariga qarab, 
davlat innovatsion tizimning turli elementlari sifatida MITning 
rivojlanishida ishtirok etadi.
Innovatsion tizimni tahlil etar ekanmiz, ushbu faoliyatni 
amalga oshirish tavakkalchilik va xatarning yuqori darajasi bilan 
tavsiflanishini e‘tiborga olib, infratuzilmaning alohida unsuri 
sifatida sug‗urta kompaniyalarining o‗rni beqiyosdir. Davlatning 
sug‗urta bozorini rag‗batlantirishi innovatsion korxonalar va 
ularning mijozlari faoliyatlari xatarlarini sug‗urtalash miqdorini 
o‗sishiga olib keladi. Bu innovatsion investitsion korxonalar va 
ularning mijozlarining qarzdor sifatidagi mavqelari ko‗tariladi, 
bank sektori esa bu xil iqtisodiy agentlarga kredit mablag‗lari 
taqdim etishdan yuqori darajada manfaatdor bo‗ladi. O‗zbekiston 
Respublikasining milliy innovatsion tizimining faoliyat ko‗rsatishi 
chizmasidagi 
―jamoat tashkilotlari‖ elementi innovatsion 
investitsion korxonalarning manfaatlarini ifoda etadi. Ular 
o‗rtasida birmuncha mashhurlari bo‗lib, asosan kichik va o‗rta 
biznes vakillari manfaatlarini himoya qiluvchi O‗zbekiston 
Respublikasi 
―Kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
eksportini 
qo‗llab-quvvatlash 
jamg‗armasi‖ 
hisoblanadi. 
Texnoparklar to‗g‗risida shuni aytish mumkinki, ular 
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, oliy o‗quv yurtlari, 
innovatsion investitsion korxonalar bilan uzviy aloqada bo‗lgan 


276 
tashkilotlardir. Bu ularga ma‘lum bir hududda qulay innovatsion 
muhitni shakllantirish va innovatsion tadbirkorlikni qo‗llab-
quvvatlash imkonini beradi. Innovatsion-texnologik markazlar 
kadrlar tayyorlash va o‗qitishni amalga oshiradi, innovatsion 
korxonalar bilan birgalikda tadqiqotlar o‗tkazadi va shuningdek, 
ularni dastlabki bosqichlarda moliyalashtiradi. Aytilganlardan 
ko‗rinib turibdiki, innovatsion texnologik markazlar innovatsion 
korxonalarni moliyalashtirish manbai ham bo‗lishi mumkin. Shuni 
ta‘kidlab o‗tish lozimki, chizmada moliyalashtirish manbalari va 
mijozlarning to‗liq va mumkin bo‗lgan barcha shakllari ham 
keltirilmagan. Misol uchun, moliyalashtirish manbai sifatida 
sug‗urta kompaniyasi yoki pensiya fondi chiqishi mumkin, lekin 
bu 
amaliyotda 
juda 
kam 
uchrashi 
sababli, 
chizmada 
moliyalashtirishning birmuncha ishonchli manbalari aks ettirilgan. 
Ko‗rsatib o‗tilgan moliyalashtirish manbalari o‗rtasidagi farq 
innovatsion faoliyat natijalariga egalik qilishda ifodalanadi. 
Dastlabki shaklda innovatsion korxonalar mustaqil ravishda 
investitsiyalarni amalga oshiradilar, moliyalashtirishning mustaqil 
manbalari esa pul mablag‗laridan foydalanganlik uchun asosan 
foiz ko‗rinishida to‗lov oladilar. Ikkinchi shaklda esa innovatsion 
faoliyat natijalariga egalik qilish huquqi yo birgina mijozning 
o‗ziga, yoki mijoz va innovatsion korxona–yaratuvchiga tegishli 
bo‗ladi. 
Chizmada 
sug‗urtalashga 
alohida 
e‘tibor qaratilishi, 
innovatsion faoliyatni amalga oshirishning yuqori xatarliligi va 
shu bois innovatsion faoliyatni amalga oshirishda sug‗urtaning 
ahamiyati katta ekanligi bilan izohlanadi. Mamlakat innovatsion 
tizimining egiluvchan subyekti sifatida davlat o‗rnining ochib 
berilishi taklif etilayotgan chizmaning o‗ziga xosligi bo‗lib 
hisoblanadi. Davlat mazkur tizimda, tizimning qolgan barcha 


277 
unsurlaridan teskari aloqani qabul qilib oluvchi unsur sifatida 
ishtirok etadi. Ushbu holatlardan davlat innovatsion tizimda 
bajarishi mumkin bo‗lgan ko‗plab vazifalar, xususan, mulk 
huquqini himoyalash, shaxs madaniyati va xulq-atvor qoidalarini 
shakllantirish, 
subvensiyalar 
berish 
va 
biznes-inkubator 
xizmatlarini ko‗rsatish, jamoat tashkilotlari, texnoparklar va 
innovatsion texnologik markazlar bilan hamkorlik qilish va shu 
kabilar kelib chiqadi. Shu tariqa, davlat yaxlit tarzda mamlakat 
innovatsion tizimini o‗zgartirish va kerakli tomonga yo‗naltira 
olish imkoniga ega bo‗lgan tizim elementi sifatida maydonga 
chiqadi. Sxema subyektlar funksiyalari va subyektlar o‗rtasidagi 
munosabatlarni aniqlashtirishdagi o‗zining egiluvchanligi bilan 
ajralib turadi. Bu holat innovatsion 
tizimning 
biror-bir 
subyekti 
tomonidan vaqtning ma‘lum bir 
oralig‗ida 
bajarilayotgan 
vazifalarga 
bog‗liq 
ravishda, 
mazkur subyekt yoki elementning 
innovatsion 
tizimning 
turli 
unsurlariga mansub bo‗lib borishida namoyon bo‗ladi.
Modelda davlat yaxlit holda mamlakat innovatsion tizimiga 
ta‘sir ko‗rsatadi. Tizimning innovatsion korxonalar, kredit 
muassasalari, sug‗urta kompaniyalari, jamoat tashkilotlari, ta‘lim 
muassasalari kabi unsurlaridan davlat teskari aloqa axborotlarini 
qabul qilib oladi, bu esa davlat tomonidan amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar 
natijalarini, 
ularning 
qanchalik 
samarali 
bo‗lganligini baholash bilan bir qatorda, qo‗yilgan maqsadlarga 
erishish borasida yana qanday tadbirlar qo‗llash lozimligini 
tushunib olish va tahlil qilish imkonini ham beradi. 


278 
Venchurli investitsiyalash innovatsiyalarni moliyalashtirish 
borasida kredit muassasalarining muqobili sifatida xizmat qilishi 
mumkinligini, bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarning 
tajribasi yaqqol isbotlab turibdi

Innovatsion investitsiyalashning 
mazkur turi ta‘minot va garovsiz amalga oshiriladi va u ko‗pincha 
o‗zida aksiyalar paketi ulushiga ayriboshlash hisobiga 
aksiyadorlik kapitaliga uzoq muddatli investitsiyalarni ifoda etadi. 
Innovatsion korxonalar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida 
xavf-xatar darajasining yuqori darajada bo‗lishini inobatga olgan 
holda, bunday korxonalarni moliyalashtirishda venchur fondlar hal 
qiluvchi 
o‗rin tutishi mumkin, zero, bunday fondlar 
moliyalashtirilayotgan korxona muvaffaqiyatsizlikka uchragan 
taqdirda ham bunday yo‗qotishlarga oldin tayyor turadilar. O‗z-
o‗zidan ayonki, moliyalashtirilayotgan korxonalar muvaffaqiyatga 
erishgan taqdirda, moliyalashtirishning bu turi yuqori foyda 
me‘yori bilan taqdirlanadi.

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin